Koʻk-yashil suvoʻtlar


Download 11.21 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi11.21 Kb.
#1636330
Bog'liq
Сувўтлар


Koʻk-yashil suvoʻtlar (Cyanophyta) — suvoʻtlar boʻlimi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga koʻra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Koʻk-yashil suvoʻtlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvoʻtlarga xos pigmentlari boʻladi. Filogenetik jihatdan eng qadimgi sodda tuzilgan oʻsimlik hisoblanadi. Koʻk-yashil suvoʻtlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar boʻlib, ularda karotinoidlar va qizil suvoʻtlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar boʻladi. Rangi koʻk-yashil va qizgʻish, bir hujayrali va koʻp qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; koʻpincha, uzunligi 20 sm boʻladi. Sporalar, akinetalar va iplarning boʻlaqlari orqali koʻpayadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvoʻtlar, gormogonsimon suvoʻtlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi maʼlum. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi.
Koʻk-yashil suvoʻtlar suv va quruqlik muhitining turli xil sharoitida oʻsadi. Koʻpchilik turlari havodagi erkin azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻk-yashil suvoʻtlar chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga kiradi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha boʻlgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida oʻsadi. Ular, koʻpincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yoʻqotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburugʻlar (lishayniklar tanasida), yoʻsinlar, qirqquloqlar, sagovniklar, gulli oʻsimliklar bilan simbiotik munosabatga kirishadi. Havodagi erkin azotni oʻzlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Koʻpincha suv havzalarining „gullashi“ga sabab boʻladi. Ayrim turlari (nostok, spiruliva) isteʼmol qilinadi. Yem-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida koʻk-yashil suvoʻtlarni sanoat miqyosida koʻpaytirish ustida ish olib borilmoқda.
Қизил сувўтлар — сувўтлар типи. Бир ҳужайрали ва кўп ҳужайрали шакллари бор. Хроматофорида хлорофиллдан ташқари, кўкяшил пигмент — фикоциан ва қизил пигмент — фикоэритрин мавжуд. Қизил сувўтларнинг ҳаракатчан хивчинли даври бўлмайди. Танаси ипсимон, шохланган (қалин), пластинкасимон, баъзилари поя ва баргларга бўлинган. Ранги тўқ қизилдан, қора, пушти, сарғиш ва баъзан кўкимтир кулранггача. Қизил сувўтларнинг 600 туркумга мансуб 3750 тури бор, улар бангиялар ва флоридлар синфига бўлинади. Бу синфлар бир-биридан кўпайиш органларининг тузилиши билан фарқ қилади.
Қизил сувўтлар кўпинча денгизларда (чуқур жойларида), камданкам чучук сувларда ва тупроқда яшайди. Қазилма формалари бўр даври қатламларидан топилган. Анфельция, гелидиум, филлофора, фурцелярия турларидан агарагар, карраген, агароид ва бошқалар олинади. Баъзи турлари, мас., порфира истеъмол қилинади.
Sariq-yashil suvoʻtlar (Xanthophyta) — tuban oʻsimliklar guruhi. Morfologik va ekologik jihatdan xilmaxil: bir hujayrali, koʻp hujayrali, yopishib oʻsuvchi, erkin suzib yuruvchi, amyobasimon, kokksimon, ipsimon, plastinkasimon va boshqa Rangi och yashil, toʻq yashil, baʼzan yashil, moviy. Rangining turli xilligi hujayrasidagi pigmentlar (xlorofill a va rh ot va r karotinlar, ksantofillar) kombinatsiyasiga bogʻliq. Vegetativ koʻpayishi boʻlinish, jinssiz koʻpayishi zoova aplanosporalar hosil qilish bilan boradi. Ayrim turlari jinsiy izogamiya orqali koʻpayadi. Bir necha yuz turi bor. Asosan, chuchuk suvlarda, baʼzan dengizlarda plankton yashaydi; ayrim turlari nam tuproqlarda uchraydi
Download 11.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling