Klinik va biokimyoviy tekshiruvlarning mohiyati va turlari. Biokimyoviy tahlilda qon ko'rsatgichlari


Download 294.4 Kb.
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi294.4 Kb.
#1797957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
klinik va biolkimyoviy tekshiriv usullari

ME’YORIY NATIJALAR

Alaninaminotransferaza (ALT)

e: 37 gacha U/L
a: 31 gacha U/L

Aspartataminotransferaza (AST)

e: 40 gacha U/L
a: 31 gacha U/L

Bilirubin bog‘langan

4,3 gacha mkmol/l

Bilirubin umumiy

19 gacha mkmol/l

Kreatinin

e: 53-97 mkmol/l
a: 44-80 mkmol/l

Glyukoza

4,2-6,4 mmol/l

Siydikchil (Mochevina)

1,7-8,3 mkmol/l

Siydik kislotasi (Mochevaya kislota)

e: 202-416 mkmol/l
a: 142-339 mkmol/l

Albumin

38-44 g/l

S-reaktiv oqsili

5 gacha mg/l

Ferritin

e: 20-300 ng/ml
a: 10-120 ng/ml

Transferrin

200-380 mg/dl

Umumiy oqsil

66-86 g/l

Umumiy temir

e: 10,6-28,3 mkmol/l
a: 6,6-26,0 mkmol/l

Natriy

135-155 mmol/l

Magniy

0,8-1,0 mmol/l

Fosfor

0,87-1,45 mmol/l

Kaliy

3,5-5,1 mmol/l

Kalsiy

2,02-2,60 mmol/l

Xolesterin

5,20 gacha mmol/l

Xolesterin YuZLP (LPVP)

baland: 1,55 mmol/l

Xolesterin PZLP (LPNP)

3,35 gacha mmol/l

Triglitseridlar

1,71-2,29 mmol/l









Aminotransferazalar (ALT, AST)




Transaminazalar – bu aminokislotalar va uglevodlar metabolizmida ishtirok etuvchi hujayra ichi fermentlari xisoblanadi. Transaminazalarning asosiy ikki turi mavjud bo‘lib, katta yoshdagi va odamda normada qo‘yidagicha:
ALT = AlAT = Alaninaminotransferaza, alanin aminokislotasini tashiydi.
AST = AsAT = Aspartataminotransferaza, aspartat aminokislotasini tashiydi
Bu fermentlarning qondagi miqdoriga sog‘lom odamda qo‘yidagi omillar ta’sir etishi mumkin:
• Odamning yoshi (chaqaloqlarda u yuqori bo‘ladi);
• Odamning jinsi (normada ular erkaklarda biroz yuqori bo‘ladi);
• Odamning tana vazni (semiz odamlarda u yuqori bo‘ladi).
ALT va AST miqdori qo‘yidagi fiziologik holatlarda biroz ortadi:
• katta jismoniy zo‘riqishlar;
• dori vositalarini qabul qilish: (antibiotiklar, valerianka, nesteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar, kontraseptivlar, biologik aktiv moddalar);
• homiladorlikning birinchi trimestri;
• noto‘g‘ri ovqatlanish: fastfud, gazli ichimliklar va yarimfabrikatlar ko‘p iste’mol qilish.

ALT va AST miqdorini tekshirish qo‘yidagi shikoyatlar paydo bo‘lganda talab etiladi:
• doimiy bo‘shashi;
• tez toliqish;
• ishtahani susayishi;
• peshobni to‘q-sarg‘ayishi va axlatni oqarishi;
• teri va ko‘z oqini sarg‘ayishi;
• ko‘ngil aynishi va qayt kilish;
• qorindagi og‘riqlar;
ALT – alaninaminotransferaza, asosan jigar, yurak muskullari, oshqozon osti bezi, buyraklar va skelet muskullarida joylashadi. ALT miqdorining ortishi asosan gepatotsitlar nekrozini anglatadi.
ALT miqdori quyidagi kasalliklarda ortadi:
• jigar sirrozi;
• o‘tkir va xronik gepatit (virusli va alkogolli);
• o‘tkir pankreatit;
• jigar o‘smalari va metastazlari;
mexanik sariqlik;
• miokard infarkti, miokardit;
• kuyishlar;
• skelet muskullari shikastlanishlari
• parazitar invaziya – ichak qurtlari
AST- aspartataminotransferaza, yurak, jigar, buyrak va muskullarda uchraydi. Mikard infarktida uning miqdori keskin 5 barobargacha ortadi va 5 sutkagacha ushlanib turadi. Bunda ALT o‘zgarishsiz qoladi yoki biroz ko‘tariladi.

AST miqdori qo‘yidagi kasalliklarda ortadi:
• miokard infarkti va miokardit;
• gepatit, sirroz, gepatoz va jigar o‘smalari;
alkogolizm;
• pankreatit va xolestazlar;
• mononukleoz va gepato;
• kuyishlar va issiq urishlar;
zaxarlanishlar va travmalar;



Download 294.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling