Matnli hujjatlarni hosil qilishning yoki qo’lyozmalarni matnli ko’rinishda kiritishning eng oddiy yo’li bu klaviatura orqali qo’lda kiritish hisoblanadi. Bu kiritishning eng oddiy usuli hisoblanib, unda matnning har bir harfi klaviaturadan alohida klavishani (mos harfning) bosish orqali kiritiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlaridan foydalaniladi. Bunday matn muharrirlariga windows operatsion tizimida standart holatda mavjud Bloknot, wordPAD dasturlarini aytish mumkin. Bloknot dasturi .txt formatida, wordPAD dasturi esa .rtf formatlarida saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |