Книга узб испр! gjck!indd


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

«…Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aytilishicha: «Har bir 
inson fikrlar erkinligiga va ularni erkin ifodalash huquqiga ega; ushbu 
huquq o’z e’tiqodiga erkin rioya qilish erkinligini va har qanday usullar 
bilan hamda davlat chegaralaridan qat’i nazar, ma’lumot va g’oyalarni 
izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi».
Media va axborot savodxonligi insonlarni, yuqorida aytib o’tilgan 
fundamental huquqni to’laqonli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim 
va ko’nikmalar bilan qurollantiradi. Ushbu huquqning amalga oshirilishi 1982 
yilda qabul qilingan Mediashakllantirish bo’yicha Gryunvald deklaratsiyasi 
bilan belgilanib, unda siyosiy va ta’lim tizimlar fuqarolarda kommunikatsiya 
fenomenining kerakli tushunchasini rivojlantirishlari va ularning ommaviy 
axborot vositalaridagi ishtirogini rag’batlantirishlari lozim. (ham yangi, ham 
eskilarida).
Ushbu fikr, unda media va axborot savoxonligi butun hayot davomida ta’lim 
olish asosi sifatida belgilanadigan, 2005 yilda qabul qilingan Aleksandriya 
deklaratsiyasida o’z davomi topdi. Deklaratsiya turli hil kasblarning vakillari 
uchun “shaxsiy, ijtimoiy, professional va ta’lim maqsadlariga erishish 
uchun turli faoliyat sohalarida axborotni samarali tarzda qidirish, baholash, 
foydalanish va yaratishning” imkoniyatini taqdim etishda MASning ahamiyatli 
o’rnini tasdiqlaydi.
MAS insonning raqamli olamda, barcha xalqlarning ijtimoiy jihatdan 
qo’shilishini ta’minlaydigan, asosiy huquqi bo’lib xizmat qiladi. Media va 


12
boshqa axborot xizmatlari, ya’ni kutubxonalar, arxivlar va internet, butun 
dunyoa insonlar uchun, butun mavjud axborotning to’liqligini hisobga olgan 
holda, qarorlar qabul qilishda yordam beradigan muhim vositalar bo’lib 
tan olingan. Bundan tashqari, ular orqali jamiyatlar o’zlari haqida haqiqatni 
o’rganadigan, aholi bilan suhbat qura oladigan va birlik tuyg’usini yaratadigan 
vositalar bo’lib hisoblanadi. Kommunikatsiya va axborot kanallari butun hayot 
davomida o’rganishga katta ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega, shu sababli 
fuqarolar media va boshqa axborot tizimlari (kutubxonalar, arxivlar, internet 
va boshq.) qanday faoliyat yuritishlarini va ularni qanday baholash kerakligini 
anglab yetishlari kerak.
Media va axborot savodxonligining vazifasi aynan ushbu bilimlarni 
foydalanuvchilarga yetkazishdan iborat. MAS o’zida quyidagi tushunchalarni 
aks ettiradi: a) demokratik jamiyatda media, kutubxonalar, arxivlar va 
boshqa axborot tizimlarining vazifalari; б) ommaviy axborot vositalari va 
axborot tizimlari bu vazifalarni samarali bajarishlari uchun shartlar; в) ushbu 
vazifalarning bajarilish sifatini taklif qilinayotgan kontent va xizmatlar orqali 
baholash usullari.
Ushbu tushuncha, o’z navbatida, foydalanuvchilarga ongli ravishda 
kommunikatsiya va axborot kanallari bilan o’zaro ta’sir qilish imkoniyatini 
beradi. MAS orqali egallanadigan kompetentsiyalar fuqarolarda tanqidiy 
fikrlashning ko’nikmalarini rivojlantirishga qodir bo’lib, bu ularga media va 
boshqa axborot ta’minotchilaridan yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishni 
talab qilish imkoniyatini beradi.
Jamiyat OAVga ma’lum talablarni belgilab, ularning faoliyati talablarga 
javob bermagan holda, ularning ommaviy tanqid uchun ochiq bo’lishini 
ta’minlaydi. Natijada bunday tizim kattaytiruvchi oyna sifatida xizmat qilib, 
u orqali OAVni bajarilgan vazifalari, hamda ular bu vazifalarni bajaradigan 
sharoitlar va ularning faoliyati auditoriya tomonidan qanday qabul qilinishi 
nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
O’qituvchilarning MASini oshirmagan holda, o’qitilayotgan insonlarda MASni 
oshirishning iloji yo’q. Aynan o’qituvchilarga yo’naltirilganlik, samaradorlikning 
ko’p marotaba oshirilishi ta’minlaydigan asosiy strategiya bo’lib hisoblanadi: 
axborot jihatdab savodxon o’qituvchilardan boshlab talabalargacha va 
umuman olganda, jamiyatgacha.


13
O’zaro bog’liq bo’lgan sohalar – media savodxonligi va axborot savodxonligi 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni turlicha talqin qiladigan ikkita ilmiy maktab 
mavjud. Maktablarning bittasiga qarashli vakillar axborot savodxonlikni, 
uning tarkibiy qismi media savodxonligi bo’lgan, yanada kengroq ko’lamdagi 
tadqiqotlar sohasi deb hisoblaydilar. Boshqa maktabning nuqtai nazaridan 
esa, axborot savodxonligi – kengroq soha bo’lib hisoblangan media 
savodxonligining atigi bir komponenti bo’lib hisoblanadi. Biroq, YUNESKO 
qoshidagi xalqaro ekspertlar guruhi media va boshqa axborot xizmatlari bilan 
o’rtasidagi nafaqat farqli taraflarni, balki umumiy xususiyatlarni ham ta’kidlab 
o’tdi. Quyida, biz tomondan ko’rib chiqilayotgan sohada, sayyoramizning turli 
burchaklarida mutaxassislar bugungi kunda qo’llayotgan atamalar keltirilgan:
• Media savodxonligi,
Axborot savodxonligi,
• O’z-o’zini ifodalash erkinligi va axborot savodxonligi,
• Kutubxona savodxonligi,
• Yangiliklar savodxonligi,
• Kompyuter savodxonligi,
• Internet-savodxonligi,
• Raqamli savodxonlik,
Кino savodxonligi,
• Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi,
• Television savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
Ushbu ushubiy qo’llanma YUNESKO ekspertlari tomonidan qayd etilgan 
mezonlar bilan hamjihatlikda ishlab chiqilgan. Uning mavzulari, uslubiyati 

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling