133
− eritrositlar poykilositozi -shaklining o’zgarishi;
− jolli tanalari (yadro qoldiqlari);
− kebolt halqalari (yadro membranasi);
− segment yadroli neytrofillar gipersegmentatsiyasi - segmentlarining 5 va undan
oshishi;
− retikulositlar kamayishi.
Og’ir darajadagi anemiyalarda:
− megaloblastlarning paydo bo’lishi;
−
trombositlar kamayishi, makroplastinkalar ko’payishi;
− polixromafiliya - polixromatofill bo’yalgan eritrositlar paydo bo’lishi;
− mielosit va metamielositlar paydo bo’lishi;
− megalotsitlar ko’payganda taloq sinuslarida gemoliz qo’shilishi natijasida
retikulotsitlar oshadi.
Mielogrammada'>2. Mielogrammada megaloblastik
turdagi qon yaratish, eritroid qator
giperplaziyasi kuzatiladi.
O’tkir postgemorragik anemiya
O’tkir postgemorragik anemiya qisqa vaqt ichida ko’p qon ketishi bilan
xarakterlanadi. O’tkir postgemorragik anemiya diagnostikasida ob’ektiv ko’rik va
instrumental tekshirish natijalari katta ahamiyatga ega. Bu
turdagi anemiya sitologik
diagnostikasida qon ketishdan keyin o’tgan vaqt katta ahamiyatga ega:
1. Periferik qonda:
− qon ketishdan so’ng normoxrom, normositar anemiya kuzatiladi;
− 4-5 kundan so’ng
retikulositlar soni oshadi, polixromafiliya - polixromatofil
bo’yalgan eritrotsitlar, yadroli eritrotsitlar - normositlar paydo bo’ladi;
− 10 kundan so’ng temir tanqislik anemiyasi belgilari rivojlanadi (eritrotsitlar
mikrositozi, gipoxromiyasi, poykilositozi).
2.
Mielogrammada normoblastik turdagi qon yaratish, 4-5 kundan so’ng eritroid
qator giperplaziyasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: