Кўллари ва сув омборлари


Download 181.5 Kb.
bet8/12
Sana28.10.2023
Hajmi181.5 Kb.
#1730545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’ZBEKISTONDAA KIMYO SANOATINI RIVOJLANISHI

Manba: Foydalanilgan adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Umuman neft konlari oltingugurtli yoki yuqori oltingugurtli hisoblanib, bundan O'zbekiston kimyo sanoatida keng foydalanilmoqda. Jadvalda ham shuni ko'rish mumkinki o'zbek neftida oltingugurtni miqdori boshqa neftlarga qaraganda yuqoriroqdir. Volga - Ural, G'arbiy Sibir,, Janubiy O'zbekiston va Qozog'istonning ayrim neftlari tarkibida 1 - 2% (mass.) oltingugurt mavjud. Yuqoridagi natijalarga binoan neftning oltingugurtli birikmalari tarkibini chuqur o'rganish va ularning xossalarini, ularni yo'qotish usullarini va ishlatilishini o'rganish va bilish talab qilinadi.
Kimyo sanoati tarkibida mineral o'g'itlar ishlab chiqarish salmoqli o'rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi.
Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan ustun turuvchi sun'iy materiallar yaratadi. Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham, qishloq xo'jaligi xomashyosi ham tejaladi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish istiqbollari yaraldi. Chunonchi, ko'mir, neft, gaz singari yoqilg'i xomashyolaridan energiya hosil qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi.
Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog'och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko'p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo'lavermaydi.
Kimyo sanoatining yirik korxonasi - Chirchiq elektrkimyo kombinati 1940- yilda ishga tushgan. Chirchiq elektrkimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o'g'it ishlab chiqargan. Buxoro viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach, kombinat gazdan xomashyo o'rnida foydalanadigan bo'ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning keskin ko'payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kombinatda azotli o'g'itdan tashqari, magniy xlorit (g'o'za bargini to'kishda qo'llaniladigan kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda10.

Download 181.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling