Kitob o'qish eng oliy saodatdir
Download 40 Kb.
|
Kitob o‘qish –
KITOB O'QISH ENG OLIY SAODATDIR Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidadir. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi. Donishmandlardan biriga: “Inson kitob oʻqish orqali saodatga erishishi mumkinmi?”deb savol berishganda, u: “Kitob oʻqishning oʻzi saodatdir”, deya javob bergan ekan. Farzandlarimizga ana shu saodatni tilaymiz. Kitob oʻqiyotgan kishini dunyoni idrok etayotgan, qalbiga nazar tashlab oʻzligini anglayotgan, umuman aytganda, ezgulik qasrining eshigini ohista qoqayotgan odamga oʻxshatamiz. Kitobxonlik borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvar kuni "Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan" farmoyish e'lon qildi. Bu esa o'z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo'luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o'qib borish yoshlarning ongi o'sishi, tafakkuri teranlashib, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishiga imkon beradi. Yana shuni alohida e'tirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qollab quvvatlovchi muhim omil bo'ldi. "Yoshlar manaviyatini yuksaltirish,ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish" muhim dasturiamal bolmoqda. Mutolaa madaniyati kishining manbaani tolaqonli tushunishi,undan zavq olishi, muallif fikri va g'oyasini anglash hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bolishini taminlaydi. Kitob mutolaasi insonni bevosita amaliyotga kirishish, hayot bilan uyg'unlashish, manaviy foyda olishga yo'naltiradi. "Mutolaa" so'zi arabcha o'qish degan manoni anglatadi, bugungi kunda esa u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushuncha anglatadi. Siz hoh badiiy asar o'qing, hoh ilmiy asar bu siz uchun juda foydali. Badiiy asar o'qiganingizda qahramonlar taqdiri bilan tanishasiz, u bilan birga yashaysiz, kulsa kulasiz, yig'lasa yig'laysiz, o'lsa o'lasiz. Ma'lum bir muddat davomida o'sha asar ta'siridan chiqolmay yurishingiz mumkin, lekin siz duch kelishingiz mumkin bo'lgan voqealarning guvohi bo'lasiz va bundan o'zingiz xulosa olasiz. Ilmiy asar o'qisangiz o'zingizga kerakli bilimlarni egallaysiz va kerakli joyda foydanlasiz. Agar siz kimdandir hafa bo'lsangiz-u uni kechirishga qiynalsangiz yoki, kimgadir aytolmaydigan siringiz bo'lsa, nimadandir siqilsangiz albatta kitob o'qing ruhingiz yengil tortadi. Umuman kitob o'qish uchun aniq bir sabab shart emas, shunchaki kitob o'qing va undan zavq oling. Kitob bilan tanishish,mutolaa qilish, insonga o'zgacha zavq beradi.kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi,fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.Kitobning mohiyati mangudir... Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to'plab avlodlarga etkazadi. Haqiqatdan ham hech bir manbaa kitob kabi inson kamolotini yuksaltira olmaydi.Yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasi shakllansa, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatadi. Kitob bilan oshno bo'lgan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi, u har qanday vaziyatda ham hech qanday to'siqlarga uchramaydi.Kitob inson hayotida nur taratib turguchi bamisoli chiroqdir, o'sha nur tugab qolmasligi uchun biz ko'p kitob o'qimog'imiz, ruhiyatimizni ravshanlashtirmog'imiz darkor. Ko'p kitob o'qigan inson bilan suhbatlashsangiz bahri dilingiz ochiladi, ko'nglingiz ravshanlashadi. Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Bizning Angor tuman 1-son kasb- hunar maktabimizda har hafta o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida kitobxonlik tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. Tadbirda eng ko'p va sevib o'qilgan asarlarning qizg'in muhokamasi bo'lib o'tadi. O'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovida ko'pgina o'quvchilar qatnashib, o'zlari o'qigan kitoblardan olgan taassurotlarini, kitob haqidagi fikrlarini bildirishdi. Kasb-hunar maktabimizda o'tkazilgan eng ko'p o'qilgan asarlar so'rovnomasida ko'plab o'zbek adabiyotining nodir asarlari va jahon adabiyotining sara durdona asarlari nomi keltirilgan. Jumlada, Abdulla Qodiriy "O'tgan kunlar", "Mehrobdan Chayon", Cho'lponning " Kecha va Kunduz", O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar", Komil Sindarov "Temuriy xazinasining siri"asari hamda Jahon adabiyotidan Jek Londonning "Martin Iden", Lev Tolstoyning "Iqrornoma", Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari", Xolid Husayning "Ming quyosh shu'lasi" va hk. Xulosa o'rnida shu satrlarni keltirmoqchiman: Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur ham kitobdir. Abduraxmon Jomiy Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling