Fizik xossalari. O'rta tuzlarning hammasi qattiq, kristall tuzilishidagi moddalar. Ayrim tuzlar suvda yaxshi eriydi. Masalan, Ba(NO3) 2 CuSO4 va hokazo.
Ayrim tuzlar suvda yomon eriydi. Masalan, BaSO4, SrCO3 va hokazo.
Kimyoviy xossalari. 1. Tuzlami metallar bilan o'zaro ta'siri. Suvda yaxshi eriydigan tuzlar eritmasi metallar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va erkin holdagi metalini hosil qiladi. Bunday reaksiyalarda kimyoviy aktiv metall aktivligi pastroq metalini birikmasidan siqib chiqaradi:
CuS04+Fe=FeS04+Cu;
Pb(N03) 2+Zn=Zn(NO3) 2+Pb
2. Tuzlami ishqorlar bilan o'zaro ta'siri:
CuS04+2NaOH=Cu(OH) 2+Na2SO4 FeCl2+2KOH= ↓Fe(OH) 2+2KCl
3. Tuzlami kislotalar bilan o'zaro ta'siri:
NaCl+H2S04=Na2S04+2HCl↑
4. Tuzlar o'zaro almashinish reaksiyasiga kirishadi:
Agar ularga e'tibor berilsa reaksiya mahsulotlaridan biri gaz yoki qattiq modda (cho'kma)dan iborat. Agar reaksiya natijasida suvda yaxshi eriydigan tuzlar hosil bo'lsa reaksiya oxirigacha bormaydi. Masalan,
2NaCl+MgS04=MgCl2+Na2S04
Hamma tuzlar eritmada teng miqdorlarda bir-biri bilan aralash-magan holda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |