Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari


Ko'krak vitochkasini old bo'lak bo'yin o'mizi


Download 176.21 Kb.
bet3/8
Sana29.12.2022
Hajmi176.21 Kb.
#1072014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
виточка кучириш

Ko'krak vitochkasini old bo'lak bo'yin o'mizi chizig'iga ko'chirish
Vitochka bo'yin o'mizi chizig'ining istalgan joyiga ko'chirilishi mumkin. Buning uchun old boiak bo'yin o'mizi chizig'ida nuqta belgilab olamiz. Shu nuqta bilan ko'krak vitochkasi uchi tutashtiriladi va chiziq bo'ylab qirqiladi (43-rasm, v). Ko'krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. Ko'krak vitochkani old bo'lak yoqa o'miziga ikki qismga bo'lib ko'chirsa ham bo'ladi. Bunda vitochkani ko'chirish uchun chizmaga ikkita chiziq o'tkaziladi. Vitochkani tikmay old bo'lak bo'yin o'mizi bo'ylab ochiq mayda taxlama hosil qilish ham mumkin.
Ko'krak vitochkasini yeng o'mizi chizig'iga ko'chirish
Vitochkani boshlanish nuqtasi (43-rasm, g) chizmada ko'rsatilgandek topiladi. Yeng o'mizi chizig'ida belgilangan nuqta ko'krak vitochkasi uchi bilan birlashtiriladi. Shu chiziq bo'ylab qirqiladi. Ko'krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi.
Ko'krak vitochkasini old bo'lak o'rta chizig'iga ko'chirish
Ko'chiriladigan vitochka chiziqlari belgilanadi (43-rasm, d). Birinchi chiziq ko'krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o'tadi. Ikkala chiziq ham o'rta chiziqqa perpendikulyar o'tkaziladi. Belgilangan chiziqlar bo'ylab qirqma hosil qilib, ko'krak va beldagi vitochkalar berkitiladi, yangi vitochka ochiladi. Hosil qilingan vitochkalar ko'p hollarda tikilmaydi. Yangi vitochkalarning kengligi o'rta chiziq bo'ylab burma hosil qilishga yoki mayda taxlamalar hosil qilishga ketadi.
Ko'krak vitochkasini istalgan chiziqlarga ko'chirib modellar hosil qilinadi. Lekin kiyim detallarini parallel va konussimon shakllarda kengaytirish hisobiga ham yangi model hosil qilinishi mumkin.
Detallarni parallel va konussimon kengaytirpsh
Detallarni parallel kengaytirishni buyumning butun uzunasi bo'ylab taxlamalar bo’lgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Buning uchun asos chizmasiga taxlama o'tadigan chiziqlar belgilanadi. Bu chiziqlar qirqilib, taxlama sarfiga suriladi. Agar taxlama bir tomonlama bo'lsa, ikkita taxlama miqdoriga, ro'para taxlama bo'lsa, to'rtta taxlama miqdoriga suriladi (43-rasm, a).

43-rasm. Ko'krak vitochkasini ko 'chirish yo’ llari
tallarni konussimon kengaytirishni kiyim razmerlarini o'zgartirishda ishlatilishi mumkin. Yoki burmalar bo'lsa, bunday kengaytirish usulidan foydalanish mumkin (43-rasm, b).
Detallarni murakkab usulda ham kengaytirish mumkin. Bunda detallar uzunasiga hamda ko'ndalangiga kengaytirilishi mumkin (43-rasm, v).

Download 176.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling