JavaScript da var ni qachon ishlatish kerak?
Har doim JavaScript o'zgaruvchilarini var va let yoki const bilan e'lon qiling. var kalit so'zi 1995 yildan 2015 yilgacha barcha JavaScript kodlarida qo'llaniladi. let kalit so'zi 2015 yildan boshlab JavaScript kodlarida qo'llaniladi. Agar siz eski browser ishlatsangiz u holda var kalit so'zidan foydalanishingiz zarur bo'ladi.
JavaScript Let
let Kalit so'z ES6 (2015) da kiritilgan. Let bilan e'lon qilingan foydalanuvchilarni foydalanishdan oldin e'lon qilinishi zarur hisoblanadi. o'zgaruvchilarni e'lon qilganda uni qayta e'lon qilishingiz mumkin emas. misol tariqasida quyidagiga e'tibor bering.
let x = "Uzbek Devs";
let x = 9;
// SyntaxError: 'x' has already been declared
Bunda sizga SyntaxError (Sintaksis xatolik) xatoligini ko'rishingiz mumkin va siz "x" allaqachon e'lon qilingan xabarini olasiz.
Funksiya yoki biror blok ichida o'zgaruvchini qayta let orqali e'lon qilishingiz mumkin ammo bu e'lon qilishingiz blok tarkibida tashqarida amal qilmaydi.
let x = 10;
//x 10 ga teng
{
let x = 2;
// x 2 ga teng
}
// blok tashqarida doim x 10 ga teng bo'ladi
Brauzerni qo'llab-quvvatlash
let Kalit so'z Internet Explorer 11 yoki undan oldingi versiyalarida to'liq qo'llab-quvvatlanmaydi. Quyidagi keltirilgan brauzerlar va uning versiyalaridan yuqori bo'lgan versiyalarida qo'llab quvvatlanadi.
Chrome 49
Edge 12
Firefox 44
Safari 11
Opera 36
Qayta e'lon qilish
JavaScript dasturlash tilida o'rgaruvchilarni qayta e'lon qilish imkoniyati bor bo'lib bunday imkoniyatdan foydalanish uchun siz let emas var kalit so'zidan foydalanishingiz zarur bo'ladi.
var x = 2;
// x 2 ga teng
var x = 3;
// x 3 ga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |