Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishning muhim omillari


Download 134.7 Kb.
bet9/16
Sana27.06.2023
Hajmi134.7 Kb.
#1657251
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
MD-Kodirova-7.06.2023 (2)

2.2. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishning muhim omillari.
Bugungi modernizatsion bir jarayonda davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishda ham, qonun ustuvorligini ta’minlashda ham, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni rivojlantirishda ham va tashqi siyosatni to‘g‘ri shakllantirishda ham yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifalardan biridir. Huquqiy madaniyat – keng qamrovli tushuncha bo‘lib, huquqiy ong va huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida u eng avvalo, odamlarning qonunga nisbatan munosabatini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquq to‘g‘risidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir.
Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilish, davlat organlarining qonunni qo‘llash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari va kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarga nisbatan munosabatini belgilaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi»65.
Yoshlarning huquqiy ongi turli obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida ziddiyatlidir. U bir tekis rivojlanmaydi, balki, u bir vaqtning o‘zida ham ijobiy, ham salbiy qarashlar va e’tiqodlarni qamrab oladi. Shaxs sifatida ularning xuquqiy madaniyati umume’tirof etilgan ijtimoiy qadriyatlar nuqtai nazaridan qaraganda, individual qarashlar, baholar, sabablar, huquqiy yo‘l-yo‘riqlar bo‘lib, ular huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy hamda ijtimoiy faol harakatga asos bo‘ladi. Shaxsning huquqiy madaniyati - huquqiy ongni aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichidir.
Yoshlarning huquqiy madaniyati haqida gap borganda, birinchidan uning o‘z huquq, erkinlik va majburiyatlarini bilishi, tushunishi va to‘g‘ri anglashi, baxolashi uchun, ikkinchidan esa ulardan amaliy faoliyatida foydalanishi haqida so‘z yuritish joizdir. Ularning huquqiy madaniyati asosiy va o‘ziga xos tomonlari qo‘yidagi ko‘rinishlarda o‘z aksini topadi:
Birinchidan, yoshlarning huquqiy savodxonligi, ya’ni huquqiy bilimlarni o‘zlashtirib olish, yuridik ma’lumotlarga ega bo‘lishdir. Biroq, huquqiy savodxonlik, bu faqat ma’lum bir huquqiy normalar, huquq tarmoqlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishgina emas, balki turli xil huquqiy ko‘rinishlar, davlat va jamiyat hayotining huquqiy asoslarining rivojlanishi to‘g‘risida habardorlik ham demakdir.
Ikkinchidan, yoshlarda qonunlarga bo‘lgan chuqur hurmatni shakllantirishdir. Qonunga hurmat bilan yondoshish, bu hurmatni amalda namoyon etishning o‘zi huquqiy madaniyatning oliy darajada namoyon bo‘lishidir.
Uchinchidan, qonunga itoatkorlik. Yoshlarning qonunga itoatkorligi ularning yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetib, ijtimoiy burch, davlat va jamiyat oldidagi javobgarlik tuyg‘ularida namoyon bo‘ladi. 2000 yil Toshkent shahridagi bir qator oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Nima sababdan insonlar qonunlarga amal qilishadi?” degan savolga 39,2% respondent “Jazolanishdan qo‘rqqanliklari uchun”, deb javob berishgan. Qolganlarning bir qismi qonunni buzish mumkin emasligini, jamiyat yoki odamlar uni muhokama qilishdan qo‘rqishini va boshqa sabablarni ko‘rsatishgan.
Holbuki qonun jamiyatimiz farovonligini ta’minlovchi, xalq irodasini ifoda etuvchi kuch sifatida ekanligini anglab yetmaydilar. Shu sababli yoshlar qonun normalariga jazolanishdan qo‘rqib emas, balki ihtiyoriy ravishda amal qilishlari zarur. Bu ularning ichki e’tiqodlariga aylanishi lozim.
To‘rtinchidan, yoshlar o‘zlarining olgan, o‘zlashtirgan huquqiy bilimlarini hayotga tadbiq eta olishlari, yoshlar huquqiy madaniyatining o‘ziga xos tomonlaridan biridir.
Beshinchidan, yoshlarda yuksak darajadagi huquqiy faollikni oshirish. Huquqiy faollik shaxsni faol hayotiy pozitsiyada turishga undovchi omillardandir66.
Inson malakalari, bilimlari, g‘oyalari va xissiyotlarini, shuningdek, turli ijtimoiy hodisalarda ularning mustahkamlanishi va madaniy hodisaga aylanish yig‘indisi sifatida ijtimoiy jabhada o‘z aksini topadi. Yagona madaniyat tizimining taraqqiyoti hisoblangan huquqiy va axloqiy madaniyat har doim uzviy aloqada bo‘ladi.
Huquqiy va axloqiy madaniyatning o‘zaro aloqadorligini huquq va axloq misolida ko‘rib chiqilsa aniqroq bo‘ladi. Ularning ichki birligi va o‘zaro ta’sirchanligi shu bilan izohlanadiki, axloqiy va huquqiy usqurtmaning bir qismi, elementi hisoblanadi va yagona maqsad va vazifalarga ega, o‘z prinsiplari va mazmuni bilan bir-biriga muvofiq va bir-birini to‘ldiradi. Huquq axloqning ta’sirchanligini kuchaytirgani kabi axloq huquqning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Amalda hamma huquqiy normal axloqiy asosga ega.
Qonunlarga rioya etish fuqarolarning shuningdek, nafaqat yuridik balki ma’naviy majburiyati hisoblanadi. Huquqiy normalarni mukammallashtirishda axloq katta rol o‘ynaydi, huquq normalari esa uni odamlar ongiga singdirishga yordam beradi. Huquqiy madaniyatning axloqiy madaniyat bilan bog‘liqligi quyidagi axloq kategoriyalarida namoyon bo‘ladi: to‘g‘rilik va haqqoniylik, insoniylik va ishonch, vijdon va javobgarlik xissi va boshqalar.
Konstitutsiyaviy normalarda ham axloqiy prinsiplar huquqiy va axloqiy majburiyatlar birligi bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida “Fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”, deb belgilab qo‘yilgan67.
Yuridik adabiyotlarda “huquqiy madaniyat” degan kategoriya ishlatiladi. Bu kategoriya yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan yechimlarni topishga yordam beradi, chunki bu kategoriya axloqiy-huquqiy ta’sirni kompleks holda tushunishga olib keladi. Huquqshunoslik ilmiga doir adabiyotlarda ko‘rsatilishicha huquq va axloqning nufuzi insonlarning davlatda qilinayotgan ishlarga ichki munosabatidir. Darhaqiqat, huquqning mavjudligi qonunlarning moddalari va qismlarida emas balki butun jamiyat a’zolarining ongida qay darajada aks etishi bilan belgilanadi. Huquq bilan axloqning o‘zaro aloqadorligiga doir tadqiqotlarni olib borgan huquqshunos olima R.E.Turdiboyeva “Talaba yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish muammolari” deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida “Huquq bilan axloqning o‘zaro aloqadorligining o‘ziga xos tomoni – o‘zaro birikuvdaligi va o‘zaro ta’sirdaligidir. O‘zaro birikuv huquqiy jamiyatimizda hukmron bo‘lgan axloqqa asoslangandagina namoyon bo‘ladi, axloq esa barcha huquqiy normalar mazmunini o‘zida singdiradi. Huquq axloqiy ko‘rinishlarni o‘zida namoyon etadi, ya’ni biror bir huquqiy ko‘rsatmalarga amal qilmaslik yoki huquqbuzarlik axloqiy hatti-harakat sifatida ko‘riladi”68, – deya ta’kidlaydi. Darhaqiqat axloq bo‘lmasa inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat yetuk axloqgina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi to‘g‘risida xaq tushunchalarni hosil qiladi. Shu bois ma’naviy-axloqiy madaniyat huquqiy madaniyatni shakllantirishda birlamchi ahamiyatga egadir.
Demak, shaxsning, yoshlarning huquqiy ong va madaniyatining rivojlanishidagi eng muhim omil - tarbiya masalasidir. Yosh avlodni tarbiyalash deganda, biz farzandlarni axloqan pok, odobli, estetik boy, jismonan baquvvat qilib kamol toptirishni maqsad qilamiz. Asosiy maksad chuqur ma’lumotli, har jihatdan yuksak madaniyatli va ongli, jamiyatimizning aktiv fuqarolarini tayyorlashdir.
Ushbu islohotlarga qaratilgan farmonda keltirilgan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimi prinsipi – “shaxs - oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat»69,- deya ta’kidlangani nihoyatda asoslidir.
Demak, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish avvalo har bir jamiyat fuqarosini tug‘ilganidanoq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy-ijtimoiy sog‘lom muhitda shaxs sifatida shakllantirish zaruratini taqozo etadi.
Butun jahonda gender huquqiy tenglik ilgari surilayotgan bir paytda, avvalo bizning o‘ziga xos milliy yuksakligimizni o‘zida singdirgan insonparvarlik g‘oyalari yoshlarimiz huquqiy madaniyatida jins taqozosi emas, balki shaxsning insoniy qadr-qimmatini anglagan, ma’naviyma’rifiy shakllangan, ijtimoiy-iqtisodiy muhitni o‘z komponentligi va kreativligi asosida shakllantira oladigan darajada bo‘lishi muhim omilligini anglashi lozim. Bunda har bir Inson jinsidan qat’iy nazar davlat va jamiyatning asosiy omili ekanligini anglashi, shaxs sifatida shakllanishi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi samaradorligi oshadi.
Bu maqsad va natijaga to‘g‘ri konseptual yondashishda yoshlarimizni uzluksiz ta’lim tizimi negizida maktabgacha ta’lim muassasasidan tortib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ham barkamol shaxsni voyaga yetkazishga yo‘naltiruvchi insonparvarlikka qaratilgan dars mashg‘ulotlarini nafaqat boshlang‘ich, hatto yuqori sinflarda ham joriy etishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki, insonparvarlik shaxsni shakllantirishga, o‘z qadr-qimmatini anglagan holda o‘zligiga ishonchi, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, bunday mohiyatda shakllangan shaxs - shakllanayotgan yoshlar jamiyatimizda yuksak tafakkur salohiyati, huquqiy madaniyati asosida ertangi kunning har jabhadagi taraqqiyoti omili sanaladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning ayniqsa yoshlarning huquqiy ongini oshirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish borasida sezilarli ishlar olib borilmoqda. Jamiyat taraqqiy etgan sari inson va fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishlari fuqarolik jamiyati rivojining darajasini belgilayveradi. Shuning uchun, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilishi lozim, deb hisoblaymiz.
2016 yilda mamlakatimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va ushbu Qonunda asosiy yo‘nalish sifatida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish masalasi kiritildi. Qonunga muvofiq Prokuratura va ichki ishlar organlariga yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etish belgilab berilgan bo‘lsa, adliya organlarining aynan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni amalga oshirishi hamda muvofiqlashtirishi belgilab berildi70.
Alohida ta’kidlash lozimki, 2019 yilda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanishiga, adolat qaror topishiga, inson manfaatlari ulug‘lanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Umuman olganda huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalariga oydinlik kiritadigan bo‘ylsak, huquqiy ong bu jamiyat ongining bir turi bo‘lib, inson, ijtimoiy guruh yoki jamiyatning mavjud huquqqa, insonlarning huquq va manfaatlariga nisbatan munosabati, tasavvuri, hissi, nuqtai nazari tizimi, ya’ni insonlar tomonidan huquqni subyektiv anglash va uni qabul qilishi demakdir71.
Huquqiy ong jamiyatda mavjud ongning boshqa shakllari bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lib, jumladan axloqiy nuqtai nazar, siyosiy qarash, falsafa, mafkuraviy nazariya, diniy va milliy xarakterlarni o‘zida mujassam etadi.
Huquqiy ong asosan shaxsning huquqiy hatti-harakatini o‘z ichiga oladi va u huquq bilan chegaralangan bo‘ladi. Huquqiy ongning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– moddiy manfaatlarni ta’minlash;
– boshqa inson va fuqarolar, ijtimoiy subyektlar, jumladan, davlat organlari bilan munosabatga kirishish;
– iste’mol va dam olish (ushbu yo‘nalishga insonning noqonuniy hatti-harakatlarini kiritish mumkin, ya’ni shaxsning o‘ziga ma’naviy zarar yetkazuvchi holatlari, ijtimoiy subyektlarga nisbatan noqonuniy harakatlari).
Huquqiy madaniyat jamiyatning huquqni bilishi va unga obyektiv munosabatining umumiy darajasi, hayotiy faoliyati davomidagi huquqiy bilimlarining normasi. U shaxsning mehnat faoliyatida, subyektlar bilan o‘zaro munosabati va ta’sirida yuzaga keladi. U madaniy va huquqiy tizimning ta’siri natijasida shakllanadi.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyat taraqqiyoti ham undagi insonlarning jamiyatda, davlatda o‘rnatilgan huquqni anglashiga bog‘liq. Shu jumladan, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish bir vaqtning o‘zida ta’lim va tarbiyaga ahamiyatni kuchaytirishni talab etadi. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash asosiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalariga yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish belgilab berildi. Ta’lim jarayonlarida ta’limning zamonaviy shakllaridan foydalanish bilan birga yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish zarur bo‘ladi. Konstitutsiyaviy huquq va normalarni anglagan yosh avladda siyosiy madaniyat ham asta-sekinlik bilan shakllana boradi. Bu albatta, yoshlarning jamiyatda siyosiy faolliklarini oshirishga va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, o‘z “hayotiy pozitsiyalari”ga ega bo‘lib borishadi. O‘z hayotiy pozitsiyalariga ega bo‘lmagan yoshlarda asta-sekinlik bilan mamlakat siyosiy hayotiga nisbatan befarq kayfiyat shakllanib boradi. Bu esa “siyosiy absenteizm”ga236 olib keladi. Ya’ni aholining siyosiy jarayonlarga nisbatan befarqligiga olib keladi. O‘zbekistonda saylash fuqarolarning huquqi sifatida o‘rnatilgan, ya’ni majburiyati emas. Saylovda ishtirok etmagan fuqarolarga nisbatan hech qanday chora qo‘llanilmaydi. Shu nuqtai nazardan, Skandinaviya mamlakatlarida ta’limga fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida ham darslar kiritilgan bo‘lib, ular aynan yosh avlodni mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosatga nisbatan munosabatni shakllantirishga yordam beradi72.
Shu munosabat bilan 2019-yilda qabul qilingan Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ta’lim muassasalari, mahalla, qolaversa, oilalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berilgan bo‘lib, bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish ishlari amalga oshiriladigan bo‘lsa, Skandinaviya mamlakatlari jumladan, Finlyandiya amaliyotini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishni ta’lim tarbiya bilan bog‘laydigan bo‘lsak, avvalo tarbiyachi-murabbiylarni ushbu sohada malakasini oshirish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqib, huquqning ilk tushunchalarini singdirib borish maqsadga muvofiq. Aholi, xususan yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, muammoga ilmiy nuqtai nazardan yechim topish ham bugungi kunda muhim hisoblanadi. Shuningdek, bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rnini oshirish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prezident Farmoni bilan aholi huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan hududiy dasturlar qabul qilinishi lozim. Ushbu dasturlarni amalga oshirish va ijro etishda huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan aniq tadbirlarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizda qabul qilinayotgan har qanday qonun hujjatlarining aholining barcha qatlamlarigacha yetib borishini ta’minlash ham muhim hisoblanadi. Zero, faqatgina aniq o‘ylangan va samarali tizimgina, huquqiy targ‘ibotgina aholi huquqiy madaniyatini oshirib, uning huquqiy ongi shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Download 134.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling