Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling
Download 471.48 Kb. Pdf ko'rish
|
adam1
Agar umrimni yangitdan yashash nasib bo'lganda edi, ko'p xatolarni takrorlamaslikka
harakat qilar- dim. Uncha risoladagiday bo'lmasdim. O'zimni erkinroq qo'yardim. Egiluvchan bo'lardim. Awal yashagan hayotimga nisbatan o'zimni ahmoqroq tutardim. Aslida endi menga jiddiy munosabatda bo'lishim zarui bo'lgan juda kam narsalar ma'lumdir. Ozroq beaql bo'lardim. Kamroq darajada hushyor fikrlovchi bo'lardim. Ko'proq imkoniyatlardan foydalanardim. Ko'proq sayohatda yurardim, tog'larga tirmashib chiqardim, ko'proq daryolardan suzib o'tardim va borish nasib etmagan ko'p joylarga borib kelardim. Ko'proq morojenoye va kamroq loviya yerdim. Aniq muammolarim ko'p, lekin xayoliylari kamroq bo'lardi. Bilasizmi, soatma-soat, kunma-kun ehtiyotkorlik, aqllilik va sog'lom fikrlash tushunchalari bilan yashayotganlardan biri bo'lardim. O, xudoyim, qancha lahzalarim bor edi-ya, agar bulaming barchasini takrorlashning iloji bo'lganda edi, ular lahzama-lahza ancha ko'p bo'lardi. Men ko'chaga hech qachon plashsiz, gra- dusniksiz, issiq suvli idishsiz, tomoqni chayish uchun piyolasiz va shamsiyasiz chiqmaydiganlardan biri edim. Lekin agar bularni yana takrorlay olganimda edi, men osonlikcha sayohat qilardim. Agar bularni yana takrorlay olganimda edi, erta bahordan kech kuzgacha yalangoyoq yurardim. Afg'imchoqlarda ko'proq uchardim, tonglarni ko'p- roq kutib olardim, bolalar bilan ko'proq o'ynardim — qaniydi, umrimni yangitdan boshlay olsam edi! Eng achinarlisi shundaki, bunday qilolmayman... Bu satrlarni o'qir ekan, yigitcha jilmaydi: — Siz haqsiz. Bular rostdan ham ajoyib so'zlar ekan. Undan nusxa ko'chirib olsam maylimi? — Marhamat, — deb javob berdi janob Xart. — Bulaming barchasini menga yetkazganingiz uchun sizga rahmat, — dedi yigitcha. — O'ylab ko'rishim uchun boy mavzu berdingiz. — Juda soz. Sizga yordamim tekkanidan xursandman, — dedi janob Xart. — Lekin, ketishin- gizdan awal Jorj Berns so'zlariga ko'ra baxtning siri nimadaligini bilishni istarsiz? — Albatta. — «Baxtning siri? — dedi u. — Bu juda oddiy. Yaxshi sigara, yaxshi taom va yaxshi ayol yoki uncha yaxshi bo'lmagan ayol. Hammasi siz qancha baxtni ko'tarishga layoqatli ekanligingizga bog'liq!» Eshikka yaqinlashgan yigitcha janob Xartga qayrilib qarab: — Sizning ismingizni menga bergan keksa xitoylik bilan qanday tanishganingizni aytmadingiz. Janob Xart tabassum qildi: — Rostdanmi? U o'sha mehmonxona xizmatchisi edi. Unga o'sha kuni nima qilmoqchi bo'lganimni aytib berolmadim ham. Ertasiga erta- lab mehmonxona xodimi turadigan yerga borib, unga minnatdorchilik bildirmoqchi va menga qanchalar ko'maklashganini aytmoqchi edim, lekin u haqda hech kim hech qachon eshitmagani ma'lum bo'ldi. — Demak, siz unga minnatdorchilik bildira olmabsiz-da? — so'radi yigitcha. — Yo'q. Nasib etmadi, — jilmaydi janob Xart. — Lekin u hammasini biladi, degan fikrdaman. Axir, oxir-oqibatda u sizga mening ismimni aytibdi-ku, shundaymi? Kechqurun yotishdan oldin yigitcha yozuvlarni takror o'qidi. Download 471.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling