Kis101-19 – guruh talabasi Bajardi : Umarov J. Tekshirdi : Bekmurodov D. Samarqand -2023 Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning mahsuliy modellari


Download 33.71 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi33.71 Kb.
#1572875
  1   2   3
Bog'liq
73XLgCCcrx0mgeLyX1BnOqz38wzEmp2a


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali




KIS101-19 – guruh talabasi
Bajardi : Umarov J.
Tekshirdi : Bekmurodov D.

Samarqand -2023
Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning mahsuliy modellari
Reja:
1. Tarixiy ma’lumotlar
2. Mahsuliy tizimlarni tasvirlash
3. Mahsuliy tizimlarni modulli tasvirlash

«Produksiy (Mahsulot))» termini va mahsuliy tizimlar Post tomonida 1943 ylda taklif etilgan bo’lib, hisoblash jarayonlarini tashkillashtirish modeli sifatida qaralgan [1,2]. Bunda mahsulot qoidasi ba’zi so’zda literning bir zanjirini boshqa zanjir bilan almashtiradigan operator sifatida talab qilingan. Postning tushunishi bo’yicha mahsulot sifatida hozirgi vaqtda yadro deb ataladigan qism qatnashgan. «Agar A, u holda B» yozuv ba’zi kiritilgan so’zda A zanjirni B zanjir bilan almashtiruvchi operator sifatida qaralgan. Mahsulot g’oyasi sun’iy intellekt tizimlarida qo’llaniladigan mantiqiy dasturlash tillarida foydalaniladi. Bunday dasturlash tillaridan biri Prolog hisoblanadi. Mahsuliy yondashuv 1990-yillarda dasturlashning yangi etapini boshlab berdi.
A.Nyuell va G.Saymonlar tomonidan uzoq vaqtlar davomida inson xotirasida yig’ilgan bilimlarning elementlari mahsulot qoidasiga mos kelishi aniqlandi. Inson xotirasidagi bunday elementlar vaziyatga qarab mos ravishda faollashadi.

Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi.


BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI
• Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari
• Freymli modellar
Semantik modellar
Mahsuliy (produksion) qoidalarining modellari.
Deklarativ bilimlar — bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi.
Protsedurali bilimlar — dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida ishlatiladi.
Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi.
Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 xil bo'ladi ;
1. To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish.
2. Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish.
3. Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar .
Ikkinchi modellarni kodlash, DASTUR qanday qilib bunday natijaga kelganligini tushuntirib, ancha soddalashtiradi va har bir qadamda qanday holat yuzaga kelganligini ko'rsatib berishga imkon beradi.
Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi.
Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi.

Download 33.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling