Ilmiy ishning materiallari tarix, tilshunoslik, din va siyosatshunoslik kabi
7
sohalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga nazariy va amaliy manba sifatida
xizmat qilishi, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalar va o‘quvchilar uchun
o‘tmish merosimizdan bugungi ma’naviy ehtiyojlar uchun foydalanishda ham
qo‘l kelishi mumkin. Tadqiqotning yanada muhim ahamiyati shundaki, u
qimmatli ilmiy xulosalar chiqarishdan tashqari, xalqimizning, ayniqsa, yosh
avlodning buyuk o‘tmishimizga, boy tariximizga, betakror ma’naviyatimizga
chuqur hurmat bilan qarashiga, ularda elimizga bo‘lgan iftixor tuyg‘usini
yuksaltirishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: