Kiruvchilar uchun savollar kitobi abituriyent


Download 170.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2020
Hajmi170.09 Kb.
#101227
  1   2   3

20

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

DAVLAT TEST MARKAZI

OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

KIRUVCHILAR UCHUN

SAVOLLAR KITOBI

ABITURIYENT: ________________________________________ _____

F.I.O.


Imzo

ABITURIYENT DIQQATIGA!

Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir fan bo‘yicha 36 ta savol mavjudligini

tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa yoki savollar kitobi raqami bilan javoblar varag‘i

raqami bir xil bo‘lmasa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling.

Savollar kitobida abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi xato to‘ldirilgan yoki to‘ldirilmagan

va imzosi qo‘yilmagan hollarda e’tirozlar ko‘rib chiqilmaydi.

Kitob tipi:

31

FANLAR:


Blok 1: Ona tili va adabiyoti

Blok 2: Tarix

Blok 3: Ingliz tili

Nemis tili

Fransuz tili

Savollar kitobi raqami:

5296000

Toshkent – 2015



1

Ona tili va adabiyoti (5296000)

T-031


ONA TILI VA ADABIYOTI

1. Qaysi maqolda belgisiz qo‘llangan kelishik qo‘shimchasi

uchramaydi?

A) Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma!

B) Birovga choh qazigan, o‘zi yiqilar

C) Qunt bilan o‘rgan hunar,



Hunardan rizqing unar.

D) Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l !

2. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr berilgan?

A) Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi.

B) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi

so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi.

C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan



joy nomlari qo‘shib yoziladi.

D) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har bir so‘z



bosh harf bilan yoziladi.

3. “Avesto”da devlar, zulmat kuchlariga qarshi qonunlar

majmuasi qanday atalgan?

A) visparad

B) gohlar

C) yashtlar

D) vendidod

4. Yo Ali halim (muloyim) kishida uch alomat bordir

orasi buzilgan kishi bilan aloqani tiklar qo‘lidan hech

ish kelmaydigan ya’ni o‘z tirikchiligini o‘zi ko‘rishi

qiyin bo‘lgan kishiga ehson qilar unga kimki zulm

qilsa o‘shani afv etar.

Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari to‘g‘ri

ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, vergul, nuqtali vergul,

vergul

B) vergul, vergul, nuqtali vergul, vergul, nuqtali vergul,



vergul

C) vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, nuqtali vergul

D) vergul, ikki nuqta, vergul, vergul, vergul, vergul

5. Quyidagi qaysi gap(lar)da o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar

qatnashmagan?

1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.

2. Agar sen olgan qarzingni o‘z vaqtida qaytarsang, ularning

ham senga bo‘lgan ishonchi ortar edi.

3. Ko‘klamda yashargan qari tol ham insonning diliga ajib

bir tarovat baxsh eta boshladi.

4. Sen ham meni shoshirmasdan ishni bitirsang bo‘lardi.

A) 2, 3, 4

B) faqat 4

C) 3, 4

D) 1, 3

6. “Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi

ajdarni tutib kelaman”.

Ushbu so‘zlar qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan?

A) “Me’mor”, Zavrak

B) “Kichkina shahzoda”, Kichkina shahzoda

C) “Me’mor”, G‘avvos Muhammad

D) “Hellados”, Jamol

7. Turkiston o‘lkamiz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari

buyuk, aholisi turk



− o‘zbekdur.

Ushbu gap haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang.

A) uyushiq bo‘lakli sodda gap

B) uyushiq va ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan sodda gap.

C) 3 ta sodda gapdan tashkil topgan, ajratilgan bo‘lak

qatnashgan murakkab qo‘shma gap

D) 2 ta sodda gapdan iborat bog‘lovchisiz qo‘shma gap

8. "Boburnoma"da Temurbekning Hindiston urushi tasviri

chizilgan ko‘shk nomi qanday ataladi?

A) Bog‘i Bo‘ldu

B) Bo‘g‘i Shamol

C) Bog‘i Dilkusho

D) Bo‘g‘i Bihist

9. Urg‘u so‘z yasovchi qo‘shimchaga tushgan so‘zlar qatorini

belgilang.

1) terma (ot); 2) bostirma (ot); 3) gapirma (fe’l); 4) isitma

(fe’l); 5) qovurma (sifat); 6) qaynatma (fe’l)

A) 1, 2, 3, 4

B) 3, 4, 6

C) 1, 2, 3, 5

D) 1, 2, 5, 6

10. (1) U etagini silkitsa, kulgi to‘kilardi. (2) U kirgan

xonadonda bir hovli kulgi qolardi. (3) U har bir xonadonning

ko‘pdan kutgan aziz mehmoni edi. (4) Qayerga borsa, o‘sha

yerda atrofini yosh-u qari o‘rab olardi.

(5) Donolar davrasida dono edi. (6) Bedilni, Hofizni,

Jomiyni qiziqib o‘qirdi. (7) Ozarbayjon, tojik, turkman,

uyg‘ur, qozoq, tatar, qirg‘iz tillarida bemalol gaplasha olardi.

(8) U hozirjavob odam edi. (Said Ahmad)

Berilgan matndagi qaysi gaplarda bitishuvli so‘z

birikma(lar)i mavjud?

A) 1, 2, 6, 7

B) 2, 3, 6, 7, 8

C) 1, 4, 5, 8

D) 2, 4, 5, 7

11. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning



do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan

sari rivoj topadi.

Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmlarni

belgilang.

1) 4 o‘rinda yasama so‘z qo‘llangan;

2) yasama so‘zlar ot, sifat, fe’l turkumlariga mansub;

3) 2 o‘rinda otdan sifat yasalgan;

4) yasama so‘zlar aniqlovchi, ega, hol, kesim vazifalarida

kelgan


A) 2, 3, 4

B) 1, 4

C) 2, 3

D) 1, 2, 3, 4

12. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi qaysi hikoyatda quyidagi parcha

uchraydi?

"Qushlar go‘shtni olurmiz, deb uchgan sari go‘sht

ham yuqori borur erdi. Yana bir kecha-kunduz

uchdi."

A) "Namrud hikoyati"



B) "Sulaymon va chumoli hikoyati"

C) "Ilon va qarlug‘och hikoyati"

D) "Uzum hikoyati"

13. Shunday yashar



− sokin, bezavol,

Pastakkina tandiri bilan,

Katta uyda kichkina bir chol,

Kichkina bir kampiri bilan.

She’riy parchada aniqlovchi vazifasida kelgan sifat turkumiga

oid so‘zlar necha marta qo‘llangan?

A) 6

B) 5

C) 4

D) 3

14. Ochiq chehrangni to ko‘rdi dema, ey gul ochilmishdir,

Xijolat g‘oyatidin aylamish kulgu ayon g‘uncha.

Munis qalamiga mansub ushbu baytda qo‘llangan she’riy

san’atni toping.

A) tarse’

B) husni ta’lil

C) ishtiqoq

D) iyhom

15. Yasama ravish ishtirok etgan gapni ko‘rsating.

A) Shu vaqt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab kulib

yubordi.

B) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi manda.

C) Ertaga, hurmatli o‘rtoqlar, meni shon-u shuhrat kutardi.

D) Men xuddi shu savolni kutib turgan kabi darrov javob



bera qoldim.

16. Bolalikdan boshlangan do‘stlik insonning keyingi

ulg‘aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan

barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega.

Gapdagi yasama soz’lar qaysi turkumlarga oidligini aniqlang.

1) ot; 2) sifat; 3) fe’l; 4) ravish

A) 1, 2, 3, 4

B) 1, 2, 4

C) 1, 3, 4

D) 1, 2, 3

17. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo‘lgan

so‘zlardan tashkil topgan juft otlar ko‘rsatilgan javobni

toping.

1) ochko‘z; 2) qo‘y-qo‘zi; 3) yor-do‘st; 4) uzuq-yuluq;



5) gul-chechak

A) 3, 5

B) 1, 3, 4

C) 2, 3, 5

D) 2, 4, 5


T-031

Tarix (5296000)

2

18. (1) Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon



Shukriolloh ismli sarkarda yashagan va uning dovrug‘i

ellarda doston ekan. (2) Sarkarda jangga sovut-dubulg‘asiz,

qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo‘shini hamisha

g‘alaba qilarkan.

(3) Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga

qalqon, sovut yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani

hayron qoldirib, qalqon, sovut kiygan holda qilich bilan paydo

bo‘libdi. (4) Shunda atrofdagilar ajablanib: "Ey sarkarda, bu

holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!"

− deyishibdi.

(5) Sarkarda bir xo‘rsinib javob beribdi: "Janglarda meni duo

qilib turguvchi onaizorim olamdan o‘tdilar. U kishining

duolari menga qalqon, sovut, dubulg‘a edi. Endi u kishi

yo‘qlar. . . "

Berilgan matndagi qaysi gaplarda sodda yasama fe’llar

ishtirok etgan?

A) 2, 4

B) 1, 4

C) 1, 3

D) 2, 5

19. Ohkim, bo‘ldi subhi nashotim shomi g‘am,



Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.

Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.

A) tazod

B) tarse’

C) takrir

D) ruju

20. Qaysi so‘zlarga ikkita so‘z yasovchi morfema ketma-ket

qo‘shilganda ikki xil fonetik o‘zgarishni kuzatish mumkin?

1) taroq, 2) yig‘i, 3) qiyin, 4) tarqa, 5) o‘yin, 6) sariq

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6

B) 2, 3, 5, 6

C) 2, 3, 5

D) 1, 2, 3, 4, 5

21. Ismlar guruhiga kiruvchi qaysi so‘zlar qatori ko‘makchilar

vazifasida ham qo‘llana oladi?

A) muvofiq, qarshi, sababli, tomon

B) avval, boshida, qadar, maqsadida

C) sababli, oldida, ustida, qarab

D) uzra, orqa, ko‘ra, o‘rtada

22. Berilgan qaysi so‘zlar to‘rtta ma’noli qismga ajraladi?

1) go‘zallashtirmoq; 2) yonboshlab; 3) sanog‘ini;

4) surishtirmoq; 5) ta’mirlatmoq

A) 1, 2, 3, 4, 5

B) 1, 2, 4, 5

C) 1, 2, 5

D) 1, 3, 4

23. “Alpomish” dostonida qaysi qahramon o‘zining quyonchiq

kasali borligini bahona qilib, vaziyatdan chiqib ketgan edi?

A) Ko‘kaldosh

B) Ko‘kaman

C) Qorajon

D) Hakimbek

24. Bu qasidam senga, xalqim,

Oq sut-u tuz hurmati,

Erkin o‘g‘lingman, qabul et,

O‘zbegim, jon o‘zbegim.

Ushbu parchada nechta sodda gap ishtirok etgan?

A) 4 ta

B) 5 ta

C) 3 ta

D) 2 ta

25. Tog‘ay Murod qaysi asari uchun Qodiriy nomidagi Davlat

mukofoti bilan taqdirlangan?

A) "Qo‘shiq"

B) "Oydinda yurgan odamlar"

C) "Otamdan qolgan dalalar"

D) "Yulduzlar mangu yonadi"

26. Ko‘ksingda savoling bo‘lmasa, dunyoga nega kelding,

inson?

Berilgan gapda fe’lning munosabat shakli necha o‘rinda



ishtirok etgan?

A) 2

B) 3

C) 4

D) 5

27. Ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay. . .

Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?

A) sinekdoxa

B) vazifadoshlik

C) metafora

D) metonimiya

28. Usmon Nosir ijodiga mansub dramatik asarlar berilgan

javobni toping.

A) "Dushman", "Atlas", "So‘nggi kun", "Traktorobod"

B) "Dushman", "Zafar", "Norbo‘ta", "Naxshon"

C) "Dushman", "Atlas", "So‘nggi kun", "Zafar"

D) "Dushman", "Atlas", "So‘nggi kun", "Naxshon"

29. Alisher Navoiy Najmiddin Kubro haqida “Nasoyim

ul-muhabbat” asarida shunday yozgan edi: “Alarg‘a . . .

ondin laqab bo‘ldiki, har kim bila munozara va mubohasa

qilsalar ermish, ul kishi g‘olib bo‘lurlar ermish”. Nuqtalar

o‘rniga ul buyuk zotning mos nom(laqab)larini qo‘ying.

A) Abuljannob

B) Tummat ul-kubro

C) Kubro

D) Valiytarosh

30. Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,

Derazamdan boqardi birov.

U sen eding, o, dehqon yurtim,

Turar eding yalangto‘sh, yayov.

She’riy parchada ishtirok etgan olmoshlarning sintaktik

vazifasini belgilang.

A) ega, to‘ldiruvchi, hol

B) kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi

C) kesim, ega, to‘ldiruvchi

D) kesim, ega, aniqlovchi

31. Ham mustaqil, ham nomustaqil to‘ldiruvchi qatnashgan

gapni aniqlang.

A) Sen bugungi ishni ertaga qoldirma.

B) Mo‘tabar eshikni yopib chiqib ketdi.

C) Dadash mehribon odamlar haqida suhbatlashishdan



zavqlanar edi.

D) Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.

32. Ko‘zlarim hali harf tanimas edi,

Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim.

Kapalak izidan quvib tinmasdim,

Yulduzlarni sanar edim tunlari. (M.Boboyev)

She’riy parchada necha o‘rinda qarashlilik ma’nosini

bildirgan egalik qo‘shimchalari qo‘llangan?

A) 3

B) 4

C) 5

D) 2

33. Qaysi so‘zlarda qatnashgan unlilar og‘izning ochilish

darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega?

1) komil; 2) kemtik; 3) tikuvchi; 4) kamolot; 5) cho‘chimoq;

6) mudir

A) 1, 2, 3, 4, 5

B) 3, 4, 6

C) 1, 2, 5

D) 2, 3, 4, 5, 6

34. Go‘zallik shundan iboratki, u insonda mehr-muhabbat,



shodlik, erkinlik va shunga o‘xshash tuyg‘ularni uyg‘ota olishi

shart.

Ushbu qo‘shma gap turini toping va so‘zga yangi ma’no

beruvchi nechta qo‘shimcha qatnashgan?

A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi



morfema

B) kesim ergash gapli qo‘shma gap, to‘rtta ko‘makchi



morfema

C) kesim ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi



morfema

D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi



morfema

35. Navoiy "Xamsa" asari qahramonlaridan qaysi birini

"Jamolida vafo tug‘rosi paydo” deb ta’riflaydi?

A) Shirinni

B) Laylini

C) Qaysni

D) Farhodni

36. Nodar Dumbadzening dastlabki yirik asarlarini toping.

A) "Qishloq bolalari", "Abadiyat qonuni"

B) "Men buvim, Iliko va Illarion", "Quyosh kechasi"

C) "Kukaracha", "Qishloq bolalari"

D) "Men, buvim, Iliko va Illarion", "Quyoshni ko‘ryapman"



3

Tarix (5296000)

T-031


TARIX

37. Amir Temur huzuriga yuborilgan ispan elchisi Klavixoning

Samarqandga safari taassurotlari hikoya qilingan asarlarini

aniqlang.

1) "Buyuk Temur tarixi"; 2) " Temur qarorgohi";

3) "G‘alabalar kitobi"; 4) "Tarix majmuasi";

5) "Samarqandga sayohat kundaligi".

A) 1, 2, 5

B) 2, 3, 4

C) 1, 3, 4

D) 1, 3, 5

38. Rossiya tarixida chuqur iz qoldirgan hukmdor Pyotr I

hukmronligi nihoyasiga yetgan yilda

. . .

A) Tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi



Yosimune hukmronligi boshlandi

B) Nodir Quli afg‘on qo‘shinini butunlay tor-mor etib,



Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi

C) Xitoy bandargohlari tashqi savdo uchun yopib qo‘yildi

D) Koreyada qirol Yonchjon hukmronligi boshlandi

39. Afrika xalqlari Yevropa mustamlakachilariga qarshi olib

borgan kurashlarida ularga rahbarlik qilgan shaxslar mos

ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) Muhammad Ahmad; 2) Ketchvayo; 3) Xendrik Vitboy;

4) Samuil Magarero;

a) gererolar; b) namalar; c) sudanliklar; d) zuluslar

A) 1 - a; 2 - d; 3 - b; 4 - c

B) 1 - c; 2 - b; 3 - d; 4 - a

C) 1 - d; 2 - c; 3 - b; 4 - a

D) 1 - c; 2 - d; 3 - b; 4 - a

40. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida anarxiyachilar

kurashning terror usulini qo‘llab bir qator qo‘poruvchilik

harakatlarini amalga oshirganlar. Fransiyaning qaysi

prezidenti terror qurboniga aylangan edi?

A) S. Karno

B) T’yer

C) Troshyu

D) M. Magon

41. Lotin Amerikasi mamlakatlari rahbarlaridan kim sarmoya va

mehnat o‘rtasida hamkorlikni ta’minlay olganligini aniqlang.

A) J.Vargas

B) I.Irigoyen

C) S.Bernardis

D) M.Alvero

42. Kiyev knyazi Svyatoslav kimlarga qarshi urushlar olib

borgan?

1) Xazar xoqonligiga; 2) drevlyan qabilalariga;



3) Bolgariyaga; 4) bijanaklarga; 5) qipchoqlarga;

6) Vizantiyaga

A) 1, 4, 5, 6

B) 1, 2, 3, 4

C) 2, 3, 4, 5

D) 1, 3, 4, 6

43. Pyotr I kimning bergan ma’lumotlari ta’sirida o‘zbek

xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi va ikki harbiy

ekspedisiya tashkil etadi?

A) Haqquli

B) Xoja Nafas

C) Qulibek

D) I.Xoxlov

44. Nechanchi yilda va kim boshchiligida xioniylar So‘g‘dga

bostirib kirganlar?

A) 353-yil, Grumbat

B) 351-yil, Xion

C) 353-yil, Sumbat

D) 355-yil, Malxut

45. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi

sessiyasida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat

mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy

qonun maqomi berilgan?

A) VII

B) V

C) VI

D) VIII

46. Chingizxon qo‘shinlari Dashti Qipchoq yerlariga qaysi

hududlar orqali chiqqan?

A) Afg‘oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali

B) Sharqiy Eron, Xorazm egallab, Kaspiy sohillari orqali

C) Afg‘oniston, Shimoliy Eron egallab, Xorazm orqali

D) Yettisuv, Sharqiy Eron, O‘rta Osiyo orqali

47. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya

bilan aloqalar o‘natishga intilishlari sabablarini aniqlang.

1) jung‘orlar bosqinlaridan himoyalanish; 2) o‘zaro ichki

nizolarga barham berish; 3) savdo-tijorat ishlarini yo‘lga

qo‘yishdan manfaatdorlik; 4) Xitoy hujumidan himoyalanish

A) 3, 4

B) 2, 4

C) 1, 2

D) 1, 3

48. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida mavjud bo‘lgan uchta

devon qanday sohalar bilan shug‘ullangan?

1) xo‘jalik; 2) soliq va yig‘imlar; 3) ijtimoiy-siyosiy ishlar;

4) yer masalalari; 5) harbiy ishlar; 6) chegaralar masalasi

A) 2, 4, 6

B) 1, 2, 4

C) 3, 5, 6

D) 1, 3, 5

49. 1857-yilda imzolangan Parij Tinchlik shartnomasidan keyin

Eron va Afg‘oniston o‘rtasida nizo kelib chiqqudek bo‘lsa, bu

nizo qaysi davlat vositachiligida hal etiladigan bo‘ldi?

A) Germaniya

B) Buyuk Britaniya

C) Fransiya

D) AQSh

50. Buyuk ajdodlarimiz haqidagi "Alisher Navoiy"

tarixiy-biografik filmi kim tomonidan yaratilgan?

A) N.G‘aniev

B) K.Yormatov

C) A.Hamroev

D) L.Fayziev

51. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Shimoliy Afrika

mamlakatlari tarixiga oid to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) 1882-yilda Misr qo‘shini rahbarlaridan biri Jamoliddin



al-Afg‘oniy Qohirada oliy davlat organi - Muvaqqat

Kengash tuzdi.

B) XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va



shimoli-g‘arbida, ya’ni arablar yashamaydigan hududlarda

mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi.

C) XIX asrning oxirida Misr, Tripolitaniya, Kirenaika va



Tunis amalda Turkiya sultoniga itoat etardi.

D) 1888-yildagi konvensiyaga ko‘ra Suvaysh kanalidan barcha



davlatlar xoh urush, xoh tinchlik vaqtida bo‘lsin, erkin

foydalanish huquqini olishdi.

52. Qadimgi Rim tarixchi olimlari ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) Plutarx; 2) Arrian; 3) Tit Liviy; 4) Tatsit; 5) Strabon.

A) 2, 3, 4

B) 1, 2, 5

C) 1, 3, 4

D) 1, 3, 5

53. Qaysi davrdan boshlab Shayboniylarning taxtga hukmdorni

o‘tqazish borasidagi urf-odatiga rioya etilmay qo‘yildi va

taxtga vafot etgan xonning avlodlari bevosita o‘tqaziladigan

bo‘ldi?

A) XVI asrning 20-yillaridan boshlab



B) Muhammad Shayboniy vafot etishi bilan

C) XVII asr boshlaridan boshlab

D) XVI asrning 40-yillaridan so‘ng

54. XVIII asrdayoq paydo bo‘lgan Konservatizm qaysi toifa

mafkurasi sanalar edi?

A) yirik yer egalari bo‘lgan pomeshchiklar

B) burjua jamiyatidagi aslzodalar

C) intelligensiya

D) burjua jamiyatidagi o‘rta toifa

55. Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi

qurilgan yilda amirlikning ichki siyosiy hayotida quyidagi

voqealardan qaysi biri yuz berganligini aniqlang.

A) Amir siyosatiga qarshi Miyonqo‘lda qo‘zg‘olon ro‘y berdi.

B) Amirlik taxtiga Amir Haydar o‘tirdi.

C) Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi

qo‘zg‘olon ko‘tardi.

D) Amir Shohmurod hukmronligi nihoyasiga yetdi.



T-031

Ingliz tili (5296000)

4

56. 1947-yil 14-martda qabul qilingan "Trumen doktrinasi"



qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlang.

A) Germaniyani tiklash va moliyalashtirish

B) Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish

C) Gretsiya va Turkiyaga yordam berish

D) urushda vayron bo‘lgan Yevropa davlatlariga

vayrongarchiliklarni tugatishga yordam ko‘rsatish

57. Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan Shoh

Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga

yordam bergan Xiva xonini aniqlang.

A) Eltuzarxon

B) Olloqulixon

C) Muhammad Rahimxon I

D) Muhammad Rahimxon II

58. I.Lazarev boshchiligidagi rus qo‘shinlarining turkman

qabilalariga qarshi dastlabki harbiy harakatlari

boshlangandan ularning batamom bo‘ysundirilishigacha

bo‘lgan yillar oralig‘i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) 1880-1885-yillar


Download 170.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling