Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Download 135.53 Kb.
bet7/17
Sana18.06.2023
Hajmi135.53 Kb.
#1593047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
MD-Kodirova-7.04.2023

I bob bo‘yicha xulosalar

  1. Huquqiy ong – bu jamiyatning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadigan ijtimoiy ongning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lgan, insonlarning huquq, siyosiy-huquqiy hodisalar, yuridik amaliyot, huquqiy tizim va istalayotgan, kutilayotgan huquq haqidagi fikrlari, o‘ylari, his-tuyg‘ulari, qarashlari, iztirob- kechinmalari hamda baholari va tasavvurlari majmuasidir;

  2. Yuridik ta’limning huquqiy ongni shakllantirishdagi rolini e’tiborga olgan holda yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qo‘yilayotgan talablarga monand bo‘lishi taqozo etiladi. Bunday talablarni quyidagicha ifodalash mumkin:

  3. uzluksiz, o‘zaro bog‘liq, zamon talablariga javob beradigan, bakalavriat va magistraturada o‘rganiladigan fanlarni aniq ajra tib beradigan, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini qamrab oladigan yuridik ta’lim tizimini tashkil etish;

  4. – davlat, sud-huquq, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlarini aks ettiruvchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

  5. – ta’lim beruvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish, ularning pedagogik mahoratini yuksaltirib beruvchi samarali va uzluksiz tizimni yaratish;

  6. – o‘quv jarayonining zamonaviy o‘quv-uslubiy, moddiy texnika bazasini yaratish, kadrlar tayyorlash tizimida zamonaviy pedagogik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullarini keng qo‘llash sharoitini shakllantirish.

  7. Aholining, ayniqsa yoshlarning o‘z haq-huquqlarini, ayniqsa mehnat sohasida huquqlarini yaxshi bilib, tushunib olishlari, aqidaparastlik va diniy ekstremizmning halokatli yo‘l ekanligini hayotiy misollarda ishonarli va tushunarli tarzda yoritib beradigan ko‘rsatuvlarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday ko‘rsatuvlar shaxsning har bir konkret huquqiga bag‘ishlanib, undan foydalanish shakl va usullarini aniq bir hayotiy misol orqali ko‘rsatadigan kichik videolavhalardan iborat bo‘lsa, yoshlarga ham qiziqarli, ham tushunarli bo‘ladi, ularning huquqiy ongi shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 135.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling