Kirish Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, yaratilishining shart sharaoitlari mazmuni va maqsadlari
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) nima uchun kerak va ular nimalardan iborat?
Download 53.63 Kb.
|
Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari kurs ishi
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) nima uchun kerak va ular nimalardan iborat?
Investorlar va boshqa moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar (masalan, davlat organlari, kasaba uyushmalari, biznes-sheriklar va h.k.) o‘zlarini qiziqtirgan tashkilot haqidagi ma'lumotdan manfaatdor bo‘ladi. Bu manfaat esa ularning iqtisodiy, investitsion va huquqiy qaror chiqarishlari zaruratidan kelib chiqadi. Misol uchun, ular aksiyador kiritgan mablag‘lari qanchalik foyda keltirishi, biznes mulki qanchalik o‘sgani, qarzdorlik holati qanday ahvoldaligi kabi savollar bilan qiziqishlari tabiiy. Undan tashqari, salohiyatli investor biror biznesga mablag‘ kiritish yoki kiritmaslik haqidagi qarorini yaxshilab baholashga urinadi, bunda u tashkilotni ish yuritayotgan tarmoqdagi boshqa shirkatlar bilan solishtirib ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mazkur tashkilotning iqtisodiy, mulkiy va moliyaviy holati va o‘tgan davr faoliyati natijalari haqidagi raqamli va tushuntirish matnlaridan iborat hisobotga zarurat tug‘iladi. Aynan shu zaruratni ta'minlash maqsadida, markazi Londonda joylashgan Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlar kengashi ushbu hisobot andozalarini ishlab chiqqan. Hisobot standartlari moliyaviy ma'lumotlarga oid axborotni qanday mezonlarga ko‘ra tan olish, ularni baholash, tasniflash, ifodalash haqidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba'zilarini aytib o‘tamiz: MHXS (IAS) 1 «Moliyaviy hisobot ko‘rinishlari», MHXS (IAS) 2 «Zaxiralar», MHXS (IAS) 16 «Asosiy vositalar», MHXS (IFRS) 15 «Xaridorlar shartnomalaridan olingan savdo tushumlari», MHXS (IFRS) 16 «Ijara», MHXS (IAS) 41 «Qishloq xo‘jaligi», MHXS (IFRS) 9 «Moliyaviy instrumentlar» va boshqalar. Moliyaviy hisobotning maqsadi iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilarning keng doirasiga foydali bo'lgan korxonaning moliyaviy holati, faoliyati va moliyaviy holatidagi o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot berishdir". Moliyaviy hisobotlar tushunarli, dolzarb, ishonchli va taqqoslanadigan bo'lishi kerak. Hisobotdagi aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar tashkilotning moliyaviy holatiga bevosita bog'liqdir. Hisobotning mohiyati va ahamiyati uning soddaligi, ishonchliligi, birligi, samaradorligi, tejamkorlik, taqqoslanuvchining, shuningdek, shakllantirish bajarish va ommalashtirishning qat’iy standartlashtirilgan tartib qoidalariga rioya qilishdadur. Hisob tizimi va hisobotlarga bo’lgan talablar xilma –xil bo’lgan mamlakatlarda transmilliy kapitalining faoliyat ko’rsata boshlashi natijasida xalqaro hisob standartlarini yaratish muomosi yuzaga kildi. O’zbekiston buxgalteriya hisobi standartlari – bu tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan. Kampaniyalar balansda, daromadlar tug’risidagi hisobotda, shuningdek ularning ilovalarida aks ettirilgan baz’i ko’rsatkichlarni qo’shimcha ravishda batafsil bayon qilishlari mumkin. Tushuntirishlar matn yoki jadval shaklida taqdim etiladi. U bir necha yillar davomida eng muxim iqtisodiy va moliyaviy kursatkichlari dinamikasini aks ettiradi; kampaniyaning kutilayotgan rivojlanishi; rejalashtirilgan moliyaviy investetsiyalar va boshqalar. Ushbu ma’lumotlar analitik va yig’ma jadvallar diagrammalar va grafiklar shaklda taqdim etiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalar buxgalteriya hisobinig takomillashtirishning muhim yunalishlaridan biri uni hisob va hisobotning xalqaro standartlariga moslashtirishdir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb, qilish qo’shma korxonalarni rivojloantirish, iqtisodiyotta sektorga islohotlarni chuqurlashtirish, hisob va nazoratning sifatini hamda samaradorligini oshirtishga imkon yaratadi. Shu boisdan, buxgalteriya xalqaro standartlarini chuqur o’rganishga va milliy hisob hamda hisobot tizimini xalqaro standartlariga o’tkazishda alohida etibor qaratish zarur. Yuqorida takidlaganimizdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartari aslida milliy hisoblar tizimining negizida shakllangan. Bir qancha mamlakatlarning professional buxgalterlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha komitet tashkil qildilar. Har bir standart uni ishlab chiqishda asos bo’luvchi maqsad va konsepsiyalari mazkur standartga kiruvchi masalalar ro’yxati; ishlatiladigan atamalarning ta’rifi; ushbu standartni qo’llash mezonlari; hisobga olish metodlari va o’lchash asboblari; axborotlarni ochish usullari va tushuntirish izohlarini o’z ichiga oladi. Bunday uslubiy moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini turli xil sharoitlarda joriy qilish imkoniyatini oshirish va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobinig milliy standartlarini ishlab chiqishni osonlashtiradi. Xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining sarmoyasini kiritish bo’yicha yengilliklar kiritidi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishiga muhim rol o’ynaydi. Ulardan quyidagi malumotlar uchun foydalaniladi. ko’pchilik mamalakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lishiga hizmat qiladi . fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda; Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyaning soni ortganligi tufayli foydalaniladi. Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olib kilinmoqda. standartlar yuqori sifatli bo’lishi shart, chunki ular ma’limotlarning taqqoslanuvchanligi ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak. Moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiqarish o’ziga yarasha xarajatlarni talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab chiqish nuqtai nazaridan samarasizdir. Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarini qo’llab quvvatlash uchun esa albatta, butun jaxon uchun moliyaviy hisob va hisobot bo’yicha tarkiban bir xil, umum qabul qilingan va majburiy standartlar to’plami zarurdir. 1970 –yillarda kapitalning bir shtat ikkinchi shtatga harakatlashi kuchaydi. Ammo bir qator xalqaro kampaniyalarning birgalikdagi ishini tashkil etish ommaviy hisob-kitob tizimlarining yo’qligi sababli murakkablashadi. Natijada odamlarning iqtisodiyot bilan, bog’liqligi umum milliy hisob tizimiga ehtiyoji paydo bo’ldi. Ushbu muommoni hal qilish moliyaviy hisobot uchun xalqaro standartlar va qoidalarni tayyorlash edi. 1973-yildan beri Xalqaro standartlar qo’mitasi, keyinchalik Xalqaro Buxgalteriya standartlari Kengashiga aylantirildi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqdi. Birinchi navbatda, eng aniq, shaffof, ishonchli, va yuqori sifatli hisobotlarni shakllantirishdir. Moliyaviy hisobining xalqaro standartlariga o’tishda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining asosiy tamoyiillaridan biri muvofiqlik prinsipi bo’lib unga ko’ra xarajatlar kutilayotgan daromad davrida tan olinadi. O’zbekiston buxgalteriya tizimida xarajatlar ma’lum hujjatlar talablari bajarilgandan so’ng qayd etiladi. Tegishli hujjatlarga bo’lgan talab ko’pincha o’zbek kompaniyalariga ma’lum bir davrga tegishli barcha operatsiyalarni hisobga olishga to’sqinlik qiladi. Xalqaro standartlarga muvofiq hisobot tayorlaydigan so’rovda qatnashgan kompaniyalarning aksariyati EXCEl dasturidan foydalanadi78%. Ushbu dasturdan foydalanish oson va qulay nisbatan arzon . Aksariyat kompaniyalar uchun xalqaro standartlar bo’yicha bilimlarning asosiy manbai ixtisoslashgan kitoblar va davriy nashlardir. Shuni biroq, bugungi kunga qadar Konsepsiyada belgilangan asosiy qoidalar amalga oshirilmadi, ammo 2010-yildan boshlab O’zbekiston buxgalteriya hisobini xalqaro ta'kidlash kerakki, ushbu yo'nalishda harakat qilishda kompaniya uchun oqibatlar ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Ijobiy tomonlari quyidagilardir: axborotning shaffofligi; hisobotning axborot mazmunini oshirish; Ko'rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini yaxshilash; tashkilot faoliyatini tahlil qilish uchun keng imkoniyatlar va natijada - xalqaro kapital bozorlariga kirish.O’zbekiston buxgalteriya tizimi va xalqaro standartlariga muvofiq parallel ichki hisob . Usullarning har biri o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarni o’zgartirish –buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayta guruxlash va O’zbekiston buxgalteriya tizimi qoidalariga muvofiq tayyorlangan hisobot ob’ektlarini tuzatish orqali hisobotrni tayyorlash jarayoni. Buxgalteriya (Moliyaviy) xisobot Xisobot davri uchunkorxona faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar to’plami Download 53.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling