Kirish texnika xavfsizligi korxona bilan tanishuv


CHASTOTA O’ZGARTIRGICH VAZIFASI VA UNING ISHLATILISH MUHITI


Download 1.6 Mb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09.02 Mohinuraga

CHASTOTA O’ZGARTIRGICH VAZIFASI VA UNING ISHLATILISH MUHITI,

Chastota — fizikada — davriy tebranishning miqdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u oʻtadigan vaqtga nisbati.

Konstruksiya jihatidan o'zgarmas tok motorlariga nisbatan ancha oddiy, ishda ishonchli va arzon bo'lgan asinxron motorlaming tezligi keng diapazonda silliq rostlanadigan elektr yuritmalarda qo'llanilishi yuqori texnik va iqtisodiy ko'rsat-kichlar beradi. Ammo bunday elektr yuritmalarda asinxron motorlar keng tarqal-magan. Hozirgi paytda o'zimizda va ko'pgina chet mamlakatlarda asinxron va hatto, sinxron motorlar tezligini keng diapazonda tejamli va silliq rostlash uchun qo'llaniladigan turli tipdagi statik ventil, xususan, tiristorli chastota o'zgartgich-larini yaratish ustida juda katta ishlar qilinmoqda. Iqtisodiy va texnik jihatdan
tejamkor va mukammal bo'lgan chastota o'zgartgichlarining yaratilishi bilan o'zgaruvchan tok motorlari, tezligi rostlanadigan elektr yuritmalarda yetakchi o'rinni egallab oladi.

Haqiqalan, motorga beriladigan kuchlanish chastotasini o'zgartirish bilan har qanday kichik yoki katta quwatli elektr yuritmalar tezligini eng yuqori ko'rsatkich-lar bilan rostlash hamda boshqa usullar bilan olinishi mutlaqo mumkin bo'lmagan juda yuqori tezliklarga ega bo'lish imkoniyatlari yaratiladi.

Masalan, ko'pgina metallarni silliqlash (pardozlash) jarayoni sekundiga 30H-50 m chiziqli tezlik bilan bajarilishi kerak. Shunga ko'ra, kichik diametrli (bir necha mm bo'lgan) buyumlarni silliqlash uchun motor rotoriga o'rnatilgan ishlov berish asbobini n = 100000 ayl/minut va undan ham katta tezlik bilan aylantirish kerak. Statik chastota o'zgartgichidan ta’minlanadigan elektroshpindel deb atala-digan silliqlash dastgohida qo'llanilgan elektr yuritma katta aylanish tezliklari bilan ishlaydi.

Asinxron motorining tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

=

Bu formulaga ko‘ra, uning tezligini sirpanish S, juft qutblar soni p va statorga beriladigan kuchlanish chastotasi  ni o'zgartirish bilan rostlash mumkin.

Tezlikni sirpanish orqali rostlash ko‘pincha faza rotorli motorlarda uchraydi. Sirpanishning qiymati S= bo‘lganligi uchun rotor zanjiriga kiritiladigan R2 tashqi aktiv qarshilikni o‘zgartirib, motor tezligi rostlanadi. Qarshilikni oshirish bilan motoming tezligini nominalga nisbatan faqat past tomonga rostlash mumkin. Bunda tezlikning rostlanish diapazoni tashqi qarshilikning ma’lum qiymatida yuklama ko'payganda katta, kamayganda esa kichik bo‘ladi (mexanik tavsiflarga qarang). Tezlikning sirpanish orqali rostlanish diapazoni oshsa, unda rotor zanjiri-dagi quwat isrofi ham ko‘payadi. Xususan, motor tezligi nominalga nisbatan
30% ga kamaytirilsa, u holda uning 30% ga yaqin quwati tashqi qarshilikni qizdi-rish uchun isrof bo‘ladi.


Bundan tashqari, past tezliklarda mexanik tavsifning qattiqligi ham ancha pasayib, motor mo‘tadil tezlikda ishlay olmaydi. Shunga ko'ra, motor tezligini bu usul bilan faqat nominaldan 20+30% past tomonga rostlash tavsiya qilinadi. Sirpanishni o'zgartirib faza rotorli motor tezligini rostlash, ko‘pincha, kran elektr yuritmalarida qo'llaniladi. Sirpanishni o'zgartirish yo'li bilan tezlikni rostlash diapazonini kengaytirish va har bir tezlikda motor ishini mo'tadillash, ya’ni qoni-qarli qattiqlikka ega bo'lgan mexanik tavsif hosil qilish uchun 1-rasmda faza rotorli motor tezligini yangi usulga binoan rostlashda qo'llanilgan sxema va olingan mexanik tavsifi ko'rsatilgan.
1-rasm Faza rotorli motoming tezligini rostlash sxemasi va mexanik tavsiflari.

Ayniqsa, foydalanish shartlariga muvofiq yuklama ostida ishga tushiriladigan yuritmalar (transportyor, yuk ko‘tarish qurilmalari, konvertor va boshqa mexanizm yuritmalari) uchun kuchlanishning pasayishi

2-rasm. Ta’minot kuchlanishi turlicha bo'lgan asinxron dvigatelning mexanik tavsiflari.

xavflidir. Masalan, yuklamasiz ishga tushirganda (salt yurish) transportyorning Statik momenti (0,2—0,3) M qiymatdan ortmaydi. Agar transportyor yuritmasi to ‘la yuklanish bilan ishlayotganda o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, kamaytirilgan kuchla-nish bilan qayta ishga tushirilayotganda Ms ~ M ga teng bo‘lgan momentni barta-raf etishi kerak. Katta quvvatli asinxron mashinalarni ishga tushirish tokini cheg-aralash yoki asinxron yuritmani ravonlik bilan ishga tushirish uchun Stator zanji-riga aktiv yoki induktiv qarshilik kiritib ishga tushiriladi va bu qarshiliklar ishga tushirish oxirida zanjirdan chiqarib tashlanadi Bunday sxemalaming o‘ziga xos xususiyatlari dvigatelga qo‘yilgan kuchlanishni taxminiy qiymatiga bog‘liqligidadir.



Aktiv qarshilikning ulanishi yuritma ishga tushirayotganda quwat koeffitsiyentini birmuncha oshirsa ham, reaktor yordamida ishga tushirishga nisbatan energiya isrofini ko‘paytiradi.

Yuqori quwatli elektr dvigatellari uchun iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan «chastotali» ishga tushirish qo‘llanadi. Bu maqsadda dvigatelni ishga tushirayotganda chastotani ravon o‘zgartiradigan, ya’ni ni o‘zgartiradigan maxsus o‘zgartkich qo‘llaniladi. Shu bilan bir vaqtda kuchlanish ham pasaytirilib ishga tushirish toki ham chegaralanadi.



Elektr yuritmalardan o'zgarmas tok motorlarini butunlay siqib chiqarish uchun, qisqa tutashtirilgan rotorli motor tezligini chala o'tkazgichli chastota o'zgartkichlari orqah keng diapazonda rostlash va ularni boshqarish imkoniyatiga erishish kerak. Hozirgi paytda katta istiqbolga ega bo'lgan tiristorli chastota o'zgartkichlami o'zlashtirish ustida katta ishlar qilinmoqda.

Tezligi rostlanuvchi elektr yuritmaga ma’lum boshqarish sistemasi orqali boshqariladigan o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tok motorini qabul qilish uchun, dastavval ularning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini taqqoslab ko'rish kerak. Tezligi rostlanmaydigan elektr yuritmada, ko'pincha, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar ishlatiladi. Bu motorlar boshqa tip o'zgaruvchan tok motorlariga nisbatan yuqori ko'rsatkichlarga ega.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling