Ko‘chirma qatnashdilar: Kafedraning barcha a’zolari Kun tartibi


Download 7.18 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi7.18 Kb.
#1643410
Bog'liq
KO\'CHIRMA (2)


Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti,
Matematika kafedrasi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA

Qatnashdilar: Kafedraning barcha a’zolari

Kun tartibi
Bitiruv malakaviy ishlarini himoyaga tavsiya qilish va taqrizchilarni belgilash.
1. IV bosqich matematika 4-guruh talabasi Xalimjonova Yulduzxoning “O‘nli kasrlar” va “Protsentlar” mavzulariga oid tushunchalarni shakllantirish hamda tizimga solish” mavzusi bo‘yicha 2023 yil 19-aprel kuni kafedra "Al-Xorazmiy’' ilmiy-uslubiy to‘garagida ma’ruzasi tinglandi. So‘ng bitiruv malakaviy ishi mavzusi hamda uning bajarilishi bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchi berilgan savollarga to‘la javob berdi. Ilmiy rahbar Baxritdinov Bahodirjon so‘zga chiqib, bitiruv malakaviy ishi oxiriga yetkazilganligini aytdi va himoyaga qo‘yish mumkinligini bildirdi. Shuningdek, ishning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda bitiruv malakaviy ishga taqrizchi qilib, ADU akademik litsey tabiiy fanlar kafedrasi kata o‘qituvchisi D. Xojiyev ko‘rsatildi. Bitiruv malakaviy ishini Davlat Attestatsiya hay’atida himoya qilishga tavsiya etdi. Majlis qatnashchilari bu taklifni bir ovozdan ma’qullashdi.


Kafedra yig‘ilishi qaror qiladi
1. IV-bosqich matematika 4-guruh talabasi Xalimjonova Yulduzxoning “O‘nli kasrlar” va “Protsentlar” mavzulariga oid tushunchalarni shakllantirish hamda tizimga solish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi himoya qilishga loyiq deb topilsin.
2. Davlat attestatsiya hay’atiga mazkur bitiruv ishi himoya qilish uchun tavsiya qilinsin.
3. Bitiruv ishiga taqrizchi qilib ADU akademik litsey tabiiy fanlar kafedrasi kata o‘qituvchisi D. Xojiyev tayinlansin.


Matematika kafedrasi mudiri: N.Umrzaqov
Download 7.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling