Kitob tumanining kelib chiqishi va tarixi


Download 427.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2023
Hajmi427.72 Kb.
#1232174
Bog'liq
Kitob tumanining kelib chiqishi va tarixi



Kitob tumanining kelib
chiqishi va tarixi



Kitob tumani -
Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman

Viloyatning shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-
dekabrda
Shahrisabz tumani
bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta
toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari,
Samarqand 
viloyati
va
Tojikiston
bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km².



Aholisi 272,1 ming kishi (2022). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob), 13 ta 
shaharcha (Alaqoʻyliq,Bektemir, Beshterak, Beshariq, Varganza, Yangiobod, 
Obikanda, Panji, Sariosiyo, Sevaz, Rusqishloq, Yakkatut), 59 mahalla bor
(2022). Markazi —
Kitob
shahri. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti
oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini
shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi.



Tabiati. Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab
choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar
tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi
viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. 
Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% bahor va qish fasllariga
toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, 
Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi.



Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, 
togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv
boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, 
olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil
qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, 
chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, 
chil, bulbul va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Aholining
oʻrtacha zichligi 1 km² ga 140 kishi. Shaharliklar 101,1 ming kishi, qishloq
aholisi 170.1 ming kishi (2022).



Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi
va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va
hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining
asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida
sugʻoriladigan yerlar 8,3 ming ga, shu jumladan, 3 ming ga yerga don ekinlari, 
qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 8.7 ming
ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi.


Paxta tozalash va vino zavodlari
faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 95 
umumiy taʼlim maktabi, 2 ta 
davlat ixtisoslashtirilga maktab
internati, 3 kasb-hunar maktabi, 
stadion va tennis kort, suzish
havzalari bor. Tuman tibbiyot
birlashmasi, 6 ta oilaviy
poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik
punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 
2.5 mingga yaqin oliy va oʻrta
maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi
(2022). 1935-yildan „Kitob tongi“ 
tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). 
Tumanda Kitob balandtogʻ
rasadxonalar majmuasi faoliyat
koʻrsatadi.


Tarixi

Kitob shahri
Oʻzbekistonning
navqiron shaharlaridan biri hisoblanadi.

KIFTIOB-yoxud ikki daryo oʻrtasidagi shahar demakdir. Kitob tumani hududini uch
tomondan baland togʻlar — Ziyovuddin, Qoʻrgʻontogʻ (Zarafshon tog' tizmasining
davomi) va Taxta Qoracha (Hisor tog' tizmasining davomi) togʻi oʻrab turadi. 
Joʻgʻrofiy joylashuvi jihatidan bu shahar shimoldan Samarqand viloyati, sharqdan
qoʻshni Tojikiston Respublikasi, janubdan Shahrisabz, gʻarbdan Chiroqchi
tumanlari bilan chegaradosh Kitob soʻzi asli tojik tilidan olingan boʻlib, «Kift» —
yelka, «ob» — suv, yaʼni yelkadan oʻtgan suv degan maʼnoni anglatadi. Kitob
shahrining ikki tomonidan ikki daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib oʻtadi. Ikki
daryo oraligʻida esa Kifti-ob — suv boshi, yaʼni Kitob shahri joylashgan. 
Aytishlaricha, «Kitob» soʻzining arabcha (sahifalar bor, oʻqish mumkin
boʻlgan)
«kitob»
soʻziga aloqasi yoʻq. Kitob shahri yozma manbalarda XVIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab uchraydi. 


Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XVIII asrning
oxiri XIX asrning ikkinchi yarmida
shaharda toʻquvchilik, boʻyoqchilik, 
gilamdoʻzlik, kashtadoʻzlik, doʻppidoʻzlik, 
zargarlik, misgarlik, temirchilik, 
koʻnchilik, mahsidoʻzlik, kovushdoʻzlik, 
kulolchilik, duradgorlik, tegirmonchilik, 
juvozkashlik kabi 30 dan ortiq hunar turi
mavjudligi va u yaxshi rivojlanganligi
qayd etilgan. Arxiv maʼlumotlariga koʻra, 
1870-yilning oxirida Kitob shahridagi 51 
ta guzarda 3700 xonadon boʻlib, unda
18500 nafar aholi yashagan. Shaharda 3 
ta madrasa, 9 ta masjid, maktablar, 12 
ta karvonsaroy, 2 ta bozor maydoni, 
yuzlab savdo doʻkonlari va rastalar
boʻlgan.


Oʻzbek-tojik tillarida sheʼrlar ijod qilgan
«Yusuf va Zulayho» dostonini yaratgan shoir
Junaydullo Islom shayx oʻgʻli Hoziq, «Chor
darvesh», «Mahfil oro», «Toʻtinomo» kabi
yirik asarlar yaratgan Mullo Qurbon Xromiy, 
«Alpomish», «Saydimxon», «Malika ayyor», 
«Avazxon», «Xilomon», «Qironxon», 
«Kuntugʻmish», «Goʻroʻgʻli», «Yusuf bilan
Ahmad» kabi xalq dostonlarini qoyilmaqom
etib kuylagan baxshi-shoir, Oʻzbekiston xalq
dostonchisi Abdulla Nurali oʻgʻli va
boshqalar shular jumlasidan. Jahon fani
taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshib
kelayotgan dunyoning beshdan bir muhim
nuqtasi — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Xalqaro
Kenglik Stantsiyasi — rasadxonasi ham Kitob
shahrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 
Mustaqillik yillarida Kitob shahri va
tumanining qiyofasi butunlay oʻzgarib, yangi
turar-joylar, maktablar, litsey va kollejlar, 
madaniyat markazlari, sport maydonlari, 
tibbiyot muassasalari qad koʻtardi.


E'tiboringiz uchun rahmat

Download 427.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling