Klassik ehtimollik
SHARTLI EHTIMOLLIK. TO’LA EHTIMOLLIK VA BAYES
Download 51.09 Kb.
|
1652702961 (1)
SHARTLI EHTIMOLLIK. TO’LA EHTIMOLLIK VA BAYES
FORMULALARI. Tajriba ikkita o’yin toshi tashlashdan iborat. Tushgan ochkolar yig’indisi 5 ga karrali ekanligi ma’lum bo’lsa, shu ochkolar ko’paytmasi 5 ga karrali bo’lish ehtimolligi topilsin. Tehnik nazorat bo‘limi buyumlarning yaroqliligini tekshiradi. Buyumning yaroqli bo‘lish ehtimoli 0,7ga teng. Tekshirilgan ikkita buyumdan faqat bittasi yaroqli bo‘lishi ehtimolini toping. Talabaga kerakli formulani uchta ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,9; 0,85; 0,8 ga teng. Formula faqat bitta ma’lumotnomada ehtimolini toping. Talaba fan bo‘yicha 50 ta savoldan 40 tasini biladi. Talabaning o‘qituvchi taklif etgan uchta savolni bilishi ehtimolini toping. Yashikda qizil, yashil, sariq rangdagi 3 ta bir hil kubik bor. Tavakkaliga bittadan 3chala kubik olinadi. Birin ketin qizil, yashil, sariq rangli kubiklar chiqishi ehtimolini toping. Guruhda 20 ta talaba bo‘lib, ularning 8 nafari a’lochilar. 4 ta talaba dekanatga chaqirtirildi. Ularning uchtasi a’lochilar bo‘lishi ehtimolini toping. Buyumlar partiyasidan tavarshunos oily navli buyumlarni ajratmoqda. Tavakkaliga olingan buyumning oliy navli bo‘lishi ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshirilgan uchta buyumdan hammasi oliy navli bo‘lishi ehtimolini toping. Birinchi yashikda 5 ta oq va 6 ta qora shar bor. Ikkinchi yashikda 8 ta oq va 4 ta qora shar bor. Har qaysi yashikdan bittadan shar olinadi. Ikkala sharning ham oq chiqishi ehtimolini toping. Sehda 6 ta erkak va 10 ta ayol ishchi ishlaydi. Tabel tartib raqami bo‘yicha tavakkaliga 4 kishi tanlangan. Tanlanganlarning ikkitasi ayol kishilar bo‘lishi ehtimolini toping. Birinchi yashikda 4 ta oq va 4 ta qizil shar bor. Ikkinchi yashikda esa 5 ta oq va 7 ta qizil shar bor. Agar har bir yashikdan bittadan shar olinsa, hech bo‘lmaganda bitta sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping. Bitta smenada stanokning ishlamay qolishi ehtimoli 0,1 ga teng. Uchta smenada stanokning ishlab turishi ehtimolini toping. Tanga birinchi marta “gerb” tomoni bilan tushguncha tashlanadi. Tashlashlar soni 4ga teng bo‘lishi ehtimolini toping. Otilgan torpedoning kemaga kelib tushish ehtimoli 0,5 ga teng. Agar kemani cho‘ktirib yuborish uchun bitta torpedoning mo‘ljalga tegishi yetarli bo‘lsa, 4 ta torpedo kemaga otilganda uni cho‘ktirib yuborishi ehtimolini toping. Elektr zanjiriga erkli ishlaydigan 3 ta element ketma – ket ulangan. Birinchi, ikkinchi va uchinchi elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0.1, 0.05, 0.01ga teng. Zanjirda elektr tok bo‘lmasligi ehtimolini toping. Ikki sportchidan har birining mashqni muvaffaqiyatli bajarish ehtimoli 0,5 ga teng. Sportchilar mashqni navbat bilan bajaradilar. Bunda har bir sportchi o‘z kuchini ikki marta sinab ko‘radi. Mashqni birinchi bo‘lib bajargan sportchi mukofot oladi. Sportchilarning mukofot olishlari ehtimolini toping. Merganning uchta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegizishi ehtimoli 0,875 ga teng. Uning bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini toping. To‘rtta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegishi ehtimoli 0,9984 ga teng. Bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini toping. Qurilma o‘zaro erkli ishlaydigan ikkita elementni o‘z ichiga oladi. Elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0,01 ga va 0,02 ga teng. Qurilmaning buzilishi uchun kamida bitta elementning buzilishi yetarli bo‘lsa, qurilmaning buzilish ehtimolligi topilsin. Birinchi idishda 6 ta shar bo‘lib, ularning 2 tasi oq, ikkinchi idishda 8 ta shar bo‘lib, ularning 4 tasi oq. Har bir idishdan tavakkaliga bittadan shar olinib, kеyin bu ikki shardan yana bitta shar tavakkaliga olindi. Oxirgi olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping. Benzin quyish shahobchasi joylashgan shossеdan o‘tadigan yuk mashinalari sonining o‘sha shossеdan o‘tadigan yеngil mashinalar soniga nisbati 3:2 kabi. Yuk mashinasining bеnzin olish ehtimoli 0,1 ga, yеngil mashina uchun bu ehtimollik 0,2 ga tеng. Benzin quyish shahobchasi yoniga bеnzin quydirish uchun mashina kеlib to‘htadi. Uning yuk mashinasi bo‘lish ehtimolini toping. Kasalxonaga 30% A kasallik bilan, 50% B kasallik bilan, 20% C kasallik bilan bemorlar qabul qilindi. A kasallikning to‘liq davolash ehtimoli 0,7 ga, B va C kasalliklar uchun bu ehtimollik mos ravishda 0,8 va 0,9 ga tеng. Kasalxonaga qabul qilingan bеmor butunlay sog‘ayib kеtganligi ma’lum bo‘ldi. Bu bеmor A kasallik bilan kelgan bo‘lish ehtmolini toping. Elekron qurilma ketma-ket ulangan ikki qismdan iborat. Birinchi qismning ishonchliligi (berilgan T vaqt ichida to‘xtovsiz ishlash ehtimoli) 0,7 ga, ikkinchisiniki esa 0,8 ga teng. T vaqt ichida qurilma sinovdan o‘tkazildi va bu muddat ichida qurilmaning ishdan chiqqanligi aniqlandi. T vaqt ichida faqat birinchi qismi ishdan chiqqan bo’lish ehtimolligi topilsin. Do‘konda uchta turli markadagi muzlatkichlar 8:6:12 nisbati kabi mavjud bo‘lib, kun davomida ularning 20 tasi sotilgan. Agar turli markadagi muzlatkichlarning sotilishi ehtimoli teng bo‘lsa, u holda sotilmay qolgan muzlatkichlarning faqat bir xil markali ekanligi ehtimolini toping. Yo‘lovchi kerakli yo‘nalishga aviachipta sotib olish maqsadida 1-aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,3 ga, 2- aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,4 ga, 3- aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,6 ga teng. Yo‘lovchi kassaga murojaat qilgan vaqtida kerakli yo‘nalish uchun chiptaning tugagan bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,2, 0,4 va 0,1 ga teng bo‘lsa, uning chipta sotib olgan bo‘lishi ehtimolini toping. Birinchi idishda 4ta oq va 2ta qora sharlar bor, ikkinchi idishda 3ta oq va 5ta qora sharlar bor. Birinchi idishdan 2ta shar olib ikkinchi idishga solindi, keyin ikkinchi idishdan 1ta shar olindi. Ikkinchi idishdan olingan shar oq ekanligi ma’lum bo’lsa, birinchi idishdan olinib ikkinchi idishga solingan 2ta sharlar oq va qora bo’lish ehtimolligi topilsin. Konteynerda 20 ta detal bo‘lib, 2 tasi yaroqsi. Konteynerga yana 2 ta detal solindi. Keyin undan 1 ta detal olindi. Olingan detal yaroqli bo‘lish ehtimoli topilsin. Uchta o‘yin toshi tashlanmoqda. Barcha tushgan tushgan ochkolar juft ekanligi ma’lum bo‘ldi, bu ochkolar ikkiga teng bo‘lmaslik ehtimoli topilsin. To‘rtta tanga tashlanmoqda. Kamida ikkitasida “Gerb” tomon tushgani ma’lum bo‘lsa, faqat 2 tasida “gerb” tomon tushish ehtimoli topilsin. Idishda 00,01,…,99 omerli 100 ta shar bor. Shundan 100 ta shar olinnmoqda, olingan shardagi raqamlar ko‘paytmasi 0 ga tengligi ma’lum bo‘lsa, raqamlar yig‘indisi 5 ga teng bo‘lish ehtimoli topilsin. Piramidada 10 ta miltiq bo‘lib, 4 tasi optic kritsel bilan (snayper). Oddiy miltiqdan o‘q urishda nishonga tegish ehtimoli 0,7, snayperdan otganda nishonga tegish ehtimoli 0,9 ga teng. Tavakkaliga tanlangan miltiqdan o‘q uzilganda nishonga tegish ehhtimoli topilsin. Download 51.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling