Referens ko‘rsatkichlari :
|
Qon zardobi
|
Gemolizat
|
Kattalarda:
|
3,9 – 5,8 mmol/l
|
3,3 – 5,5 mmol/l
|
Bolalarda:
|
3,3 – 5,6 mmol/l
|
Glyukoza miqdorining o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlar :
Glyukoza miqdorining qon zardobidagi o‘zgarishlar:
|
Oshishi (giperglikemiya)
|
Kamayishi (gipoglikemiya)
|
kattalar va bolalarda qandli diabet;
fiziologik giperglikemiya (jismoniy zo‘riqish, kuchli his-hayajon, stress, chekish, muolaja paytida adrenalin ajralishi);
endokrin kasalliklarida (feoxromotsitoma, tireotoksikoz, akromegaliya, gigantizm, Kushing sindromi, somatostatinoma);
oshqozonosti bezi kasalliklari (o‘tkir va surunkali pankreatit, epidemik parotitda pankreatit, mukovissidoz, gemoxromatoz, oshqozonosti bezi o‘smasi);
surunkali jigar va buyrak kasalliklari;
miyadan qon quyilishi, miokard infarkti;
insulin retseptorlarida antitanalar mavjudligi;
tiazidlar, kofein, estrogen, glyukokortikoidlar qabul qilganda.
|
oshqozonosti bezi kasalligi (giperplaziya, adenoma yoki karsinoma, Langergans orolchalarida beta-hujayralarida - insulinoma, alfa- orolchalari hujayralar yetishmovchiligi – glyukagon tanqisligida);
endokrin kasalliklari (Addisona kasalligi, adrenogenital sindromi, gipopituitarizm, gipotireozida);
bolalikda (chala tug‘ilgan chaqaloqlarda, qandli diabet kasali bor onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda, ketotipik gipoklimeya);
gipoglikemik va insulin preparatlarni dozasini oshirib yuborganda ;
jigarning og‘ir kasalliklari (sirroz, gepatit, karsinoma, gemoxromatoz);
xavfli o‘smalar: buyrak usti bezi o‘smasi, oshqozon o‘smasi, fibrosarkoma;
fermentopatiyalar (glikogenozlar - Girke kasalligi, galaktozemiya, fruktozaga tolerantligi buzilishi);
funksional buzilishlar- reaktiv gipoglikemiya (gastroenterostoma, postgastroektomiya, vegetativ buzilishlar, oshqozon ichak peristaltikasining buzilishi);
ovqatlanishda buzilishlari (uzoq ochlik, hazm jarayonning sindrom);
mishyak, xloroform, salitsilatlar, antigistamin moddalardan zaharlanishlar, alkogol intoksikatsiyasi;
kuchli jismoniy zo‘riqish, isitmalash;
anabolik steroidlarning qabul qilganda.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |