Kitobni sev unga do`st tutin


Download 19.01 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.01 Kb.
#232926
Bog'liq
# kitobni sevaman #kitobxonlik hikoya tanloviga Samarqand viloyati


Kitobni sev unga do`st tutin

Beshikdan qabrgacha ilm izla.(Maqol)

Bahor . Shunday kunlarda bobomdan xabar olgani oyimdan ruxsat so`radim. Bobomni ko`rgani oshiqib chopqilib bordim.Sababi uni hayotiy hikoyalarini eshitishga juda qiziqardim. Har bitta eshitgan hikoyamni xayolimda unutmay yurardim . Bobomni hovlisi o`ziga xos ko`rinishda, mevali bog`larini aytmaysizmi? Har xil mevalardan bor.Erta bahor ko`ksultondan boshlab kech kuzgacha uyidan mevalar pishganini ko`rasiz. Hovlisiga ekadigan poliz ekinidan tortib sabzavotgacha hamma hammmasidan bor. Shu dehqonchilikda bobomga teng keladigani bo`lmasa kerak. Shu narsalarni oylayman-u lekin hayotiy tajribalarda ham bobomdan o`tadigani bo`lmasa kerak. Bizlarni yoshlikdan kitobga o`rgatgan ham aslida bobomdir.

Katta keng hovliga kirib kelishim bilan buvim meni qarshi oldi. Tevarak - atrofga ko`z yugurtiraman bobomi axtarib. Shu onda uni hovlini bir chetida kitob o`qib o`tirganini ko`rdimda yoniga chopqilib bordim. Quchoq ochib opichlab oldi. Bu gal ham bobomdan qiziqarli biror hayotiy hikoya eshitishga ishonardim. Shunda bobomdan so`radim.



  • Bobo nega yoshingiz shuncha katta bo`lsa ham haligacha kitob o`qiysiz?

Ko`zidagi ko`zoynagini oldida kulimsirab:

-Kitob o`qishni yoshga farqi yo`q. Men haligacha ilm olishga , o`qishga juda qiziqaman .Aytishadilar-ku “Beshikdan qabrgacha ilm izla”.

Shunda bobomdan kitob haqidagi biror hayotiy hikoya aytib berishlarini iltimos qildim. Shunda bobom ko`zlari uzoq-uzoqlarga termulib, yoshligini eslab ketdi shekilli.

Bizni davrimizda sizlarnikidagiday sharoitlar yo`q edi. Yoshligimizda hozirgiday elektr chiroqlar o`rniga sham yoki fonuslardan foydalanardik. Uzoq makatablarni birida rahmatli otam o`qituvchilik qilar edi. Otam kelishi payt bo`laversa onamiz hamma joylarni hozirlab qo`yardi. Otam shuncha yo`lga velosipedda borib kelar edi. Xoh qish xoh yoz bo`lsin.Otamni kelishi bilan biz ham jim bo`lib qolardik. Chunki onam otamni narsalariga teginma, otang hazir keladi, otangni jahlini chiqarmanglar degan shunga o`xshash gaplarni ko`p aytardi, shunga bo`lsa kerak otamni har bir gapi biz juda muhim edi . Otamni hech qachon gapini ikki qilmasdik. Otam kuni boyi sovuqotib ishdan kelsa ham kechasi kitob o`qishni kanda qilmasdi. Biz ham otamni yoniga o`tirib, hammamiz kitob o`qirdik, agar yozsa biz ham yonidan o`tirib bir narsalarni yozardik. Onamiz ham tom ma`noda savodli edi. U ham juda ko`p kitob o`qirdi. Bilmadim ota –onam bizlarni nega kitob o`qimaysan, darsingni qil deb aytmasdi. Biz oilada olti farzandmiz. Hammamizni savodimiz erta chiqqan. Maktabda a`lo baholarga o`qiganmiz. Hammamiz ham oliy ma`lumotli bo`ldik . Senga yana bir narsani aytay. Bizni yon qushnimiz bor edi . Ular bizdan anchagina o`ziga to`q edi. Oilada hamma sharoitlar bor .Lekin ota – onasi o`qimishli yoki kitobga oshno emas edi. Farzandlari uchun ya`ni ularni o`qishi uchun hamma narsaga tayyor. Eng qimmat baho kitoblarni olib berardi. Men o`zim ham ularnikidan kitob olib kelib o`qirdim. Shunisi qiziq ediki, qushnimiz farzandlari u kitoblarni hech o`qib chiqmagan. Yillar o`tib biz oilada hammamiz o`qimishli, oliy ma`lumotli bo`ldik. Kitob o`qishda farzandlarga ota – ona o`zi namuna bo`lishi kerak. Men o`z tajribamdan kelib chiqib aytmoqchimanki, farzandlar eshitganigan ko`ra ko`rganiga ko`p amal qilar ekan. Mana seni ham ham kitobga oshno bo`lishingni boisi ham shunda deb o`ylayman.



Qiziq bobomni shu gaplaridan boshqacha bo`lib ketdim. Ota –onam ham xuddi shunday kitoblar o`qishadi. Balki bu an`ana bizda ham davom ettayotganday bo`ldi. Shu xayollar ichida uyga qanday qilib kelib qoldanimni ham bilmay qoldim. Bobomni bu galdagi hayotiy hikoyasi ham qalbimda muhrlanib qoldi.
Download 19.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling