Koks kimyosi kimyo fanining bir


Download 97.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi97.71 Kb.
#1622984
Bog'liq
Koks kimyosi - Vikipediya



Koks kimyosi
Koks kimyosi — kimyo fanining bir
boʻlimi, toshkoʻmirning tarkibi, tuzilishi,
kimyoviy xossalarini oʻrganadi, kokslash
usullari bilan toshkoʻmirdan koks va
boshqa kimyoviy mahsulotlar olish ustida
tadqiqotlar olib boradi. Toshkoʻmirni
kokslash bir necha jarayondan iborat:
koʻmirni kokslashga tayyorlash (boyitish,
maydalash, aralashtirish, quritish);
koʻmirlash aralashmasini kokslash; hosil
boʻlgan uchuvchan gazlarni tutish va


ularni qayta ishlash; qattiq qoldiq —
koksni sovitish va navlarga ajratish.
Kokslanuvchi toshkoʻmirning turi, navi,
makromolekulalarining tuzilishi va
kokslanish jarayonining ketishiga qarab 1
t koʻmirdan 650–750 kg koks, 140–
150 kg koks gazi, 30–40 kg toshkoʻmir
smolasi, 10–15 kg "xom benzol", 3 kg
atrofida ammiak va vodorod sulfid hosil
boʻladi. Kimyo sanoati va xalq
xoʻjaligining boshqa sohalarida
kokslanish mahsulotlaridan N2, SN4,
NH3, etilen, benzol, toluol, ksilollar,
solvent, naftalin, fenol, krezollar, piridinlar,
S, NaSCN, (NH4)2S, (NH4)2 SO4,
karbazol, antratsen, piren, smolalar,
toshkoʻmir moyi va boshqa qoʻllaniladi.


Bu moddalar azotli oʻgʻitlar, polimerlar,
malein va ftal angidridlar ishlab
chiqarishda boshlangʻich xom ashyo,
anilin boʻyoqlar ishlab chiqarishda oraliq
mahsulot, elektrodlar ishlab chiqarishda
bogʻlovchi, taxta va gʻoʻlalarga
shimdiriladigan moy, qurilish materiallari
(mas, kislotaga chidamli koshinlar,
linoleum, olovbardosh materiallar,
pestitsidlar, sintetik yuvish vositalari, dori
preparatlar, vitaminlar va boshqa ishlab
chiqarishda xom ashyo sifatida
ishlatiladi. Koks kimyosining rivojlanishi
qora va rangli metallurgiyaning
rivojlanishi bilan bogʻliq. Metallurgiya
sanoatida temir, mis, qoʻrgʻoshin va
boshqa metallarni rudalaridan qaytarib


olishda Koks kimyosining ahamiyati
katta. Sanoatda qoʻllaniladigan koksning
maxsus navlarini termik ishlov berish va
saralash yoʻli bilan olish, sifatini
yaxshilash Koks kimyosining asosiy
vazifalaridandir.
Sayfuddin Nasriddinov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Koks_kimyosi&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 10:31 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Koks_kimyosi&oldid=2845221
" dan olindi

Download 97.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling