Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Download 239.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi239.43 Kb.
#1625404
1   2   3   4   5   6
Hosilaviy kattalik deb, tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali 
ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, 
quvvat va boshqalar.
Kattalikning o‘lchamliligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan 
bog ‘liqligini ko ‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan 
ifodaga aytiladi.
Kattalikning sonli qiymatini, odatda, o ‘lchash amali bilangina topish mumkin, 
ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi 
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o 
‘lchanadigan kattalik fizik tajriba yordamida, xuddi shu turdagi birlik sifatida qabul 
qilingan miqdori bilan o ‘zaro solishtiriladi.
O‘lchash jarayonida o ‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi 
kattalik va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan 
kattalik) shunday yordamchi kattalikki, u yordamida asosiy izlanuvchi kattalik 


aniqlanadi yoki shunday qurilmaki, u yordamida o ‘lchanadigan kattalik 
solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o 
‘lchash, o ‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida axborot qabul qilish, o‘zgartirish 
demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish 
uchun qulay shaklda aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - solishtirish tajribani o ‘tkazish jarayonidir (solishtirish 
qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli — fizik tajribaning aniq ma’lum struktura, o ‘lchash vositalari va 
tajriba o ‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi 
usulidir.

Download 239.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling