Kirish. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasining avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari


Download 1.43 Mb.
bet12/19
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683278
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

O‘zbekiston Respublikasining avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan keyin, mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shaxrida Janubiy Koreya bilan xamkorlikda “UzDeuAvto” qo‘shma korxonasida engil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab NEXIA, TICO, DAMAS va 2001 yilning avgust oyidan esa MATIZ rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshladi. Ayni vaqtda zavod konveyerida 250 ming avtomobil ishlab chiqarildi, uning 51 minggi eksport qilindi. Faqatgina 2000 yil zavodda 30,7 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi. SHuningdek, 1999 yil avgust oyida Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda «SamKocAuto» zavodida kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi dunyoga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26 davlat bo‘lib kirdi. Akademik O.V.Lebedev ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi avtomobil zavodlarida 2008 yilga kelib yiliga 350 ming avtomobil ishlab chiqarilib, undan 3/2 qismi (66%) eksport qilinadi. Umuman O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormoqda va bu o‘sish ko‘rsatkichi keyingi 6 yil ichida o‘rtacha 5% tashkil etdi (1.1.-jadval).

Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (Respublikamizda 2000 yil ularning soni 2128 taga etdi) yoki tan jarohatlarini olishlari (2000 yili ularning soni 11677 tadan oshib ketdi). Shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab yetkazilgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarning ifloslantirilishi, ko‘chalarda to‘xtab turuvchi avtomobillar tamonidan to‘sib qo‘yishi va nihoyat transportlarni ushlanib qolishining va harakat tezliklarning keskin tushib ketishdan iboratdir.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling