Tadqiqotning metodolagik asoslari, metodi va materiali. Birinchi
Prezidentimiz I.Karimovning qadimiy qadriyatlarimizga, qadimiy joylarga va
ularga qo‘yilgan nomlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromi, milliy
merosimizdan faxrlanish g‘oyasi va ularni ta’lim jarayonida yoshlarga
singdirish ushbu magistrlik dissertatsiyamiz uchun metodologik asos hamda
yo‘nalish bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot ishimizning oldiga qo‘yilgan asosiy
maqsadga erishish va uni amalga oshirishda turlicha, jumladan, qiyosiy, qiyosiy-
tarixiy, tavsifiy, etimologik metodlarga murojaat qilindi. Ishimizning mazmunini
to‘la ochib berishda o‘zbek tili onomastikasi va shevashunoslik bo‘yicha ilmiy
izlanishlar olib borgan olimlar: E.Begmatov, Z.Do‘simov, T.Nafasov,
S.Qorayev,
H.Hasanov,
O.Madrahimov,
A.Ishayev,
M.Bo‘ronov,
Y.Jumanazarov,
X.Boboniyozov,
A.Otajonova,
A.Primov,
xorijlik
A.Superanskaya, Steblin-Kamenskiy, S.Tolstovlarning ishlarida ilgari surilgan
g‘oyalar, asosiy fikrlar, qarashlar va ilmiy-ommabop asarlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |