Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Eozinofillar (eosinophilus)


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Eozinofillar (eosinophilus)
26


Norma: 0,5-5 % (0,020-0,300 x 109/1)
Eozinofillar -  ikki-, uch qavat yadro, sitoplazmasida yirik donalar 
tutuvchi yirik xujayralar. Xujayra diametri 15 mkm ga yaqin. 
Romanovskiy usuli bilan bo‘yalganda donalari to‘q-qizil eozin rangini 
oladi yoki ochroq bo‘yaladi (go‘sht rangi). Agar preparat qaytadan 
bo‘yalsa, donalari jigarrang-qizil yoki jigarrang rangni oladi.
Oval yoki poligonal shakldagi spetsifik oksifil granulalar, 
argininga boy asosiy oqsil, hamda gidrolitik fermentlar, neytrofil 
lizosomalari kabi peroksidaza va nordon fosfataza (yuza qismida), 
esteraza, gistaminaza tutadi.
Eozinofillar asosiy vazifasini qonda emas, to‘qimalarda o‘taydi.
Eozinofillar, 
boshqa gurux 
leykotsitlari 
qatori, 
fagotsitoz 
xususiyatigi ega, oqsil tabiatli maxsulotlar dezintoksikatsiyasida va 
organizmning allergik reaksiyalarida muxim rol o ‘ynaydi.
Eozinofillar gistaminni, gistaminaza fermenti yordamida nofaol 
xolatga o‘tkazadi. Eozinofillar gistaminni bazofil va semiz xujayralardan 
ajralishini tormozlovchi maxsus omil ishlab chiqaradi.
Eozinofillarning gelmintozlarda immunitet rivojlanishiga ta'siri, bu 
xujayralarning killer (sitotoksik) effekti bilan bog‘liq, shuning uchun 
gelmintozlardagi gipereozinofiliyani organizmning ximoya reaksiyasi 
deb qarash mumkin.
Eozinofiliva - eozinofillar sonining 5-6 % dan ortishi.
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• turli xil allergik kasalliklar va sindromlarda (bronxial astma, 
krapivnitsa, gelmintozlar, qichuvchi dermatitlar, ekzema, Kvinke 
shishida);
• nevroz;
toksikoz;
• gelmintoz;
• limfogranulematoz;
• surunkali mieloleykozda (bazofiliya xam kuzatiladi);
• revmatizmda;
• ba'zi 
antibiotiklar 
va 
sulfanilamid 
preparatlar 
bilan 
davolanganda;
• sepsis, krupoz pnevmoniya va boshqa kasalliklardan tuzalish 
davrida.


Eozinopeniva -eozinofillar miqdorining kamayishi
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
o‘tkir infeksion kasalliklaming avj olish davrida;
• sepsis;
• tuberkulezning og‘ir shakllari;
• tif;
• intoksikatsiyalarda;
• pernitsioz anemiyada.
Eozinopeniyanmg leykopeniya bilan birga uchrashi yomon belgi 
xisoblanib, 
qator 
kasalliklarda 
organizm 
umumiy 
qarshiligi 
pasayganidan dalolat beradi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling