Kishilik jamiyatnining rivojlanishi asosida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish yotadi


Download 20 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi20 Kb.
#110074
Bog'liq
Kishilik jamiya


Kishilik jamiyatnining rivojlanishi asosida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish yotadi.

Ishlab chiqarishning bosh maqsadi – odamlarni ularning talablarini qondiruvchi tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashdir. Shuning uchun ishlab chiqarish o‘z ichiga odamlar haqini to‘lashga tayyor bo‘lgan hamma tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatishni oladi. Ishlab chiqarishda eng muhimi – bu bir soat yoki bir kun ichida ishlab chiqarilgan tovarlarning miqdorlaridir.

Ishlab chiqarishning qandaydir omilidan foydalanib, ma’lum bir vaqt bo‘lagi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmini o‘lchash bu omilning unumdorligini baholashning usullaridan biridir.

Unumdorlik – bu tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni samaradorligini ko‘rsatkichidir.

Misol:

A va B nomli ikki ishchi bir joyda, bitta uskunada bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradilar deb faraz qilaylik. 40 soatlik ish haftasida A nomli ishchi 400 ta mahsulot ishlab chiqaradi.



B nomli ishchi esa 40 soatlik ish haftasida 600 mahsulot ishlab chiqaradi.

A nomli ishchining unumdorligi = 400 mahsulot/40 soat = soatiga 10 ta mahsulot.

B nomli ishchining unumdorligi = 600 mahsulot/40 soat = soatiga 15 ta mahsulot.

Bu oddiy misol unumdorlikni aniqlash uchun ikkita o‘lchov (kattalik): mahsulot hajmi va harakat kerakligini ko‘rsatib turibdi.

Shuning uchun unumdorlik - mahsulot hajmi-xarajatlar mehnat unumdorligi ishchining bir soat ichida ishlab chiqargan mahsulotining hajmi bilan o‘lchanadi.

Ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq

Ikki firma bir xil poyabzal chiqarayapti deb faraz qilaylik. Ularning bir haftalik mahsuloti:

X firmasida – 10000 juft poyabzal;

Y firmasida – 50000 juft poyabzalni tashkil etadi.

Bunga ko‘ra Y firmasi X firmasiga qaraganda 5 marta ko‘p mahsulot ishlab chiqaradi deyish mumkin. Ammo, bu ushbu firmalarning ishlashlarining samaradorligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Agar X firmaning mehnat va kapital sarfi Y firmasidagiga qaraganda, 5 marta kam bo‘ladi.

Ishlab chiqarishning asosiy turlari

Tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli xildagi ko‘pchilik tarmoqlar uchta katta guruhga bo‘linadilar:

Birlamchi guruh deb ishlab chiqarish jarayonning birinchi bosqichini ta’minlovi tarmoqlarga aytiladi. Ular ham materiallarni qazib olish, topish, yetishtirish yo‘li bilan ishlab chiqaradilar. Bu qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, o‘rmonchilik, baliqchilikdir.

Ikkilamchi tarmoqlar – ishlab chiqarish jarayonining ikkinchi bosqichini ta’minlovchi ishlov beruvchi tarmoqlardir. Ular xom-ashyoni tayyor mahsulot yoki yarim fabrikatga aylantiradilar.

Uchlamchi tarmoqlar – bu tarmoqlar birlamchi va ikkilamchi tarmoqlarning korxonalariga, shuningdek, bevosita iste’molchilarga turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bular banklar, sug‘urta kompaniyalarining xizmatlari transport, savdo va hokazo xizmatlaridir.

Iqtisodiyot va ekologiya

Mana bir necha asrlar davomida, insoniyat tabiatining hayotiga aralashib, undan foydalanib keladi. Xo‘jalik yuritishining atrof-muhit ta’siri tabiiy resurslardan noratsional foydalanishda, ishlab chiqarish chiqindilari va axlatlar bilan havoni, suvni, yerni ifloslantirishda va boshqa ko‘pgina salbiy holatlarning yuzaga kelishida o‘z aksini topgan.

Bu masalalar bilan iqtisodiyotdagi alohida yo‘nalish «tabiiy resurslar va atrof-muhit iqtisodiyoti» shug‘ullanadi.

Atrof-muhitni bulg‘ovchi iqtisodiy sabablar quyidagilardir:

 Aholi sonining ekologik muhitga bosimida ifodalanuvchi aholi zichligi.



 Daromadlarning o‘sishi. Iqtisodiy o‘sish har bir odamning doimiy o‘sib boruvchi hajmlarida resurslarni iste’mol qilishi va chiqindilar chiqarishni bildiradi.

 Texnologiya. Texnologik o‘zgarishlar atrof-muhitning ifloslanishining yana
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling