Kitob mening do‘stimsan!


Download 22.17 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi22.17 Kb.
#148332
Bog'liq
kitob mening dostimsan mavzusida dar (1)


Kitob mening do‘stimsan!

1-BOSHLOVCHI: — Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Har ishda chaqqon kichkintoylar, aziz kitobxonlar.

2-BOSHLOVCHI: — Mana bugun biz “Kitobxonlar bayrami”ga bag‘ishlab “Kitob mening do‘stimsan” tadbirini uyushtirdik. Bugungi davramizni ochiq deb e’lon qilamiz.

1-BOSHLOVCHI: — Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.

2-BOSHLOVCHI: — U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo‘lgan odam o‘z umrini chiroyli o‘tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi.

1-BOSHLOVCHI: — Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlari, yaratgan kashfiyotlari uchun kitobdan minnatdor bo‘ladilar.

1-BOLA: — Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q, undan ortiq g‘amxo‘r yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo‘q.

Abdurahmon Jomiy.

2-BOLA: — Go‘zal, dono xatti-harakatdan tug‘iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdormiz.



Emerson.

3-BOLA: — Taraqqiyotning umumiy ko‘lami­da har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘gitlari, kitoblarning soni bilan belgilanadi.



Labule.

4-BOLA: — Kitobsiz uy — jonsiz toshday gap.



Siseron.

5-BOLA: — Kitoblar xazinasi, umuman olganda, hayotning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusidir.



Rubakin.

Qo‘shiq. Kitob mening do‘stimsan.

Yosh o‘ynoqi ko‘zlarim,


Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so‘zlarim,
Baxtim kular kitobdan.

Shuning uchun deymanki,


Kitob mening do‘stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.

Har yaxshilik, har yomon,


Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.

Barcha bilmas qahramon,


El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o‘qish bir odat.

Shuning uchun deymanki,


Kitob mening do‘stimsan.

1-BOSHLOVCHI: — Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg‘otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi. Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo‘llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o‘rgatadi.

2-BOSHLOVCHI: — Kitob zehnlarni charx­lab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.

1-BOSHLOVCHI: — Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg‘izligingda hamroh, g‘amginligingda tabib bo‘ladi.

2-BOSHLOVCHI: — Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo‘lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat bot­qoqiga g‘arq bo‘ladi.

Kitob” rivoyati asosida sahna ko‘rinish.


O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kun u vazirlarini chaqirib ularga: “Dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?”, — deb savol beribdi. Vazirlar saroy a’yonlaridan so‘ra­shibdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi. Birovi dunyoda eng zo‘ri qilich desa, ikkinchisi non debdi. Hamma o‘z bilganini aytibdi. Bu xabarni vazirlar podshoga yetkazishibdi. Shunda podsho ularning bu javobi noto‘g‘ri ekanligini aytibdi.
Shunda vazirlar: – Podshohi olam bizga muh­lat bering, — deyishibdi.
Podsho: – Sizlarga uch kun muhlat beraman, — debdi darg‘azab bo‘lib.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Undan vazirlardan birining xabari bor ekan.Vazir podshoning savollariga shu donishmand javob bera olishini bilibdi va uni izlab topibdi. Vazir unga podshoning savollarini aytibdi.
Donishmand hech ikkilanmay dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluv­chi narsa bu – kitob, – deb javob beribdi. Do­nish­mandning javobi podshoga ham ma’qul tu­shibdi.

1-BOSHLOVCHI:


— Kitob do‘sting bo‘lsin, undan bilmaganing bilib ol,
Dunyo ko‘rib olim bo‘lay desang faqat bilim ol.

2-BOSHLOVCHI:


— Kitob quyosh bo‘lsa, maktab bir jahon,
Unda kamol topar haqiqiy inson.

1-BOSHLOVCHI: — Qadimda ota-bobola­ri­miz kitobni qo‘llariga olgach, uni avval o‘pib, keyin ko‘z­lariga surtganlar. Uning bir varag‘ini ham yirtmaganlar. Har xil joylarga tashlamaganlar. Kitobni muqaddas deb bilganlar.

2-BOSHLOVCHI: — Kitob uni ko‘p o‘qigan odamga omad, quvonch olib kelishi, shub­hasiz. Odamlarning yaxshi kunlarida kitobning hissasi bor.

She’r. Kitob deydi


Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.

1-BOSHLOVCHI: — Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.

1-BOLA: — Kitoblar aql farzandlari.

J. Svift.

2-BOLA: — Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur, quvvat.

3-BOLA: — Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘st­dir.

B. Gyugo.

4-BOLA: — Biror yaxshi kitobni o‘qib o‘z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!



B. Gyugo.

5-BOLA:— Goho odam kitobni o‘qib tugatganda mutlaqo o‘zgarib qoladi. Eng mag‘rur aql egalari-yu, o‘ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo‘yin egadilar.

B. Gyugo.

6-BOLA: — Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim.

7-BOLA: — Kitob yolg‘izlikka do‘st, uni o‘qish bilan odam o‘zligini anglaydi.

J.Dyuamen.

8-BOLA: — Yurakka tekkan birinchi kitob-bamisoli birinchi muhabbat.U kelgusida insonning butun tuyg‘ular olamini beixtiyor o‘ziga jalb etadigan jilvagar ko‘zgudir.



J.Dyuamen.

1-BOSHLOVCHI: — Aziz bolajonlar, kitob haqida qancha gapirsak ozlik qiladi. Biz kitobning qadriga yetib, uni asrab-avaylashimiz kerak. Kitob aql chirog‘i, kitob bebaho boylik. Kitob xazina, bilim.

2-BOSHLOVCHI: — Hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Shu bilan bugungi “Kitob — mening do‘stimsan” mavzusidagi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Barchangizni kutubxonamizning faol kitobxonlari bo‘lib qolasiz, deb umid qilamiz.

Shavkat Mirziyoyev 63 yoshni qarshi oldi

Bugun, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 63 yoshni qarshi oldi.

Keyingi paytlarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi tutgan oʻrni bir necha barobar yuksaldi. Bunga mamlakatimiz Prezidentining tinimsiz sayi-harakatlari natijasida erishmoqdamiz.

Tan olish kerak, Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbarligiga kelganiga salkam to'rt yil boʻlgan boʻlsada, biz mana shu qisqa muddat ichida bir necha oʻn yillikning yutuqlarini qoʻlga kiritdik. Har bir sohada oʻsish, koʻtarilish koʻzga tashlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzbek xalqida ertangi kunga ishonchni qayta jonlantira olgan shaxs sifatida gavdalandi...

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslahatdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Sh.M.Mirziyoyev Hukumat boshligʻi sifatida keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yana-da mustahkamlashda oʻzining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi.

Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan taʼminlash ishlariga ustuvor darajada eʼtibor qaratdi. 

Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi.

Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda taʼlim, fan, sogʻliqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim oʻrin egalladi.

Oʻzini oʻzi boshqarishning noyob instituti boʻlgan mahallaning nufuzi va obroʻsini yana-da oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada eʼtibor qaratdi.

Qayd etilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi.

2016-yil 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida parlament palatalarining qoʻshma qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

19-oktyabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.

Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir oʻgʻli, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoyeva – mutaxassisligi boʻyicha muhandis-iqtisodchi.



Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qoʻshgani uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 Chop etish
Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling