Kitob-jonsiz do`stdir
Download 19.24 Kb.
|
Kitob- jonsiz do`tdir
“Kitob-jonsiz do`stdir” Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir. Kitob mutolaasi yoshlikni sug`oradi, qarilikni quvontiradi, baxtni bezaydi, baxtsizlikda tasalli beradi, panoh bo`ladi, uyda zerikishdan asraydi, uydan tashqarida xalal bermaydi. Inson qo`lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g`aroyibi shubhasiz, kitob sanaladi. Kitoblar- xotiralar va tasavvurlarning davomidir. Shu bois so'nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ'iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ'ib qilish, ularning bo'sh vaqtlaridan samarali foydalanish, madaniyat va san'at, sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik va kitob mutolaasiga samarali jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqoridagi fikrlarimiz tasdig'i sanaladi. Bu borada ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ijodiy madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchilar tomonidan bir qator tadbirlar o`tkazilmoqda Jimladan bugun 31-mart kuni Namangan tuman xalq ta'limi bo`limiga qarashli 40-sonli boshlang`ich maktabda kitob haftaligi doirasida "Kitob-qalbni yoritar" nomli tadbir o`tkazildi. Tadbirda 4-sinf o`quvchilari kitob va uning afzalliklari, foydasi haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdilar. Tadbir qatnashchilariga kitobxonlik haqida tavsiyalar berdilar. Ijro etilgan qo`shiq , she'r va raqslar tadbir mavzusiiga mosligi va qiziqarli tarzda namoyish etilganligi uchun tadbir ishtirokchilariga manzur bo`ldi. Download 19.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling