Кўллари ва сув омборлари
Tuman nomi Tuman markazi
Download 0.55 Mb.
|
Namangan viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Namangan viloyatida investitsiya faoliyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks ishlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan ishlar ikki asosiy yoʻnalishga ajratildi: oʻzaro hamkorlik tamoyillari asosida tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va mintaqani kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar. Birinchi yoʻnalishda umumiy qiymati 2,2 trln soʻmga teng boʻlgan, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining 103 mln dollar mablagʻlarini jalb qilish hisobiga kasanachilik yoʻnalishida 157 ta yangi loyihalar amalga oshiriladi va shu orqali toʻquv-trikotaj, hunarmandchilik, issiqxona xoʻjaliklari, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bogʻdorchilik, zargarlik, echkichilik, yogʻochsozlik kabi yoʻnalishlarda 18,4 ming nafar aholi ish bilan taʼminlanadi. Mintaqani kompleks rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 8,3 trln soʻmlik 1651 ta loyihalar amalga oshiriladi va ular hisobiga 34,8 mingta ish oʻrinlari yaratiladi. Dastur bilan 369 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va 1,9 trln soʻm bank kreditlari jalb qilish rejalashtirilgan. Taʼkidlash lozimki, mazkur loyihalarni ishlab chiqishda iqtisodiy rivojlanishning oʻsish nuqtalari – “drayverlar”ni aniqlash yoʻli bilan mintaqa imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish maqsadida viloyat tuman va shaharlarining kuchli va zaif tomonlari oʻrganildi. Viloyatdagi ana shunday “drayver”lardan biri toʻqimachilik sanoati boʻlib, uning texnologik rivojlanish darajasi tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Yetakchi xorijiy brendlar ostida tayyor kiyim – kechak ishlab chiqarish uchun xorijiy brendlar bilan aloqalar oʻrnatish orqali eksportga sotiladigan toʻqimachilik mahsulotlarining qoʻshimcha qiymatini oshirishga alohida urgʻu beriladi - viloyatda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 95% ga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida ichki brendlarni yaratish va ularni tashqi bozorlarga ilgari surish boʻyicha ham chora-tadbirlar majmuyi amalga oshiriladi. Shuningdek, yaqin kelajakda toʻqimachilik sanoatida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun birinchi bosqichda Toʻraqoʻrgʻon tumanida ixtisoslashtirilgan toʻqimachilik savdo-sanoat zonasini tashkil etish uchun 100 gektar yer maydoni ajratiladi. Bundan tashqari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, terini qayta ishlash va tayyor poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqarishda mahalliylashtirish va import oʻrnini bosishga qaratilgan, asosan, klaster shaklidagi korxonalar tashkil etishga yoʻnaltirilgan qator investitsiya loyihalari ishlab chiqildi. Foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlash boʻyicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish evaziga qurilish materiallari, xususan, keramik buyumlarini tayyorlash uchun ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ularning tannarxini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Buning uchun tegishli ixtisoslashtirilgan ilmiy-texnik markazlar faoliyati ixtisoslashtirilgan fondlar va xorijiy grantlarni jalb etish evaziga ilmiy ishlanmalarni tizimli moliyalashtirish orqali jonlantiriladi. Echkichilikning Namangan viloyati Pop va Chust tumanlarida tarixan rivojlanganligini hisobga olgan holda, bu soha ham keskin faollashtiriladi – echki junini qayta ishlash va tayyor jun mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha sanoat klasterlarini tashkil etishga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirildi. 81 mln dollarlik 128 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish anʼanaviy bogʻdorchilikdan intensiv bogʻdorchilikka oʻtishga qaratilgan boʻlib, bu - yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va viloyatda mevalar yetishtirish xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, bu sektorda yangi yondashuv qoʻllaniladi – yirik eksport qiluvchi xoʻjaliklar, mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash uchun ishlab chiqarish obyektlari va logistika markazlaridan iborat eksport klasterlari tashkil etiladi. Klasterlarda va eksport qilinishi rejalashtirilgan mamlakat mutaxassislarni jalb qilish va standartlarini joriy etish evaziga aniq eksport bozorlariga qaratilgan sifat nazorati va sertifikatlash laboratoriyalari ham tashkil etiladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan umumiy yer maydoni 4.5 ming gektarni tashkil etadi, 9 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi. Loyihalarni amalga oshirish vaqti va moliyaviy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradigan yana bir “drayver” - tijorat banklari tomonidan joriy etilgan tadbirkorlarni «paketli» qoʻllab-quvvatlash tizimidir. Ushbu yondashuv doirasida tadbirkorlarga mablagʻ ajratishdan tortib, muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish sirlarini oʻrgatish va hujjatlarni tayyorlashgacha yordam berilib, kompleks xizmatlar koʻrsatiladi. Umuman olganda, “Milliy Bank” AJ, “Asaka Bank” ATB va «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB imkoniyatlari bilan umumiy qiymati 2,4 trln soʻmlik 129 ta loyihani amalga oshirish va 7317 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Namangan viloyatida loyihalarni amalga oshirish uchun xorijda yashayotgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan vatandoshlar salohiyati va tajribasidan faol foydalaniladi - bu yoʻnalishda 247 mln dollarlik 17 ta loyiha amalga oshiriladi. Jami 2020-2021-yillarda Namangan viloyatida barcha investitsiya dasturlarini amalga oshirish va iqtisodiy rivojlanishning yuqorida qayd etilgan “drayverlari”ni ishga solish orqali umumiy qiymati 13,1 trln soʻmlik 2148 loyiha amalga oshirilib, 55 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi. f Barcha sohalarda boʻlgani kabi soʻnggi yillarda bank tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid uchta qonun hujjatiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilgani va bir qonun yangidan qabul qilingani banklarning aholi manfaatlari yoʻlida tizimli, aniq va manzilli asosda faoliyat yuritishini taʼminlamoqda. Taʼkidlash oʻrinliki, 2019-yil davomida Namangan viloyati tijorat banklari tomonidan jami 135828 ta mijozga 4,6 trln soʻm, shundan 4530 ta kichik biznes subyektlariga 2,9 trln soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qabul qilingan dasturlari doirasida esa viloyatdagi 58 251 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga 973,1 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan va buning natijasida 59103 nafar aholining bandligi taʼminlangan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tijorat banklari tomonidan 57381 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga 879.5 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi va 57519 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida 165 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga 7,9 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratilib, natijada 215 nafar aholi muqim ish oʻrniga ega boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi ijrosi toʻgʻrisida”gi PF-5466-sonli Farmon ijrosi doirasida 2019-yilda 195 nafar yosh tadbirkorlarga 69,9 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan va natijada 252 nafar aholining bandligi taʼminlangan. 2019-yilda joriy qilingan “HUMO” toʻlov tizimi oʻzining barcha mijozlariga kontaktsiz texnologiya vositasida toʻlovlarni amalga oshirishning innovatsion texnologiyasi sifatida aholiga manzur boʻlmoqda. Bugungi kunda “HUMO” milliy toʻlov tizimidagi 8 344 ta terminallar bank kassalari, savdo va pullik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik subyektlariga oʻrnatilishi taʼminlangan. Markaziy bank Bosh boshqarmasi va tijorat banklari tomonidan olib kelingan 114 ta bankomatlar banklarga, bank qoshida tashkil etilgan 24/7 shoxobchalarga, yirik savdo shoxobchalari va aholi gavjum joylarga oʻrnatilgan. 2020-yilda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bankomatlar sonini 183 taga yetkazish va ularni yirik savdo shoxobchalari va aholi gavjum joylarga oʻrnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmonida tijorat banklar tomonidan tajriba-sinov loyihasiga asosan respublikaning barcha shaharlari va tumanlarida mijozlarga tezkor xizmat koʻrsatish maqsadida ixcham “Bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish belgilab oʻtilgan. Ushbu bank xizmatlar ofisida – mijozlarga depozit hisobvaragʻi ochish, depozit (omonat) qabul qilish, toʻlovlar, xalqaro pul oʻtkazmalari va valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, isteʼmol krediti hamda mikroqarz berish bilan bogʻliq bank xizmatlarini amalga oshirish belgilangan. Namangan viloyati Farg‘ona vodiysida joylashgan O‘zbekistonning serhosil yerlaridan biri bo‘lib, g‘arbda Toshkent viloyati, Janubiy va Sharqda Farg‘ona va Andijon viloyatlari bilan chegaradosh. Keyingi yillarda Namanganda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Natijada viloyatda to‘qimachilik, tikuvchilik va oziq-ovqat sanoati, jumladan, paxta xomashyosini qayta ishlashning yetakchi tarmoqlari jadal o‘sib bormoqda, qurilish materiallari ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash rivojlanmoqda. Kosonsoy va Chust tumanlarida kichik sanoat zonalari, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ular barcha infratuzilma bilan to‘liq ta’minlangan. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling