Kogon tuman 21-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktorining buyrug`idan ko`chirma Tarifikatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqida
Download 160.05 Kb. Pdf ko'rish
|
adliya tasdiq tarifikatsiya
Kogon tuman 21-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktorining buyrug`idan ko`chirma Tarifikatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan hodimlarini moddiy rag`batlantirish tartibini takomillashtirish to`g`risidagi 823-sonli qarori, 2006 yil 5 yanvardagi 3- va 01\23-sonli qo`shma buyruq bilan tasdiqlangan “Umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`qituvchilarining ish haqlarini hisoblash bo`yicha metodik ko`rsatmani tasdiqlash to`g`risida”gi umumiy qoidalari, II-bo`limining 2.3-, 3-, 4-, 9- bandlari ijrosini ta`minlash hamda Xalq ta`limi vazirligi ,Moliya vazirligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi ( 8-mh-son, 28-son, 124/1- son) qarori bilan “Umumta`lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro`yxatlarini shakllantirish tartibi to`g`risida nizom” asosida shuningdek, tuman xalq ta’lim bo`limining 2022 yil 12-sentyabrdagi 115-2-36- XT/2022-sonli buyrug`i, 2022-2023- o`quv yilining 1-yarim yilligi uchun maktab o`qituvchilarning tarifikatsiya varaqalarini tasdiqlash maqsadida buyuraman: 1. Maktab o`qituvchilarining tarifikatsiya varaqalarini tasdiqlash bo`yicha maktab tarifikatsiya komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, tarifikatsiya komissiyasi a`zolarining ish taqsimoti 2-ilovaga, o`qituvchilarning o`quv reja asosida dars soati bilan tanishganlik to`g`risidagi reestr 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ishchi guruhidan xolisona, oshkora ish yuritish talab etilsin. 2. O`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari M.Jalolova : tarifikatsiya komissiyasi tarkibini tuzish; tuman tarifikatsiya komissiyasiga ta`lim maktabdan quyidagi hujjatlarni taqdim etilishini ta`minlash: xodimlarning ma`lumoti to`g`risidagi hujjatning asl yoki notarial tasdiqlangan nusxasi; malaka toifasini berish hakidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxasi; qonunchilikda ko`zda tutilgan ustama va qo`shimcha to`lovlar joriy etilishi haqidagi hujjat nusxasi; 2022 yil 5 sentyabr’ holatidagi sinf komplektlar haqida ma`lumot; guruxlar to`ldirilgan hamda o`quv yuklamani tasdiqlangani haqidagi ma`lumot; o`rta maxsus ma`lumotlilar haqidagi ma`lumot; 15«9»2022 yil. Download 160.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling