Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va portlovchi moddalar bilan ishlash


Past bosim ostida ishlash qoidalari


Download 22.2 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi22.2 Kb.
#237074
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari. O’tga havfli va po

Past bosim ostida ishlash qoidalari

  1. Har qanday ishni shisha asboblar bilan vakuum ostida bajarayotganda maska yoki himoya ko’zoynagi taqish shart. Vakuumda haydashda vakuum-eksikatordan havo chiqarilayotggnda ham bunga amal qilish kerak.

  2. Vakuumda haydash tugagandan so’ng asbob sovitilib, atmosferaga ulanmaguncha himoya ko’zoynagini echmaslik kerak. Uni faqat uch-to’rt minutdan so’ng (bosim tenglashgach) echish mumkin.

Kuyganda va zaharlanganda ko’rsatiladigan birinchi yordam

  1. Issiqlik ta'sirida kuyganda darhol kaliy premanganat eritmasi, etil spirt yoki taninning spirtdagi eritmasiga latta yoki paxtani botirib, kuygan joyga bosish kerak.

  2. Kislota to’kilib kuygan joyni tezlik bilan suv oqimida yuvib, keyin natriy gidrokarbonatning 3% li eritmasi bilan artiladi.

  3. Uyuvchi ishqorlar to’kilib kuygan joy suv oqimida yuvilib, so’ngra suyultirilgan sirka kislota bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi.

  4. Ko’zga kislota yoki ishqor sachraganda ko’zni 3—5 minut davomida (qiyin bo’lsa ham) ko’p suv bilan yuvish kerak. Keyin, kislotali reagent sachragan bo’lsa gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo’lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi. Shundan so’ng, albatta, vrachga murojaat qilish kerak.

  5. Fenol ta'sirida kuyganda zararlangan joyni spirt bilan artish kerak.

  6. Brom ta'sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib, ochiq havoga chiqish kerak.

  7. Agar suvda erimaydigan organik modda teriga to’kilib kuydirsa, kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi.

  8. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatyalgandan keyin uni medpunktga olib boriladi.


Download 22.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling