Koinot. Yer sayyorasi
Download 15.42 Kb.
|
matn tabiat
KOINOT.YER SAYYORASI Bizni o`rab turgan butun moddiy olam, shuningdek,Yerdan tashqari bo`lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil etadi. Ilgari odamlar koinot,yulduzlar,osmon, Yer va boshqalar haqida hech narsani bilmas edilar.Juda uzoq yillar davomida koinot sirlari turli davrlarda, turli olimlar tomonidan kashf etib kelingan.Koinotda hali juda ham ko`p kashf etilmagan sirlar bor. Koinotda qanday muammolarga duch kelishini bilish uchun olimlar hayvonlarni “razvedka”ga yuborishdi. Bular itlar, quyonlar,sichqonlar va hatto mikroblar edi. 1957-yilda Laika laqabli it koinotga yuborijgan, lekin u yerga qaytib kelmagan.Keyin Skuirrel va Strelka laqabli itlar koinotga uchirildi.1960-yil 19-avgustda ular “Vostok” kosmik kemasida fazoga uchirilgan.Ular koinotda 24 soatdan ko`proq vaqt o`tkazishdi vaxavfsiz tarzda qaytib kelishdi.Shunday qilib olimlar kosmik parvozning mumkinligini isbotladilar. 1961-yil 12-aprelda bizning sayyoramiz ahli misli kutilmagan yangilikdan hayratda qoldi. ”Odam kosmosda!” Odamlarning kosmosga uchish orzusi ushaldi. Shu kuni ertalab “Vostok-1” kosmik kemasida birinchi kosmonavt Yuriy Alekseevich Gagarin koinotga parvoz qildi. Yer atrofida parvoz 108 daqiqa davom etdi. Yer-Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi o`rinda turuvchi sayyora bo`lib, u doimiy ravishda o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanib turadi. Quyosh bu katta, yorug` yulduz va uning atrofida aylanuvchi sayyoralar Quyosh sistemasidagi sayyoralar hisoblanadi. Yer yuzida hayot mavjud bo`lishi uchun Yer sayyorasi quyidagi qatlamlardan tashkil topgan: Litosfera- Yerning yuza qatlami Gidrosfera- suv qatlami.Yerning 75% suvdan iborat Atmosfera- havo qatlami Biosfera-tirik mavjudotlar qatlami Qadimgi yunon olimi va mutafakkiri Aristotel (mil.av.384-322) Yerning sharsimonligini aniq dalillar bilan ko`rsatib bergan bo`lsa, vatandoshimiz ulug` qomusiy olim AbuRayhon Beruniy (973-1048)Yerning sharsimonligini O`rta Osiyoda birinchi bo`lib isbotlagan. Yerning ekvator aylanasi 400757km, meridian aylanasi 40008,5km, Yer sathi 510083000km.kv, Yer hajmi 1083x1012km.kubga teng. Yerning shakli va o`lchami Yer tabiatining shakllanishida katta ahamiyatga ega. SAVOLLAR 1.YER qatlamlarini yozing:------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------2.Yer o`lchamlarini yozing:-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------3.Yer sayyorasi Quyosh sistemasida nechanchi o`rinda A)3 B)4 D)5 4.Quyosh sistemasida sayyoralar joylashuvi qaysi jihatdan raqamlangan? A)kattaligi B)hajmi D)Quyoshdan uzoqligi 5.Yerning sharsimonligini isbotlovch 3ta dalil keltira olasizmi? 1.-------------------------------------------- 2.------------------------------------------- 3.-------------------------------------------- 6.Koinotga inson parvozi qaysi yilda kim tomonidan amalga oshirilgan? ------yilda, -----------------da , --------------tomonidan ,---------daqiqa davom etgan. 7.Fasllar almashinuvi nimaga bog`liq? A)Quyosh nuriga B)Yer o`z o`qi atrofida og`ishga holda aylanishiga D)shu hududning ekvatordan qay uzoqlikda joylashuviga 8.Biosfera qatlamini tashkil etuvchi unsurlarni sanab o`ting ---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------- Download 15.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling