Kognitiv tahlil texnologiyaning ketma-ketligini keltiring. Har bir keyingi blokni shakllantirish uchun asos nima?


Download 20.89 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1475673
Bog'liq
18 variant


18 variant


  1. Kognitiv tahlil texnologiyaning ketma-ketligini keltiring.

  2. Har bir keyingi blokni shakllantirish uchun asos nima?

  3. Blokcheyn tamoyillari nimadan iborat?

  4. Qanday qilib bloklar hosil bo‘ladi va yopiladi.



1) Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;

  • kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;

  • ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

  • yangi ish o'rinlari yaratilinishi;

  • yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

  • kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.

Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.


2) Hozirgi kunda, butun dunyoda blokcheyn texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va hakazo sohalarida keng qo’llanilmoqda. Blokcheyn texnologiyasida axborot kommunikatsiya texnologiyasida sohasida katta burilish yasadi. Bu burilishni internet yaratilishi bilan qiyoslash mumkin. Jamiyat va undagi insonlar hayoti pul, ma’lumotlar va hujjatlar bilan bog’liqdir. Shunga bog’liq holda biz pul, hujjat va axborotlarni beruvchi va ularni tekshirib haqiyqiyligini kafolatlovchi, yozuvlarning haqiyqiyligini tekshiruvchi har hil turdagi vositachilar bilan munosabatda bo'ladi. Shuning uchun biz tarmoqdagi vositachiga ishonch bildirishga majbur bo’lamiz. Misol uchun, hozirgi kunda bank haridorlarining mablag’lari haqidagi ma’lumotlari konfdentsialligini ta’minlash, notarial idora xizmatchilarining noqonuniy shartnomalar tuzish kabi hatti – harakatlarga urinishlar, davlat tashkilotlari va tijorat tashkilotlari xizmatchilarining o’z manfaatlari yo’lida davlatga ziyon keltiruvchi hatti-harakatlarni amalga oshirishga urinishlari korruptsiya, davlat mulkini talon taroj qilish kabi hakazo harakatlar amalga oshirilayotgani hech birimizga sir emas. Albatta bu kabi muammolarning chuqur ildiz otishi yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda rivojlanish bosqichlarida ortda qolishiga mamlakatimiz aholisining ko’pgina qatlamlarida qashshoqlik, ocharchilik, ijtimoiy himoyasizlik kabi og’ir oqibatlarga olib keladi. Albatta bu muammolarning yechishning mamlakatimizda aniq strategiyalari belgilangan. Asosan, bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida keng qamrovli vazifalar belgilab berilgan. Albatta, harakatlar strategiyasining ustivor vazifalari bajarilayotgan holda mamlakatimizda ko’pgina ijtimoiy iqtisdiy o’zgarishlar, yangilanishlar yuz bermoqda[1]. Lekin, hozirgi kunda axborot texnologiyalarining mamlakatimizning ko’pgina sohalariga qo’llanilishi, ko’pgina davlat va molyaviy xizmatlarning masofaviy tizimlar yordamida bajarilishi, tizimlar orqali molyaviy amallarni bajarishda vositachilardan foydalanilishi natijasida tizimlar xavfsizligiga tahdidlar, tizimdagi ma’lumotlarning o’zgartirilishi ya’ni konfedentsialligi buzilishi kabi ko’pgina muammolar kelib chiqmoqda. Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko’pgina va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko’pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif qilinmoqda. Ko’pgina kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va kriptoanalitiklar tomonidan tahlil qilinishi natijasida algoritmlarga nisbatan shubhalar kelib chiqmoqda. Albatta bu muammolarni yechish yangi zamonaviy konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori bo’lgan kriptoalgoritm yoki himoya tizimi zarurligi ko’pchilik mutahasislar tomonidan aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini qo’llash bo’yicha ko’pgina mulohazalar keltirilmoqda. Endi, biz quyidagicha blokcheyn texnologiyasining ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy sohalarga qo’llashning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
3) Blokcheyn – bu ixtiyoriy pedmet haqidagi ma’lumotlarni ochiq aloqa tarmog’I orqali uzatuvchi yagona ishonchli texnologiya bo’lib hisoblanadi. Misol uchun, Blokcheyn texnologiyasi orqali molyaviy ma’lumotlarni ishonchli saqlash mumkin. Kripto valyuta tizimlarida blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchilarning virtual pul mablag’larini ishonchli saqlash va sarflash firibgarliklardan asrash imkoniyatini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda blokcheyn texnologiyasini qo’llagan holda abonentlar yoki tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, elektron shartnomalar, sog’liqni saqlash tizimidagi maxfiy ma’lumotlar (bemorlarning kasallik varaqasi va shunga o’xshash maxfiy ma’lumotlar), farmaseftika sohasidagi ma’lumotlar (dori darmon maxsulotlarining haqiyqiyligini ta’minlash maqsadida) va nikoh to’g’risidagi ma’lumotlarning konfedentsialligini ta’minlashda keng qo’llaniladi. Umumiy aytganda, barcha matnli va boshqa turdagi ma’lumotlarni blokcheyn zanjirlari bloklarida saqlash ma’umotlar konfedentsialligini ta’minlashda katta imkoniyat yaratadi. Blokcheyn texnologiyasining boshqa kriptoalgoritmlardan farqi shundan iboratki, blokcheyn bloklariga kiritilgan ochiq yoki maxfiy axborotlarni o’zgartirish, o’g’irlash va shunga o’xshash kripto hujumlarni amalga oshirirsh kriptoanalitiklarga yaxshi natija bermaydi. Bu deganimiz kriptoanalitiklar blokcheyn zanjirlaridagi ma’lumotlarga ziyon keltirishi mumkin emas. Blokcheyn zanjirlaridagi barcha ma’lumotlar foydalanuvchilar kompyuterlarida saqlanadi. Blokcheynning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • algoritmga ishonish,

  • ma'lumotlarning o'zgarmasligi,

  • operatsiyalarning shaffofligi,

  • raqamli aktivni to'liq nazorat qilish.

Agar biz ommaviy blokcheynlarning eng mashhuri Bitcoin blokcheyni haqida gapiradigan bo'lsak, unda tizimdagi barcha foydalanuvchilarning ishonchi foyda olish istagi bilan ta'minlanadi. Tarmoq tugunlari, konchilar, tranzaktsiyalarning to'g'riligini tasdiqlash va ma'lumotlar bazasini tashkil etuvchi bloklarni yaratish uchun valyuta yoki token shaklida mukofotlanadi. Shuningdek, ular butun tarmoq uchun xavfsizlik sifatida o'z kompyuterlarining ishlab chiqarish quvvatini ta'minlaganliklari uchun. Faxriylar blokcheynda boshqa foydalanuvchi muzlatgich ekanligiga hech qachon ishonch hosil qila olmaysiz, deb hazillashadi.
Tranzaktsiyaning ishonchliligini ta'minlash uchun konchilar kriptografik algoritm orqali uning mazmunini avtomatik ravishda "boshqarishadi" va shu bilan har bir tranzaksiyani jo'natuvchining raqamli imzosi to'g'riligini tekshiradilar, shuningdek bitimni muvofiqlik nuqtai nazaridan tasdiqlaydilar va tasdiqlaydilar. har bir aniq blokcheynning konsensus algoritmida ko'rsatilgan shartlar. Bugungi kunda an'anaviy sanoat doirasida mavjud bo'lgan barcha naqd pullarda bitta oddiy mulk - unga egalik qilish qobiliyati yo'q. Blokcheynda har qanday qiymat dasturiy ta'minotni yaratuvchisiga emas, balki egasiga tegishli. O‘ylab ko‘ring: bank hisobvarag‘i egasi ekranda ko‘rgan raqamlar uning nimaga egaligi emas, balki bankning unga qancha qarzi borligi va agar bank bilan biror narsa yuz bersa, foydalanuvchi uning pulini olmasligi mumkin. Banklar, shuningdek, ruxsatsiz hisobdan chiqarish va blokirovka qilish huquqiga ega. Va bu unchalik emas, ko'ryapsizmi, u mulkka o'xshaydi. Blokcheyn zanjirlaridagi ixtiyoriy foydalanuvchi o’z bloklarida yozuvlarni yaratadi va bu yozuvlar bloklarga tarqata oladi, misol uchun, bloklarga «Tizimda X kalitga ega foydalanuvchiga 3 000 000 000 so’m miqdorda kredit ajratildi» yoki «Tizimda Y kalitga ega foydalanuvchining 5 000 000 000 so’m kredit qarzdorligi 100% miqdorda so’ndirildi» kabi muhim yozivlarni kiritish zarurli va yetarli. Bu misolda ko’rib turganimizdek bloklardagi bu yozuvlar ochiq lekin shifrlanagan. Bunda yozuvlar bank tomonidan shu haridor uchun ajratilgan blokga yoziladi va uni kalit mavjud bo’lgan haridorgina boshqara oladi. Bu blok kaliti bilish natijasida ochiq turdagi kredit summasini bilish mumkin, lekin kredit ajratilgan bank nomi, haridor haqidagi shaxsiy va molyaviy ma’lumotlarni bilish mumkin emas. Keltirilgan misol ancha oddiy ko’rinishi mumkin lekin bu juda murakkab jarayon bo’lib hisoblanadi. Jarayonda asosiy hisoblovchi bloklar va mayner bo’lib hisoblanadi. Tizim bir necha maynerlarga ega bo’lib, blokcheyn tizmidagi har blok alohida xavfsizlik tizimiga ega. Shundan, odatda ko’pchilik foydalanuvchilar yangi yozuvlarni maynerga yuboradi va mayner yozuvlarni qabul qilgach blokka yozadi. Ma’lumotlar blokka yozilgandan keyingina, ma’lumotning tekshirilganligi va haqiyqiyligiga ishonch hosil qilamiz va bu blokdagi ma’lumotlarga hech bir foydalanuvchi zarar yetkaza olmaydi.
4) Blokcheyn texnologiyasi shu tarzda o’z ishini olib boradi. Blokcheyn bloklari sarlavha va blok tanasidan tuuziladi. Bloklardagi yozuvlar tizimi blok korpusi deb ataladi. Bunda asosan bloklarning sarlavhasiga katta e’tibor berish lozim. Sababi, yozuvlardagi asosiy maxfiy xabarlar shu blokning sarlavha qismida saqlanadi.Blokcheyn zanjiridagi barcha bloklarni kalitlar yordamida biriktiradi, bunda, har bir blokning kaliti o’zidan keyingi har blokning sarlavhasiga qo’shib boriladi. Bu juda muhim amallardan bo’lib, bir vaqtning o’zida blokning xavfsizligini va buzilmasligini kafolatlaydigan texnik yechim bo’lib hisoblanadi.Yuqorida, aytganimizdek, har bir blokning kaliti, umumiy bloklar bilan oldingi blokning kaliti ma’lumotlarini foydalangan holda hisoblanadi. Bu jarayonlar bo’yicha quyidagicha mulohazalarni keltiramiz.Birinchidan, blok disklarida faqatgina shu blokgina emas, oldingi bloklarning yozuvlari kodlanadi. Bloklarda ixtiyoriy blokdagi ma’noga ega bo’lmagan bitta simvolning o’zgarishi kalitlarning to’liq o’zgarishiga olib keladi(1-jadvalga qarang), albatta bu o’z navbatida barcha keyingi bloklarning kalitlarining o’zgarishini talab qiladi. Shunday qilib, barcha blokcheyn zanjiri bloklari kalitlarini ko’rgan holda, ixtiyoriy ma’lumotlatning haqiyqiyligini tekshirish mumkin. Tekshirish jarayonida, tartib raqami to’g’ri kelmaydigan yoki zanjirning ixtiyoriy bo’lagiga qo’shilgan yangi bloklarda kalit asosan bloklarga kiritilgan yozuvlarning o’zi bo’ladi. Umumiy qilib aytganda, ma’lumotlarning haqiyqiyligiga va konfedentsialligiga oson ishinch hosil qilish mumkin. Ikkinchidan, blokning kaliti tizim xavfsizligining darajasini belgilovchi muhim xavfsizlik qoidalarini qanoatlantirishi kerak, tizimning havfsizlik darajasi blokcheyn zanjirlaridagi bloklar soni o’sishi natijasida o’zgaradi. Bunda, bloklarning kalitlari nollardan tuzilgan holda boshlanishi kerak. Kalitlarning bu turdagi generatsiyasi yangi haqiyqiy va sun’iy bloklarni yaratishga imkoniyat yaratadi. Lekin, shuni e’tirborga olish kerakki har bir ma’lumotlar yig’indisi uchun ixtiyoriy vaqt momentida bitta o’zgarmas kalit qo’llaniladi. Har bir tizimning o’ziga xos yovuz niyatli abonentlari ya’ni kriptoanalitiklari mavjud bo’ladi. Bloklar zanjirlaridagi ma’lumotlarga ham tahdidlar uyushtirilishi yoki bloklardagi yozuvlarni qalbakilashtirish kabi amallarni bajarishga harakat qiluvchi yovuz niyatli abonentlar mavjud. Yovuz niyatli abonenti bloklar yozuvlariga yoki ularning kalitlariga kriptohujumlarni uyushtira olmaydi, nazariy tomondan bu mumkin emas. Bu jarayonda yovuz niyatli abonenti bloklarning maydonlariga yolg’on yozuvlarni kiritshga harakat qilishi mumkin. Bloklarga suniy yozuvlarni kiritish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling