Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

 
 
2.1. Najasni makroskopik tekshirish. 
Sutkalikmiqdori 
150 – 200 g 
Konsistensiyasi 
SHakllangan qattiq 


39 
SHakli
silindrik 
Rangi 
jigarrang 
Reaksiyasi 
neytral yokikuchsizishqoriy 
SHilliq, qon 
Bo‘lmaydi 
 
Najas miqdori 
Normadabirsutkadasog‘lom odam 150 – 200 gnajas ajratadi. Najasning 80% ini 
suv va 20% ini quruq qoldiq massa tashqil qiladi. Najas miqdori kamayadi: 
− alimentar – kam ovqat iste’mol qilish; 
− o‘simlik maxsulotlari ko‘p iste’mol qilganda; 
− qabziyat bilan kechuvchi kasalliklarda; 
− ko‘p qusish bilan kechuvchi kasalliklarda. 
Najas miqdori ko‘payadi: 
− engil xazm bo‘ladigan maxsulotlar ko‘p iste’mol qilganda; 
− ich ketishi bilan kuzatiladigan kasalliklarda. 
Konsistensiyasiva shakli 
Normada najasshakllangan va kattiqkonsistensiyagaega. Ko‘krakyoshidagi 
bolalar najasi elimsimon, yopishqoq bo‘ladi.
Najasda konsistentsiyasi va shakli o‘zgarishi quyidagi xollarda kuzatiladi: 
− “qo‘y qumalog‘i” ko‘rinishidagi qattiqnajas doimiy qabziyatda bo‘ladi; 
− lentasimon najasto‘g‘ri ichak yoki sigmasimon ichak spazmlarida bo‘ladi; 
− bo‘tqasimon najas o‘simlik maxsulotlari ko‘p iste’mol qilganda bo‘ladi; 
− mazga o‘xshagan najas me’da osti be’zi etishmovchiligida kuzatiladi; 
− suyuq najas ichakperistaltikasi tezlashganda, ichak yuzasiga yallig‘lanish ekssudati 
va shillig‘ ko‘p miqdorda ajralganda kuzatiladi; 
− ko‘piksimon najas ichakda bijg‘ish jarayoni bo‘lganda kuzatiladi.
Najas rangi 


40 
Normadanajasjigarrangbo‘ladi. Odatda jigarrang najas aralash ovqatlanishda 
kuzatiladi. Najas rangining o‘zgarishi fiziologik va patologik bo‘ladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling