Koks kimyosi kimyo fanining bir
Download 97.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Koks kimyosi - Vikipediya
Koks kimyosi Koks kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, toshkoʻmirning tarkibi, tuzilishi, kimyoviy xossalarini oʻrganadi, kokslash usullari bilan toshkoʻmirdan koks va boshqa kimyoviy mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib boradi. Toshkoʻmirni kokslash bir necha jarayondan iborat: koʻmirni kokslashga tayyorlash (boyitish, maydalash, aralashtirish, quritish); koʻmirlash aralashmasini kokslash; hosil boʻlgan uchuvchan gazlarni tutish va ularni qayta ishlash; qattiq qoldiq — koksni sovitish va navlarga ajratish. Kokslanuvchi toshkoʻmirning turi, navi, makromolekulalarining tuzilishi va kokslanish jarayonining ketishiga qarab 1 t koʻmirdan 650–750 kg koks, 140– 150 kg koks gazi, 30–40 kg toshkoʻmir smolasi, 10–15 kg "xom benzol", 3 kg atrofida ammiak va vodorod sulfid hosil boʻladi. Kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida kokslanish mahsulotlaridan N2, SN4, NH3, etilen, benzol, toluol, ksilollar, solvent, naftalin, fenol, krezollar, piridinlar, S, NaSCN, (NH4)2S, (NH4)2 SO4, karbazol, antratsen, piren, smolalar, toshkoʻmir moyi va boshqa qoʻllaniladi. Bu moddalar azotli oʻgʻitlar, polimerlar, malein va ftal angidridlar ishlab chiqarishda boshlangʻich xom ashyo, anilin boʻyoqlar ishlab chiqarishda oraliq mahsulot, elektrodlar ishlab chiqarishda bogʻlovchi, taxta va gʻoʻlalarga shimdiriladigan moy, qurilish materiallari (mas, kislotaga chidamli koshinlar, linoleum, olovbardosh materiallar, pestitsidlar, sintetik yuvish vositalari, dori preparatlar, vitaminlar va boshqa ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Koks kimyosining rivojlanishi qora va rangli metallurgiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. Metallurgiya sanoatida temir, mis, qoʻrgʻoshin va boshqa metallarni rudalaridan qaytarib olishda Koks kimyosining ahamiyati katta. Sanoatda qoʻllaniladigan koksning maxsus navlarini termik ishlov berish va saralash yoʻli bilan olish, sifatini yaxshilash Koks kimyosining asosiy vazifalaridandir. Sayfuddin Nasriddinov. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Manbalar Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Koks_kimyosi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 10:31 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Koks_kimyosi&oldid=2845221 " dan olindi Download 97.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling