Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va portlovchi moddalar bilan ishlash
O’tga xavfli va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari
Download 22.2 Kb.
|
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va po
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brom bilan ishlash
- Simob metali bilan ishlash
O’tga xavfli va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari Laboratoriyada ishlatiladigan reaktivlarning ko’pi reaktsiya natijasida hosil bo’ladigan oraliq mahsulotlar hamda reaktsiyaning bug’, gaz, qattiq va suyuq holatdagi mahsulotlari tez alangalanuvchan va yonuvchan moddalardir. Ba'zi moddalar portlovchan, ba'zilari esa havo bilan aralashganda portlovchi aralashmalar hosil qiladi.
Efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol va boshqa oson alangalanadigan moddalarni gorelka alangasida, elektr plitkalarda, ochiq idishda bug’latish va qizdirish mumkin emas. Oson alangalanadigan suyuqliklar suvli sovitgich ulangan kolbada oldindan isitib qo’yilgan suv hammomi bilan isituvchi asboblardan uzoqda isitiladi. Oson alangalanuvchan moddalar (efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol, spirt) suvli sovitgichli asbobda haydash protsessi borayotgan joydan uzoqda isitib keltirilgan suv xammomi yordamida haydaladi. Oson alangalanuvchan moddalar solingan asboblarni bir-biridan ajratishdan oldin ular yaqinidagi gorelkalarni o’chirish kerak. Oson alangalanuvchan moddalarni kanalizatsiyaga, axlat solinadigan chelak va yashikka to’kmaslik kerak. Ularga tasodifan chaqilgan gugurt cho’pi tashlansa, yong’in chiqishi mumkin. Oson alangalanuvchan moddalarni oxirigacha haydamaslik kerak, chunki ko’p moddalar (dietil efir, dioksan) portlovchi peroksidlar hosil qiladi. Ular qizdirilganda va havo ta'sirida portlaydi. Efir bug’i havodan og’irroq bo’ladi va pastga tomon tushadi. Shuning uchun sovitgich yaxshi ishlamaganda yoki efir qattiq qaynab ketganda efir bug’lari ko’p miqdorda chiqib atrofga tarqaladi. Shu vaqtda atrofda ochiq gaz alangasi bo’lsa yong’in chiqishi va portlashi mumkin. 5 Natriy metalining ustidagi efir va alangalanuvchan moddalarni haydash uchun kolba suv hammomida emas, qum hammomida qizdiriladi. Organik erituvchi (dioksan, efir) larni ishlatishdan oldin ular tarkibida peroksidlar bor- yo’qligini tekshirib ko’rish kerak. Vodorod bilan ishlashda shuni esda tutish lozim, vodorod havo bilan aralashganda portlaydi. Shuning uchun quyidagilarga amal qilish kerak: vodorod bilan ishlashda asbobning germetikligini tekshirib ko’rish kerak; asbobning ichidagi havo vodorod oqimi bilan siqib chiqarilgandan keyin vodorodning tozaligini tekshirib ko’rish kerak. Probirkaga yig’ib olingan vodorod toza bo’lsa, yoqib ko’rilganda ovozsiz yonadi; vodorodning tozaligi aniq bo’lgandan keyingina vodorod to’ldirilgan asbobni qizdirish mumkin; tajriba tugagach, qizdirish to’xtatiladi va asbob vodorod oqimida sovitiladi. Brom bilan ishlash Brom faqat qalin devorli, silliqlangan shisha qopqoqli shisha idishlarda saqlanadi. Shisha idishlar mo’rili shkafda qumli metall yashikda saqlanishi kerak. Teriga brom tegsa qiyin tuzaladigan yara hosil qiladi, shiliq pardalarga ta'sir etadi. Bromli barcha ishlar, albatta, rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi taqib yoki maska kiyilib, yarmigacha berkitilgan mo’rili shkafda bajariladi. Bromli shisha idishlar qum hammomi yoki chinni idishlarda tashiladi. Tomchi voronkasi yordamida brom qo’shish bilan bajariladigan ishlarda oldin voronka jo’mragining germetikligini efir yordamida tekshirib ko’rish lozim. So’ngra jo’mrakka surtilgan moyni artib, o’rniga fosfat kislota surtiladi. Jo’mrak favqulodda, voronka korpusidan chiqib ketmasligi uchun uning turtib chiqib turgan uchiga rezina kiygiziladi yoki jo’mrak bog’lab qo’yiladi. Tomchi voronkasiga birdaniga 10 ml dan kamroq brom quyiladi. Simob metali bilan ishlash Simob solingan hamma asbob va apparatlar maxsus idishga joylashtirilishi kerak. Simobni ochiq idishlarda saqlash man etiladi. Simobni kanalizatsiyaga, chiqindilar tashlanadigan chelakka va hokazolarga tashlash mumkin emas. Chiqindi simobning hammasini yig’ib, og’zi tiqin bilan berkitiladigan qalin devorli maxsus idishga solinadi. To’kilgan simob amalgamalangan mis plastinka yordamida yig’ib olinadi, qolganlariga esa temir xlorid (III) eritmasi quyib, ikki sutka qoldiriladi. 6 Download 22.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling