Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va portlovchi moddalar bilan ishlash
Download 22.2 Kb.
|
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va po
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYADA ISHLASHDA RIOYA QILINADIGAN XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA BAXTSIZ HODISALAR RUY BERGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
- Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari
REJA Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va portlovchi moddalar bilan ishlash. Brom va simob metalli bilan ishlash. Kuyganda va zaharlangana ko’rsatiladigan birinchi yordam. 2 Analitik kimyo laboratoriyasida ishlayotgan har bir talaba quyidagi qoidalarga qat'iy rioya qilishi kerak: Laboratoriyadagi har bir ishlovchiga alohida ish joyi tayinlanadi, uni keraksiz narsalar bilan to’ldirib tashlash, stolga papka, kitoblar va boshqa ortiqcha narsalar qo'yish mumkin emas. Ish joyida tartib va tozalikni saqlash kerak. Har bir laboratoriya ishini boshlashdan oldin unga taalluqli nazariy materiallarni o'rganish kerak, hamda yo'riqnoma bilan chuqur tanishib, noaniq savollarni hal qilgandan so'ng tajribani boshlash kerak. Har bir laboratoriyada ish alohida bajariladi. Elektr quvvati, gaz, suv, reaktivlar tejamkorlik bilan ishlatilishi lozim. Tajribalar uchun eng kam miqdorda modda oling. Ishlatilmay qolgan yoki ortiqcha olingan reaktivlarni qayta idishga solish mumkin emas. Kam uchraydigan qimmatbaho va zaharli modda qoldiqlarini laborantda saqlanadigan maxsus idishga solish lozim. Ishlatilgandan so'ng barcha reaktiv va eritmalar saqlanadigan idish qopqog'ini yopib qo'ying, shu bilan birga qopqoqlarni almashtirib yubormang. Umumiy ishlatiladigan reaktivlarni o'z ish joyiga olib ketish man qilinadi. Reaktivlarni idishi bilan kitob va daftarlar ustiga qo'yish mumkin emas. Analitik kimyo laboratoriyasida xalat kiyib ishlanadi, u erda ovqat eyish, chekish, baland ovozda gaplashish qat'iyan man qilinadi. Ishni tugatgandan so'ng foydalanilgan idishlarni yuvib qo'yish, ish joyini tozalash, gaz, suv, elektr asboblarini o'chirib qo'yish kerak. LABORATORIYADA ISHLASHDA RIOYA QILINADIGAN XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA BAXTSIZ HODISALAR RUY BERGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH Analitik kimyo laboratoriyasida ishlashda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur, chunki organik va noorganik moddalar oz yoki kop darajada zag’arlidir. Bundan tashqari, ularning ko’pi tez o’t oladigan va portlovchandir. Kimyo laboratoriyasida ishlaydigan har bir kishi ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi kerak. qanday tajriba bajarilishidan qat'iy nazar, albatta bajarilishi kerak bo’lgan bir g’ancha umumiy qoidalar mavjuddir. Laboratoriyada hech kim yo’qligida ishlash yaramaydi, chunki baxtsiz hodisa ro’y bersa jabrlanuvchiga yordam beradigan va uning oqibatlarini bartaraf qiladigan kimsa bo’lmaydi. 3 Laboratoriyada ishlash vaqtida osoyishtalik, ozodalik, tartib saqlab, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak, chunki ishlash vaqtidagi tartibsizlik, shoshma-shosharlik oqibatida og’ir baxtsizliklar ro’y berishi mumkin. Rahbarning ruxsati bilangina ishga kirishish mumkin. Ishning xavfli va ayni kerakli qismini rahbarning nazorati ostida bajarish kerak. Eksperimentni boshlashdan oldin ishlatiladigan va analiz qilinadigan hamma moddalarning xossalarini bilib olish kerak. Shuningdek, ishning rejasi, uni bajarish texnikasi va asboblarning sxemasini o’qituvchi bilan fikrlashib olish lozim. Laboratoriyada ishlovchi har bir kishi o’t o’chirish uchun kerakli vositalar: elangan qum solingan yashik (kurakcha bilan), asbest yoki qalin jun odeyal, to’ldirib qo’yilgan o’t o’chirish asboblari, birinchi yordam ko’rsatish uchun hamma narsalari mavjud aptechka, gazniqob yoki respiratorlar qaerda turishini bilishi kerak. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qat'iy man etiladi. Kimyoviy moddalarning mazasini totib ko’rish mumkin emas. Har qanday eritmani pipetka yordamida og’iz bilan so’rib olish man etiladi. Moddaning hidini aniqlash uchun idishga engashmasdan, chuqur nafas olmasdan hidlanadi. Buning uchun ehtiyotlik bilan moddaning bug’i yoki gaz idish og’zidan burun tomonga qo’l bilan elpiladi va bir oz hidlanadi. Ayrim tajribalarni o’tkazishda himoya maska kiyish yoki ko’zoynak taqish kerak. 9.Ishlab turgan asboblarni nazoratsiz qoldirish man etiladi. 10.Ish tugagach gaz, suv va elektr asboblarini o’chirish shart. Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari Mineral (xlorid, nitrat, sulfat, ftorid) kislotalar, shuningdek, kuchli organik kislotalar (poli- va monogaloid kar-bon kislotalar) teriga va shiliq pardalarga tegsa kimyoviy kuydiradi. Agar ko’zga kislota sachrasa ko’z qorachig’i zararlanib, kishi ko’r bo’lishi mumkin. Uyuvchi ishqorlar va ularning eritmasi, shuningdek, metall alkogolyatlari ham teri va shiliq pardaga tegsa kimyoviy kuydiradi. Ko’zga ishqor sachrasa kishi ko’r bo’ladi. Shuning uchun kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalarini esda saqlash kerak. Ishqor va kislotalar bilan qilinadigan hamma ishlar himoya ko’zoynagi taqib bajariladi. Kislota va ishqorlarni katta idishlardan kichik idishlarga sifon yoki voronka orqali quyishda rezina qo’lqop, fartuk va himoya ko’zoynagidan foydalanish kerak. Qislota va ishqorlarni og’iz bilan pipetka yoki sifon orqali so’rib olish man etiladi. Sulfat kislotani faqat issiqqa chidamli idishlarda suyultirish mumkin, chunki bunda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Bunda kislota suvga quyiladi, lekin aksincha emas. Bu ishni bajarishda himoya ko’zoynagi taqib, olish kerak. 4 Ishqorlarni eritishda ham ko’zoynak taqish kerak. Bunda ishqorning kichikroq bo’laklari asta-sekin suvga solib eritiladi. Ishqor bo’lakchalarini faqat qisqich bilan olish mumkin. Vakuum-eksikatorlarda suvni tortib oluvchi modda sifatida sulfat kislota ishlatish mumkin emas, chunki eksikator yorilib ketsa, kislota sachrab kuydiradi. Ftorid kislota bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo’lish kerak. Rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi yoki maska kiyish va ishni mo’rili shkafda bajarish lozim. Juda xavfli va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari Juda xavfli moddalar (natriy va kaliy metallari, porltlovchi moddalar, portlovchi aralashmalar) bilan olib boriladigan hamma ishlarda, past bosim ostida va yuqori bosim ostida ishlashda, albatta, himoya ko’zoynagi taqish yoki maska kiyish kerak. Ish tugagandan keyingina ularni echish lozim. Download 22.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling