Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi
A.Smit va D.Rikardo ta`limoti va hozirgi zamon
Download 113.5 Kb.
|
KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO’LA SHAKLLANISHI.
A.Smit va D.Rikardo ta`limoti va hozirgi zamon.
A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng so`nggi namoyondalari edilar, ularning g`oyalari Sey,Sismondi va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g`oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak kutarildi va jahon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xaraktеrliki, unda mantiqiy abstraktsiya uslubi yordamida iqtisodiy voqеalar imkoni boricha katta ob`еktivlik va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli maqtash bilan shug`ullanilmadi. Klassik iqtisodiyotning poydеvori qiymatning mеhnat nazariyasi asosida qurilgan. Bu ta`limot daromatlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos dеb qaralgan. Bu maktab birinchi marta o`sha davrdagi ilg`or burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini to`g`ri yoritib bеrdi, kapitalistlar, еr egalari va yollanma ishchilarning daromad manbalari ochib bеrildi (ish haqi). Daromadlar o`rtasida qarama-qarshilik yo`q dеb qaraldi. A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to`g`ri ko`rsatib bеrdi. Ular ta`limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya`ni bahoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya`ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi. Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan ob`еktiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turg`unlikni ta`minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llaniladi. "Ko`rinmas qo`l" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Kеyns tomonidan rad etiladi).Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, foyda, baho, ish haqi,rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta`rif bеrilgan. Yangi amiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bеkamu-ko`st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. A.Smitning ko‘rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o‘sishi ishchi kuchiga bo‘lgan talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an’anaviy ravishda bolalarning tug‘ilishi ko‘p bo‘ladi. Ammo ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo‘ladi va ularning ko‘pi kambag‘allikdan o‘lib ketadi. Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag‘batlantiradi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan ishchi hech qachon to‘la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to‘lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko‘p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi. Smit ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum harajatlardan ancha ortiq bo‘lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik o‘sishiga bevosita bog‘liq degan fikrda edi. U o‘z ta’limotida kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to‘laydi, ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o‘zlashtiradi degan fikrni ilgari surdi. Amalda foyda bu qo‘shimcha qiymatdir. Bunda u kapitalizm tizimida ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi. Shuningdek, pulga bo‘lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. Mamlakatda tovar muomilasi uchun pullar qanchalik talab etilsa, shuncha pul taklif etiladi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog‘oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan. Agar mamlakatda tovar kamayib ketsa, unda pullar import tovarlarini sotib olish uchun chetga chiqariladi. A.Smit merkantilistlarni pulni ko‘paytirish konsepsiyasini tanqid qilib, iqtisodiyotda pulga zarurat tovarlarga nisbatan kamroq bo‘ladi deb o‘ylaydi. Mamlakatda pul massasi qancha kam bo‘lsa, iqtisodiy yo‘qotishlar shuncha kam deb hisoblaydi. Biroq, A.Smit pulning roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi va unga zarurat, boshqa tovarlarga qaraganda, doimo kamroq bo‘ladi, deb aytadi. Uning bu xatosini izdoshlari o‘zlashtirib olib, klassik maktab nazariyasi o‘z ta’limotlarida qo‘lladilar. Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan – progress, statsionar – turg‘un va tanazzul – regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida boylik ko‘payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda ishchilarning ahvoli og‘ir, tushkunlikda esa ayanchli bo‘ladi. Boylikni ko‘paytirishga ta’sir etuvchi omillar. A.Smit bo‘yicha boylikni ko‘paytirish omillari qo‘yidagilardan iborat: David Rikadoning iqtisodiy ta’limoti Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823) Peti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o‘rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o‘qituvchisi bo‘ldi, 2 marta sherif (politsiya boshlig‘i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a’zosi bo‘ldi. Parlament minbaridan o‘zining ilg‘or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi. D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi…» asarini ko‘rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligini o‘sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to‘xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to‘g‘risida uch xat» (1809y.) hamda boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlandi. U Smitning g‘oyalarini qo‘llash bilan birga uni to‘ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi (Smitda bu manfaatlar bir edi). 18 asr oxiri va 19 asrning boshlarida Angliyada sanoat to‘ntarilishi ro‘y berdi. Oqibatda sanoat tez o‘sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko‘paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya’ni differensiatsiya yuz berdi. Ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo‘shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o‘t qo‘yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Rikardo sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga chiqdi vash ular tufayli iqtisodiy ta’limotni yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi (A.Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi). Qiymat konsepsiyasi. D.Rikardo o‘z konsepsiyasi asosida qiymat qonunini, ya’ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‘ydi. Unda u mantiqiy abstraksiya va ilmiy deduksiya usullarini keng qo‘lladi. U tovarning ikki faktori: iste’mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o‘rgandi (masalan, nonni yeyish va sotish mumkin). Foydalilik, ya’ni iste’mol qiymati almashuv qiymatining zaruriy sharti deb ta’kidladi. Tovarning qiymati uni yomon ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashga ketgan jonli mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom ashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bidlan o‘lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko‘ra, tovar qiymatini aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko‘p haq to‘lanadi), tovarni bozorga olib kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli prinsiplarga asoslangan. Renta va ish haqi nazariyalari. D.Rikardo yer rentasi miqdorini tuproq unumdorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog‘liq bo‘ladi, deb fikr yuritgan. Bu qoida keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi. Smitning fikricha ish haqi mehnat unumdorligining natijasi, renta esa – yer unumdorligining natijasidir. Rikkardo ta’limotiga ko‘qra ish haqi - mehnat sarflari natijasi, renta – kamyoblik, va yer uchuastkalarining harxilligi natijasidir. D.Rikardo ta’limotiga ko‘ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan yashash va o‘z avlodini ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalar qiymati bilan aniqlanadi. Demak, real ish haqi – doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko‘payishi mumkin. Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o‘sishini bahoga ko‘chira olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo‘lishga majbur. Bu qoida katta ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega, chunki Smit ishchilarning ish haqi oshsa, baholar ham oshadi, degan fikrda bo‘lgan (real daromad o‘zgarmaydi). Ish haqi oshganda baholar o‘zgarmaydi, kapitalistlarning foyda me’yori kamayadi. «Asr stagnatsiyasi» D.Rikardo o‘z ta’limotida qo‘yidagi xulosaga keladi: «jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi – bu esa aholining o‘sishini rag‘batlantiradi. Aholining o‘sishi yomon yer uchastkalarini ishlashga majbur etadi va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini va yer rentasining ko‘payishini keltirib chiqaradi.Shungako‘ra dadbirkorer egasi va yollanma ishchilarning ish haqini oshiradi. Bunda tadbirkorning daromadi kamayadi. Bu esa foyda noromasining pasayishiga olib keladi. Foyda normasining pasayib borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan qiziqish kamayadi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o‘z rivojlanishini to‘xtatadi. Bu «asr stagnatsiyasi»dir. D.Rikardo bu jarayonning oldini olishning qo‘yidagi yo‘llarini ko‘rsatib beradi: 1. Tug‘ilishni kamaytirish. 2. Texnika taraqqiyotini tatbiq etish; 3. Halqaro savdoni rivojlantirish, chet mamlakatlardan erkin don olib kelishni joriy etish «Qiyosli ustunlik nazariyasi» Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u qiyosli ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o‘zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan harajatlari o‘rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko‘radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo‘lishi mumkin. Qiyosiy ustunlik nazariyasiga ko‘ra mamlakatlar harajatlarni hisoga olgan holda u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak. Bunda tabiiiy va iqlimiy faktorlar ham katta rol o‘ynaydi. Mazkur siyosat «fritrederlik» bo‘lib(erkin savdo siyosati), «proteksionizm»dan qat’iy farq qiladi. Tayanch so‘z va iboralar: A.Smit, «Xalqlar boyligi», mehnat taqsimoti, «ko‘rinmas qo‘l», qiymatning mehnat nazariyasi, D.Rikardo, nisbiy afzallik tamoyili, differensial renta, ishlab chiqarishning uch asosiy omili, foydalilik, iqtisodiy leberalizm, ko‘rinmas qo‘l, asr stagnatsiyasi, renta. Xulosa XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la shakllandi, bu ingliz olimlari A.Smit va D.Rikardolar tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqеa bo`lmay, shu davrda Angliyada ob`еktiv shart-sharoitlar mavjud edi:burjua inqilobi, manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy diffеrеntsiatsiya va boshqalar. Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab bеrildi. Mеhnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta`rif bеrilgan. Yangi jamiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bеkamu-ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling