Kiritiladigan masalalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana18.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1213819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
2022-yil birinchi chorak

9730
nafar respondent ovoz berish jarayonida bevosita ishtirok etishgan. 
Jumladan, ayrim fanlar (boshlang‘ich ta’lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, 
matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va 
astranomiya) bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganilganda shu jihat 
ma’lum bo‘ldiki, xalq ta’limi tizimidagi 5 ta hudud (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri)da olib 
borilgan “umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar 
va mavjud ehtiyojlar” nomli tajriba-sinov natijasida umumiy 1354 nafar 
o‘qituvchiga bo‘lgan ehtiyoj aniqlangan. Ushbu ehtiyoj umumiy kadrlarga (5 ta 
hudud bo‘yicha) nisbatan 1,6% ni tashkil etadi. 
Fanlar kesimida ehtiyojni tahlil qilsak, eng yuqori talab “Informatika va 
axborot texnologiyalari” (3,5%) va “Rus tili va adabiyoti” (3,4%) 
o‘qituvchilariga, eng quyi talab esa “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilariga 
(0,4%) ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
So‘rovnoma natijalari umumlashtirilib Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari va 
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan ilmiy-amaliy seminar tashkil 
etish ishlari amalga oshirilmoqda. 
2022-yil 20-may kuni “Xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar bo‘yicha 
o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog kadrlar 
buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-


amaliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminar dasturiga asosan, Xalq 
ta’limi vazirligi vakili, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili, Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimi, Chirchiq davlat 
pedagogika instituti mas’ul xodimi, Al-Buxoriy universiteti pedagogika va 
psixologiya fakulteti dekani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish hududiy markazlari (14 ta) xodimlari va A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi 
muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti 
xodimlari ishtirok etadilar. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling