Kirish texnologik qism


NKMK GMZ-2 da maydalash tegirmoni elektr yuritmalarini avtomatik boshqarish tizimining ulanish sxemasi tavsifi


Download 2.87 Mb.
bet2/15
Sana14.09.2023
Hajmi2.87 Mb.
#1678245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
“NKMK GMZ-2 da maydalash tegirmoni TJA kursavoy





1.1 NKMK GMZ-2 da maydalash tegirmoni elektr yuritmalarini avtomatik boshqarish tizimining ulanish sxemasi tavsifi
GMZ 2 da maydalash tegirmoni elektr yuritmalarini avtomatik boshqarish tizimining ulanish sxemasi haqida ma’lumot berib o’tiladigan bo’lsa, ushbu tizimning avtomatlashtirish qurilmalari o’zaro ulanishi ko’rib chiqiladi.
Umumiy holda to’xtaladigan bo’lsa, jarayon rudani dastlabgi maydalash va yirik toshlarni qayta maydalagichga yuborish uchun ishlatiladi. Ushbu jarayon inson ishtirokisiz davom etishi, maydalagich ko`proq foydali ish koeffisientiga erishishi va favqulotta avariyalar sodir bo`lmasligi uchun avtomatlashtiriladi. Kontrollerga ijro qurilmalarini ulagan holda – jarayonni to’liq avtomatik ravishda nazorat qilinadi. Endi har bir elementlarga to’xtalib o’tilsa:
O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun tok manbai (Siemens Sitop SITOP 6200PSU)dan foydalaniladi. Ushbu jarayon 24V ga ishlashga mo’ljallangan. Avtomatik ulagich QF ga ikkita L(level) va N (nol) fazalar ulanadi. TOMRA COM XRT 2 saralash qurilmasi Siemens SIMATIC S7-1500 kontrollerga 4-20mA HART protokoli orqali ulangan. Ushbu qurilma 24 V da ishlaydi.
Shunday qilib, tok manbaiga o’zgaruvchan tok berildi va bizga o’zgarmas tokka aylantirib berdi chunki o’lchov vositalari, controller (CPU) va uning modullari o’zgarmas tokda ishlaydi. O’zgaruvchan tokni - o’zgarmas tokka, tok manbai yordamida aylantirib, qurilmalar ishga tushirildi. Ushbu kontroller haqida ma’lumot berib o’tsak. Siemens SIMATIC S7-1500 dasturlashtirilgan logik kontrolleridan foydalanilgan. Ushbu kontrollerga mehnat muhofazasi uchun qo’llaniladigan zamonaviy uskunalardan foydalanilgan. Ushbu programmalashtiriladigan logik kontroller(CPU)ga 16 ta analog va 8ta diskret kirish, 16 ta diskret va 8 ta analog chiqish signallar ulandi. Bunga asosiy sabab, saralash qurilmasi va boshqa o’lchov vositalari analog signallar orqali CPU modullariga ma’lumot uzatadi. O’lchovchi qurilmalar + ga ulanadi, Kontroller (CPU) – ga ulanadi. Chunki buning sababi tok + dan – ga oqib o’tadi ya’ni datchikda bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi axborot kontrollerga kelib turadi. Signal to’g’ri yoki noto’g’ri borayotganini tekshirish zarur bo’lib qolganda kommutator orqali qo’lda ulab tekshirib ko’ramiz. Siemens SIMATIC S7-1500 kontrollerini ProfiNET interfeysi orqali operator kompyuteri, server va boshqa ekranlariga ulanadi.


Download 2.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling