Klizma toʻgʻri ichakka anusdan maxsus asbob yordamida suyuqlik


Download 55.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2020
Hajmi55.58 Kb.
#136577
Bog'liq
Huqna - Vikipediya


Huqna

Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka anusdan

maxsus asbob yordamida suyuqlik

(koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy

muolaja. Tozalovchi H. (ichakdagi

narsalarni chiqarib tashlash uchun

qoʻllanadi), dori H. va oziq H. farq qiladi.

H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq

qilinadi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit,

ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir

oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun

maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan

maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-



ragi hamda uchligi bor rezina naychali

voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx

krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik

bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha,

biriktirish naychasiga esa uchlik

oʻrnatilgan. Tozalovchi H. qabziyataa,

oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-

ichak yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini

rentgenologik tekshirishdan,

operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq

H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo H.si

ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini

ham oʻtaydi (mas, moychechak-li,

gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning

taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik

bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq.

Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga


yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv

yuborib qilinadigan tozalovchi H.

qabziyatda ichak shil-liq pardasini

taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati

(peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada

bemorning ichi keladi. Agar bemorning

qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-

qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning

ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorip muskullari

haddan tashqari tarang boʻlsa, H.

qilinayotganda bemor tizza va

tirsaklariga tayanib turishi kerak. H.

qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki

glitserin surtiladi. bemorni kleyonka

solingan oʻrin chetiga chap yonboshi

bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va

ikkinchi barmoqlari yordamida dumba


kerilib. oʻng qoʻl yordamida uchlik

aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—

12 sm kirgiziladi. H.dan soʻng mumkin

qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan

maʼqul. Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini

200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida

kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon

rezina ballon ishlatiladi. Dori H. dori

moddalarining ichak shilliq pardasiga

taʼsir etishi va dorining organizmga ichak

orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi.

Dori moddalari 10 ml va undan oz

miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi.

Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi

H. oʻtkazish kerak. Oziq Huqna — sunʼiy

ovqatlantirishning bir turi. U organizmning

suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda


boʻlsa-da, oziq moddalarga boʻlgan

ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi.

Oziq H. uchun osh tuzining fiziologik

(izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza

eritmasi va aminokislo-talar

eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H.

tozalovchi H.dan keyin qilinadi. Oziq H.

faqat vrach koʻrsatmasiga binoan

davolash muassasalarida qoʻllanadi.

[1]


1. OʻzME

Manbalar


  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi  

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz

uni boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Huqna&oldid=2030193

dan olindi



Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling