Klaviaturalar kiritish qurilmalarining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi


Tezkor va kesh xotira mikrosxemalarini qisqacha tariflab bering


Download 248.23 Kb.
bet3/4
Sana18.11.2023
Hajmi248.23 Kb.
#1785875
1   2   3   4
Bog'liq
1 savol javob

2.Tezkor va kesh xotira mikrosxemalarini qisqacha tariflab bering.
Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
EHMlarning dastlabki modellarida yuzlab yoki minglab bit sig‘imli asosiy xotira funksiyasini bajarish uchun rele, kechiktiruvchi xotira qatori yoki har xil turdagi vakuum naychalaridan foydalanilgan
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3, DDR4 kiradi:

  • DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;

  • DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;

  • DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.

Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor.
Kesh xotira bugungi kunda juda ko'p sohalarda qo'llaniladi. U siz bilan bizga ma'lumotlarimizni odatdagidan ko'ra tezroq olishimizda yordam beradi.


Protsessorlarda , tashqi va ichki xotiralarda veb sayt, veb brauzerlarda DNS tizimlarida ishlatiladi.Foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni olishi uchun uni vaqtinchalik xotira misolida indeksalab saqlash orqali qayta murojaat vaqtida ma'lumotlarni katta tezlik bilan olish imkoniki yaratadi.


Protsessorlarda siz menimcha allaqachon xususiyatlarini ko'rish vaqtida L1 , L2, L3 cache kabi punktlarga ko'zingiz tushgan.


L1 bularni ichida eng tezkori hisoblanib birinchi darajali kesh deb nomlanadi va protsessorning funksional bloklari tarkibiga kiradi, protsessor kristtalli bilan yonma yon joylashadi. Tabiiy ravishda L2 va L3 lar tezlik borasida biroz farq qiladi.


Tashqi va ichki xotiralarda ham keshlash texnologiyasi ishlatiladi. Bu bizga :
protsessor ishlash tezligi , operativ xotiraga kam kuchlanish va ma'lumotlarni o'qilishini tezlatish,
Disklar hayot faoliyatini uzaytirish,Xotira bloklariga tezkor murojaat kabi plyuslarni beradi.


Cache - so'zi inglizcha "berkitish" so'ziga to'g'ridan to'g'ri bog'lanadi. Vaqtinchalik kerakli ma'lumotlarni buferga olish uchun kerak.Bu atama IT ga 1968-yili IBM jurnali uchun yozilgan maqola orqali kirib kelgan. 1967 - yili IBM Systems Journal ga berilgan IBM System/360 seriyasiga mansub 85-modeli uchun operativ xotirani kuchaytirish mavzusida yozilgan maqoladagi "tezkor bufer" atamasini soddalashtirish uchun "Cache" ni ishlatishgan.

Download 248.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling