Kirish Ushbu fan dasturi mehnat ta'limining tarixi va rivojlanishi, bo'limlari, mehnat ta'limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, ish turlari bo'yicha darslami tashkil etish va o'qitish usullari kabi bilimlarni qamrab olgan


Download 280.5 Kb.
bet2/2
Sana29.05.2020
Hajmi280.5 Kb.
#111504
1   2
Bog'liq
Kirish Ushbu fan dasturi mehnat ta'limining tarixi va rivojlanis


Kirish

Ushbu fan dasturi mehnat ta'limining tarixi va rivojlanishi, bo'limlari, mehnat ta'limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, ish turlari bo'yicha darslami tashkil etish va o'qitish usullari kabi bilimlarni qamrab olgan.



Fanining maqsad va vazifalari

Fanni o'qitishdan maqsadi - talabalarni boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi fanining mazmuni va vazifalari, o'qitish usullari, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ulami ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Fanning vazifalari - Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida kasblar haqida ma'lumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat ta'lim standartlari talabi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.

Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan

talablar

Mehnat va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha bakalavr:

  • boshlang'ich mehnat tarbiyasining shakl va metodlari;

  • kasb-hunar tarbiyasi bo'yicha tadbirlar o'tkazish;

  • mehnatning paydo bo'lish tarixi;

  • mehnat va ijtimoiy mehnat turlari;

  • kasb-hunar turlari bo'yicha ma'lumotlar;

  • mehnat ta'limining maqsad va vazifalari;

  • boshlang'ich sinf mehnat ta'limi mazmuni;

  • mehnat ta'limidan amaliy ish turlari;

  • sinfdan tashqari ishlardan to'garaklarni tashkil etish;

  • mehnat tarbiyasida mutaffakirlar merosini targ'ib etish;

  • boshlang'ich sinf mehnat ta'limiga qo'yiladigan talablar;

  • mehnat ta'limi jarayonida interfaol metodlardan foydalanish;

  • mehnat ta'limi darslarini o'qitish shakllari;

  • mehnat ta'limida sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;

  • mehnat tarbiyasida xalq og'zaki ijodi vositalarini qo'llay olish;

  • boshlang'ich ta'limda qo'l mehnatining o'ziga xos xususiyatlari;

  • mehnat ta'limida amaliy ishlarni tashkil etish shakl va metodlari;

  • mehnat ta'limi darslarini tashkil etish texnologiyalari;




  • mehnat ta'limining shakl va metodlari;

  • boshlang'ich mehnat ta'limidan DTS tahlil qilish;

  • mehnat ta'limiga oid o'quv-me'yoriy hujjatlarni yurita olish;

  • mehnat ta'limida o'quv-dasturini tahlil qilish;

  • mehnat ta'limidan taqvim reja tuzish;

  • mehna ta'limida innovatsion texnologiyalar asosida darslarni rejalashtirish;

  • sinflar kesimida kasb-hunar turlarini toifalash;

3

  • mehnat ta'limida amaliy mashg'ulotlarda texnika xavfsizligi qoidalariga amal
    qilish;

  • mehnat ta'limida qog'oz va karton turlari va xususiyatlari

  • mehnat ta'limida qo'l mehnatiga o'rgatish usullari;

  • mehnat ta'limida qaychi bilan ishlash qoidalari;

  • mehnat ta'limida nina bilan ishlash qoidalari;

  • mehnat ta'limida bigiz va pichoq bilan ishlash qoidalari;

  • mehnat ta'limida plastillin bilan ishlash texnologiyasi;

  • mehnat ta'limida gazlamaga ishlov berish texnologiyasi;

  • mehnat ta'limida ip va tola turlariga ishlov berish texnologiyasi haqida
    bilimgaega bo'lishi;

  • mehnat ta'limida internet manbalarini qo'llash;

  • nazariy va amaliy bilimlarning uzviyligini ta'minlash;

  • mehnat ta'limi jarayonida axborot texnologiyalarni qo'llash;

  • mehnat jarayonida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantira olish;

  • amaliy ish jarayonida ish qurollaridan to'g'ri foydala olish;

  • mehnat tarbiyasida kasb-hunarga qiziqtirish;

  • mehnat ta'limi va tarbiyasida mehnat an'analaridan samarali foydalana olish;

  • mehnat ta'limi va tarbiyasida innovatsion metodlarni qo'Ilay olish;

  • mehnat ta'limi va tarbiyasida o'quvchilar bilimini tekshirish va baholay olish;

  • o'quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash;

  • o'quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash;

  • o'quvchilarni mehnatga axloqiy tayyorlash;

  • Mehnat ta'limini o'qitishda texnik vositalardan foydalana olish;

-mehnat ta'limida turli ko'rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish;

  • mehnat ta'limida kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish;
    -mehnat ta'limidan mustaqil ishlarni tashkil etish;

  • mehnat darslarida sanitariya-gigienik talablarga rioya etish;

  • amaliy mashg'ulotlar uchun ko'rgazmali materiallarni tayyorlash;

  • mehnat ta'limida tabiiy materiallarga ishlov berish;

  • mehnat ta'limida qog'oz va kartonga ishlov berish;

-mehnat ta'limida amaliy mashg'ulotlarda ish joyini to'g'ri tashkil etish;

  • mehnat ta'limida tabiiy materiallardan ko'rgazmalar tayyorlash;

  • mehnat ta'limida plastilindan turli o'yinchoqlarni yasash;

  • mehnat ta'limida gazlamadan turli buyumlar tikish;

  • mehnat ta'limida qog'ozdan ko'rgazmali qurollar tayyorlash;

  • mehnat ta'limida kartondan turli modellar yasash;

  • mehnat ta'limida ipdan chok turlarini tikish;

-mehnat ta'limida matodan yumshoq o'yinchoqlar tayyorlash ko'nikmalariga ega bo'lishi кегак.

  • mehnat ta'limidan nazariy bilimlarni amalda qo'llash olish;

  • mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish;

- mehnat ta'limi jarayonini intergatsiyalash va modernizatsiyalash;

4

-mehnat darslaridata'lim texnologiyalarini qo'llay olish;



  • mehnat darslarida turli va tabiiy materiallardan samarali foydalana olish;

  • plastilin bilan ishlashda hakaltaroshlik elementlaridan foydalanish;

  • qog'oz va karton bilan ishlash darslarida tejamkorlikka o'rgatish;

- mehnat ta'limidan nazariy bilimlarni amalda qo'llay olish;
-boshlang'ich sinf mehnat darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va

axborot) texnologiyalarni qo'llash;

-mehnat ta'limi va tarbiyasida ajdodlar merosidan va xalq og'zaki ijodidan foydalanish;

- sinf va sinfdan tashqari ishlarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish;

- o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishda tashkiliy, ilmiy, metodik, axborot va
dasturiy ta'minotni amalga oshirish malakalariga ega bo'lishi kerak.

Fanning o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, uslubiy jihatdan uzviy va ketma-ketligi

Mehnat va uni o'qitish metodikasi fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 5-6-semestrlarda o'qitiladi. Mehnat va uni o'qitish metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy san'at, tabiatshunoslik fanlari bilan bog'lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni to'garak ishlariga, ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, ma'ruzalar, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi.



Fanning ta'limdagi o'rni

Mehnat va uni o'qitish metodikasi fani ta'lim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beraladi. O'quvchilarni amaliy mehnatga tayyorlash va ulami mehnat malaka va ko'nikmalarini egallashlarini ta'minlaydi.

Mehnat ta'limining tarbiyaviy ahamiyati o'quvchilarda mehnatsevarlik, mas'uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o'quvchilarning aqliy o'sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlaming rivojlanishiga yordam beradi. O'quvchilar o'rtasida yo'lga qo'yilgan o'zaro yordam esa, ularda do'stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning fanni o'zlashtirish jarayonida darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, ta'limiy vositalarni va ta'limiy o'yinlarni ta'lim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

5

ASOSIY QISM

Fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni. I-BOB. Mehnat va uni o'qitish metodikasining umumiy masalalari.

Mehnat ta'limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari

Mehnat o'qitish metodikasi fanining vazifalari. Mehnat fanini o'qitishda metodik yondashuv. O'quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash. Mehnat darslarini tashkil qilish shakllari. Mehnatga munosabatni shakllantirish. Boshlang'ich mehnat elementlari bilan tanishtirish.



Mehnat va uni o'qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari

Mehnat va uni o'qitish metodikasi fanining o'qitish metodologiyasi. Mehnat fanini o'qitish tamoyillari. Mehnat ta'limi nazariyasining asosiy negizlari. Mehnat ta'limi va tarbiyasining uzviyligi.



Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limining mazmuni

Boshlang'ich mehnat ta'limi DTS tahlili. O'quv fan dasturlarining mazmuni va ularning tahlili (1-4 sinflar kesimida). O'quv dasturining mazmuni va unga qo'yilgan talablar. Mehnat darslaridagi amaliy ish turlari va mazmuni.



Mehnat ta'limining shakl va metodlari

Boshlang'ich sinflarda mehnat shakl va usullari. Metod tushunchalari, uning turlari. O'quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog'Iiqlik. O'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatishning shak va usullari, didaktik materiallardan foyudalanish metodlari.



Mehnat darslarida o'quv jarayonini tashkil etish

O'quv jarayonini tashkil etish talablari. O'quvchilarda mehnat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish. Nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bog'lashda ko'rgazmali materiallarning ahamiyati.

Mehnat ta'limida sinfdan tashqari ishlar

Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to'garak ishlari, mustaqil mashg'ulot).



Mehnat ta'limi darslariga integratsion yondashuv

Integratsiylashgan ta'limning o'ziga xos xususiyatlari. Boshlang'ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xusysiyatlari. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.

6

II-BOB. Mehnat va uni o'qitish metodikasining xususiy masalalari. Mehnat darslarida qo'l mehnatidan foydalanish talablari

Boshlang'ich sinflarda qo'l mehnatiga o'rgatishni tashkil qilish shakllari. Qo'l mehnatiga o'rgatishda ish turlarining mazmuni. Mehnat samaradorligini oshirishda qo'llaniladigan talablar. Mavzuga mos o'qitish metodlari.



Boshlang'ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi

Boshlang'ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limi tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha materiallarni o'rganishdagi uzviylik va uzluksizlik. Mehnat ta'limada nazariy biliinlarning o'mi.



Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limidan amaliy ishlar Boshlang'ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari. Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish mehnati. Mehnat ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.

Boshlang'ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarni

shakllantirish

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. Mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarning uzviyligi. O'quvchilarda iqtisodiy faoliyatni (tejamkorlik. tadbirkorlik) shakllantirish.



Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari

Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish shakllari. Mehnat ish unumini oshirishni tashkil etish usul va vosirtalari. Mehnat malaka va ko'nikmalarini oshirish.



Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari

Applikatsiya san'ati. Applikatsiya turlari (Geometrik shaklli applikatsiya. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko'p rangli applikatsiyalar) haqida tushuncha. Applikatsiya ishlarining mazmuni.



Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ'ib etilishi. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunarga yo'naltirishga oid o'yin va tadbir turlari.



Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish

Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma'lumot. Mehnat ta'limi darslarida AKTdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari. Amaliy mashg'ulotlar uchun taqdimot tayyorlash texnologiyalari.



Mehnat darslarini tashkil etish metodikasi

Darsni rejalashtirish haqida tushuncha. Dars ishlanmasini tuzish texnologiyasi. Darsning maqsad va vazifalari, darsning jihozlari va dars jarayonini amalga oshirish texnologiyalari. Dars jarayonini taqsimlash bosqichlari. Texnika xavsizligi qoidalari.



7

Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Applikatsiya va mozaika san'ati haqida tushuncha. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to'g'ri tashkil etish talablari. Applikatsiya va mozaika ishlarining o'quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika xavsizligi qoidalari.



Qog'oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish

metodikasi

Qog'oz va karton haqida ma'lumot. Qog'ozning ishlab chiqarishdagi o'rni. Qog'oz va karton turlari va xususiyatlari. Qog'oz va kartonga ishlov berish usullari. Qog'oz va karton bilan ishlash texnologiyasi. Ish joyini tashkil qilish talablari. Texnika xavsizligi qoidalari.



Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Turli va tabiiy materiallar haqida tushuncha. Turli va tabiiy materiallarni to'plash va ishga tayyorlash. Turli tabbiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong'oq po'choqlari, patlar, o'simlik urug'lari va boshqa materiallar) applikatsiyalar va o'yinchoqlar yasash texnologiyasi. Ish joyini to'g'ri tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari.



Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma'lumot. Plastilin va loyning tarkibi va xususiyatlari. Plastilin va loyga ishlov berish usullari. Plastilin va loy bilan ishlash darslarida ish o'rnini tashkil etish talablari. Plastilin va loy bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi. Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-gigienik talablar.



Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. Gazlama bilan ishlash metodikasi. Gazlamaga ishlov berish (o'lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi. Gazlama bilan ishlashda ish joyini to'g'ri tashkil qilish talablari.



Yumshoq o'yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi

O'yinchoqlar haqida ma'lumot. O'yinchoq turlari. Yumshoq o'yinchoqlarni tayyorlash texnologiyasi. Yumshoq o'yinchoqlar uchun mato tanlash, andoza olish va tikish texnologiyasi. Yumshoq o'yinchoqlarni tayyorlashda ish joyini to'g'ri tashkil etish. Texnika xavfsizligi qoidalari.



Loyihalash va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi

Loyihalash va modellashtirish ishlari haqida ma'lumot. Loyihalash va modellashtirish ishlarining turlari. Modellashtirish elementlari bilan tanishtirish. Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari. Loyihalash va modellashtirish ishlarida ish joyini to'g'ri tashkil etish. Loyihalash va modellashtirish darslarida texnika xavfsizligi qoidalari.

8

Qishloq xo'jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish



usullari

Qishloq xo'jaligi mehnati haqida tushuncha. Qishloq xo'jalik mehnati ish turlarining shakllari (o'simliklami parvarishlash, sug'orish, oziqlantirish, ko'chat o'tkazish). Qishloq xo'jaligi mehnati darslarida texnika xavfsizligi qoidalari.

Amaliy mashgulotlarni tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashgulotlarda talabalar "Mehnat va uni o'qitish metodikasi" fanidan quyidagi ish turlaridan namunalar yasashni o'rganadilar.



Amaliy mashg'ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Ish joyini tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari

  2. Qog'ozga ishlov berish usulIari.Qog'ozni buklash usullari

  3. Qog'ozni ketma-ket usulda buklab maketlar yasash.

  4. Qog'ozni oddiy usullarda buklab maketlar yasash.

  5. Qog'ozni murakkab usullarda buklab maketlar yasash.

  6. Qog'ozdan "Oq qush"ni qurish-yasash.

  7. Kartondan "Sanoq sonlari" ko'rgazmali qurolini tayyorlash

  8. Kartondan "Telefon" ko'rgazmali materialni tayyorlash.

  9. Kartondan "Olmali daraxt" ko'rgazmali materialni tayyorlash.




  1. Kartondan "O'yla, Izla, Top" ko'rgazmali materialni tayyorlash.

  2. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash.

  3. Mozaika usulida tabriknoma tayyorlash.

  4. O'quvchilarni tejamkorlikka o'rgatish.Chiqindi materillaridan turli

buyumlar yasash.

  1. Chiqindi materillaridan choynak tagligini yasash.

  2. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash.

  3. Rangli qog'ozlardan bayram tabriknomasini tayyorlash.

  4. Turli materiallardan hajmdor gullar yasash.

  5. Applikatsiya usulida barglardan qurish-yasash.

  6. Barglardan guldasta tayyorlash.

  7. Urug'lardan applikatsiya yasash.

  8. Xonao'simliklarini parvarish qilish usullari.

  9. Mutafakkirlarning mehnat tarbiyasida kasb-hunarga yo'naltirishni targ'ib

etilishi.

  1. Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish.

  2. Tugma qadash texnologiyasi.

  3. Qog'ozdan mozaika yasash.

  4. Tuxum po'chog'idan mozaika yasash.

  5. Fasllar mavzusida applikatsiya tayyorlash.

  6. Ertak qahramonlari aosida applikatsiya tayyorlash

  7. Pape-mashe bilan ishlash texnologiyasi.

  8. Kartondan rasm uchun ramka yasash.

  9. Turli materiallardan bayram sovg'asini tayyorlash.

  10. Tuxum po'choqlaridan hajmdor o'yinchoqlar yasash.

9

  1. Turli materiallardan archa bezaklarini yasash (Qo g'oz va shardan).

  2. Plastilindan mevalar shaklini yasash.

  3. Plastilindan turli o'yinchoqlar yasash.

  4. Ipdan turli choklarni tikish usullari.

  5. Ipdan turli o'yinchoqlar yasash.

  6. Paralondan o'yinchoqlar yasash.

  7. Filcha yumshoq o'yinchog'ini tikish.

  8. Kartondan harakatlanuvchi o'yinchoqlar yasash.

  9. Turli materiallardan svetafor maketini qurish-yasash.

Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ko'rsatma va tavsiyalar talabalarning ma'ruza mashg'ulotlarida olgan bilim va ko'nikmalarini amaliy topshiriqlarni bajarish orqali bilimlarini yanada boyitishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, darslik va o'quv qo'llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanish hamda ilmiy maqolalar va tezislar nashr etish orqali talabalar biiimini yanada oshirish tavsiya etiladi.

Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talabalarga "Mehnat va uni o'qitish metodikasi" fanidan mustaqil ta'limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • mustaqil ravishda darslik, o'quv qo'llanmalar va metodik q o'llanmalardagi
    mavzularni o'rganish va tahlil qilish;

  • tarqatma materiallar bo'yicha o'rganilgan ma'ruza materiallarini
    o'zlashtirish;

  • ish turlari bo'yicha amaliy topshiriqlarni bajarish;

  • axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzu bo'yicha taqdimotlar
    tayyorlash;

  • fanga oid BMI, kurs ishilarini o'rganish, tahlil qilish va tayyorlash;

  • zamonaviy ta'lim texnologiyalarni mehnat ta'lim jarayoniga tadbiq qilish
    usullarini o'rganish;

  • ta'lim jarayonida muammoli o'qitish usullari va masofaviy ta'limdan
    foydalanish

Pedagogik amaliyotni tashkil etishning shakli va mazmuni

l.Dasturda k o'rsatilgan b o'limlar b o'yicha taqvim reja tuzish va u asosida

darslarni tashkil etish.

2.Boshlang'ich sinflarda mehnat darslarini kuzatish va tahlil qilish. 3.Boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. 4.Mavzularga mos ko'rgazma vositalarini tayyorlash va ulardan unumli

foydalanish.

10






Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling