Koʻktargʻoqlar (Alcedinidae) koʻkqargʻasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi
Download 57.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Koʻktargʻoqlar - Vikipediya
Koʻktargʻoqlar Koʻktargʻoqlar (Alcedinidae) - koʻkqargʻasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tanasining oʻz. 10—45 sm, boshi katta, boʻyni kalta, tumshugʻi uzun, yon tomondan siqilgan yoki asosi kengaygan. Oyoqlari juda kalta. 14 urugʻi, 88 turi maʼlum. Yer yuzining qutbga yaqin hududlaridan tashqari hamma joylarda tapqalgan, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning tropik qismida turlari xilma-xil. Koʻpchilik turlari ozigʻini (hasharotlar, kemiruvchilar va boshqalar) quruqlikdan, ayrim turlari suvdan (baliqlar, hasharotlarni) tutadi. Suvga daraxt shoxidan yoki qirgʻoqdan shoʻngʻiydi. Daraxt kovagi, termitlar uyasi va hayvonlar inlariga uya quradi; 2—7 tadan tuxum qoʻyadi. Oʻzbekistonda moviy koʻktargʻoq (Alcedo atthis) barcha daryo va ariqlar boʻyida uya quradi. Moviy K.ning oʻz. oʻrtacha 16,5 sm, orqa tomoni koʻk-yashil, yaltiroq, oyoqlari qizil. Jarliklardagi inlariga 6—7 ta tuxum qoʻyadi. K.ning bir qismi oʻz vatanida qishlab qoladi. [1] " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? Manbalar Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi title=Ko ʻktargʻoqlar&oldid=2845825 " dan olindi Download 57.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling