Kitobimni qancha sevsam oz bo’lur


Download 24 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi24 Kb.
#107773
Bog'liq
Kitobimni qancha sevsam oz bo


Kitobimni qancha sevsam oz bo’lur

Kitobimni qancha sevsam oz bo’lur,

Kitob desam, ko’nglim bahor, yoz bo’lur.

Kitobimni desam agar ko’klam,yoz,

Ko’klam, yozning umri lekin undan oz.

Tezda chaman yaprog’i so’lar, qurir,

Kitob chaman bo’stonim so’lmas bo’lur.

Kitobimni Quyosh, Oy, Yulduz desam,

Kitobimdek emas ular o’ylasam.

Quddus Muhammadiy

Kitob

­­­­­­­­­­­­­­­­­­-Eng yaqin do’stim, Ayt, nima uchun



Qani, ayt-chi, kim? Xursandmiz, Uchqun

Bilsang, darrov top. –Bizga juda bop

-Bebaho kitob. Chiqibdi kitob.

Kitob keng dunyo,

So’zi nur go’yo.

Qo’ysang mehringni,

Ochar zehningni.

Qudrat Hikmat

Kitob nima desalar

Kitob nima,desalar,

Kitob-bu kon, dedilar.

Qo’shilmayman hech bunga,

O’xshamaydi u konga.

Yillar, asrlar o’tib,

Konda ma’dan tugaydi.

Gaz-u temir, ko’mir ham

Oz-ozdan tugaydi.

Kitoblar-chi, aksincha,

Oshib borar yilma-yil.

Turar dunyo turguncha



Ko’chib yurar tilma-til.

Miraziz A’zam
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling