Klassiszm R. Shubertning hayoti va ijodi Motsartning hayoti va ijodi
Download 56.69 Kb.
|
R.Shubert hayotida Motsart
- Bu sahifa navigatsiya:
- KLASSISIZM KLASSISIZM
Kurs ishining maqsadi: Shubert asarlarini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish, asarlarining mazmun mohiyati hamda ijodi bilan yaqindan tanishtirish
Kurs ishi vazifalari: 1. Pedagogika va musiqaga oid adabiyotlarda Shubert asarlarini oʼrganish orqali ilmiy-nazariy maʼlumotlarni taxlil qilish. 2. Oʼquvchi yoshlarga musiqaning tarbiyaviy ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash. 3. Oʼquvchi-yoshlarga musiqa oʼrgatishning oʼziga hos xususiyatlarini tahlil etish. 4. Boʼlajak musiqa oʼqituvchilarini oʼquvchilarga maktab musiqa darslarida musiqani oʼrgatishga yoʼnaltirilgan taʼlim-tarbiyaviy ishlarning taʼsirchan shakllari, usul va vositalarini ishlab chiqish. KLASSISIZM KLASSISIZM (lot. cлассиcус — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qad. Yunon va Rim san’ati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va san’atdagi uslub, yoʻnalish. Klassitsizm tarafdorlari 17—19-a. larda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri an’analarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va e’zozlash), oʻz zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali oʻz davrlarining etik — axloqiy va siyosiy muammolarini koʻtarishta harakat qildilar. Klassitsizmda ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, Klassitsizm rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-a. Fransiyada shakllangan Klassitsizm oʻzida absolyutizm gʻoyalarini ifodalagan boʻlsa, 18-a. ga kelib Klassitsizm yangi dunyoviy ideallar, ma’rifatparvarlik gʻoyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. Klassitsizmga xos belgilar dastlab Italiya nafis san’atida (16-a. ning 2-yarmi) paydo boʻlgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va amaliy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h. k.), 17-a. ga kelib Fransiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda Klassitsizm ildamlab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-a. ga kelib umumevropa uslubiga aylandi. Klassitsizm estetikasi ratsionalizm tamoyillari asosiga qurilgan boʻlib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. Klassitsizm san’ati «oliy» (tarixiy, mifologik, diniy) va «kichik», «past» (manzara, portret, natyurmort janrlari)ga ajratildi. Klassitsizm nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan qirollik akademiyalari — rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me’morlik (1671) faoliyati muhim oʻrin egalladi. Klassitsizm tamoyillari nafis san’atda, me’morlikda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik me’morlik shaqllaridan keng koʻlamda foydalanishda yorqin namoyon boʻldi. Adabiyotda Klassitsizm adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari bilan uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu bilan adabiyot hamda san’at (ayniqsa teatr) ning oʻz zamonasining ilgʻor pozitsiyasida turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo Klassitsizmning dogmata aylangan ojiz tomonlari adabiyot taraqqiyotiga ma’lum darajada toʻsqinlik qildi. Klassitsizm hayotni izchil haqqoniyat bilan emas, balki «tozalab», ma’lum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu bilan adabiyotda izchil realizmning paydo boʻlishiga, ijodning keng va erkin rivojlanishiga sabab boʻldi. Klassitsizmda adabiy janrlar «oliy» va «past» tarzda tasniflanib, ular orasiga qat’iy chegara ham qoʻyilgan. «Oliy» janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqeahodisalar, miflar tasvirlangan va ularning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik personajlar, din peshvolari boʻlgan. Klassitsizmning «past» janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Boʻlarda urtahol insonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi koʻzda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farklar boʻlgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmagan. Klassitsizmda tragediya yetakchi janr qisoblanadi. Klassitsizmning bu «oliy» janri fransuz dramaturglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan boʻlsa, «past» janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Molyer) ham oʻzining oliy nuqtasiga kutarilgan. Klassitsizmning estetik asoslari Bualoning «She’riy san’at» (1674) dostonida bayon etilgan. Ad.: Russkaya literatura ХВИИИ v. Epoxa klassitsizma (Sb. st.), M. — L., 1964; Vipper Yu. B., Formirovaniye klassitsizma vo fransuzskoy poezii nachala 17 v., M., 1967; Renessans, Barokko, Klassitsizm. Problema stiley v zapadnoyevropeyskom iskusstve 15—17 vekov, M., 1968; Vseobshaya istoriya arxitektury v 12 tomax, t. 7, M., 1969; Rotenberg Ye. I., Zapadnoyevropeyskoye iskusstvo 17 veka, M., 1971 (Pamyatniki mirovogo iskusstva, vyp. 4, 1-ya seriya). Download 56.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling