Koʻl chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud


Download 61 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi61 Kb.
#1145650
Bog'liq
Koʻl


Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik Koʻl hisoblanadi; vul k a n i k Koʻl sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n Koʻl daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen Koʻl daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir Koʻl, qoldiq oʻzan oʻrnidagi Koʻl, deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta Koʻl, ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst Koʻl, abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst Koʻl, ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva Koʻl, limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman Koʻlga boʻlinadi. Glyasiogen Koʻl muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena Koʻl va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar Koʻlga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy Koʻl deyiladi.

Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas Koʻl., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang, shoʻr va juda shoʻr (achchiq) Koʻl, suv temperaturasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻʼtadil) Koʻl, tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) Koʻl ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida Koʻlning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.

Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sharidagi barcha Koʻllarning umumiy maydoni 2,1 mln. km². Oʻzbekistonda 250 ga yaqin Koʻl bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana qarang Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan: 1) togʻ Koʻl, 2) tekislik Koʻl Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ Koʻl dan: Ixvach, Bodak, Shavorkoʻl, Urungach, Koʻksuv va boshqa maʼlum. Togʻ Koʻl toza, chuchuk va oʻta chuchuk suvlarning potensial manbaidir. Koʻlning Oʻzbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga taʼsir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relyef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xilligidan. Tekislik hududlardagi katta koʻl maydonlari, koʻp miqdordagi oqimli daryo suvlari shakllanadigan hamda namlikka boyroq togʻlarga tutashgan tekislik iqlimining quruqligi natijasida paydo boʻlgan.

Tekislik Koʻlning tipik vakillari: Arvasoy koʻl sistemasi, Dengizkoʻl, Sudochye, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik Koʻl daryolarning qayirlarida (qayirli) va sugʻoriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Keyingi paytlarda tekislik hududdagi barcha Koʻl kollektor-dren aj suvlarining ifloslantirish taʼsiridadir. Suv bilan taʼminlanishi, asosan, sugʻoriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga boʻladigan ayrim oqmas irrigatsion-partov Koʻl ayniqsa, noqulay sharoitga tushib qoladi. Baʼzi oqmas Koʻlning oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turadi (mas, Lobnor koʻli).

Koʻllar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar bilan suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.

Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda Koʻllar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.


Botqoqliqlar
Botqoqlik — yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax boʻlib yotadigan joyi. Botqoqlikda torf qalin (0,2—0,3 m) boʻladi, oʻsimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa boʻlsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoqlik xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Botqoqlik quritilgandan soʻng torf asosan oʻgʻit, yoqilgʻi va mol tagiga toʻshama sifatida ishlatiladi, undan kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. Botqoqlik koʻpincha oʻrmoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va oʻgloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek sayoz suv havzalarini ut qoplashi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar tarkibi va oʻsimliklarning oziklanish tartibiga koʻra Botqoqliklar 3 xil boʻladi: pastqam Botqoqlik, doʻng Botqoqlik va oraliq Botqoqlik Pastqam Botqoqlik uchun evtrof oʻsimliklar harakterli. Ular mineral tuzlarga boy grunt suvlari koʻp boʻlgan daryo qayirlarida, vodiylarda, eski koʻllar oʻrnida va suvayirgʻichlarning pastqam joylarida uchraydi. Bunday Botqoqliklarda asosan, qiyoq, qamish, roʻvak, qirqboʻgʻimlar; daraxtlardan olxa (qandagʻoch) va qayin oʻsadi. Pastqam Botqoqlikda suv kalamushlari, dala sichqonlari, qunduz, balchiqchi, botqoqtovugʻi, oʻrdak, gʻoz yashaydi, qobon, qamishzor mushugi, qizil gʻoz, saqoqushlar uchraydi. Doʻng Botqoqlik uchun oligotrof oʻsimliklar harakterli boʻlib, ular suvayirgʻichlarda yoki daryolarning baland terrasalarida uchraydi va yogʻindan tashqari mineral tuzlari kam grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻsimliklari kam. Doʻng Botqoqliklar oʻrmonli va oʻrmonsiz boʻladi. Oraliq Botqoqlik oraliq holatni egallaydi va yogʻindan hamda oʻrtacha minerallashgan grunt suvlaridan tuyinadi. Oraliq Botqoqlik uchun mezotrof oʻsimliklar xos. Qayin, qaragʻay, bardidoshlar, sfagn yoʻsinlari oʻsadi. Botqoqliklarning koʻp qismi Shim. yarim sharda boʻlib, qariyb 350 mln. ga.

Turkiston oʻlkasida Botqoqliklar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Ili daryolari) vodiysida, yoyilmalarning tevarakatroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Torf qatlami juda yupqa yoki butunlay yoʻq, oʻsimliklardan qoʻgʻa va qamish oʻsadi. Sharqiy Pomirda, Oqsuv, Muzqoʻl daryolari vodiylarida, Zoʻrkoʻl, Qorakoʻl va boshqa koʻllar atrofida ham Botqoqlik koʻp.


Suv Omborlari
Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.

Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.

Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.

Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi.

So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda toʻgʻon qurilgandan soʻng oqiziqlarshgʻt choʻkishi sabab boʻladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. Oʻrta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon Co. 20 yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m³, Janubiy Surxon Suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan toʻddi; Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon Suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.

Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qoʻllanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida So.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda oʻtkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, soʻngra choʻkib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yoʻlida okiziklarni choʻktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar koʻp boʻlgan loyqa oqim toʻgʻon tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi.

Ko‘llari.O‘rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash va Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi.

Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Ular tog‘ning o‘rta va baland qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zanining to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichikroq ko‘llardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq, toza va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida o‘ziga xos iqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy geografik manzara hosil bo‘ladi, Issiqko‘l va Sarichelak shunday ko‘llardir. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Тashlama hamda sizot suvlar to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy va Aydarko‘l misol bo‘ladi.

O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko‘li — Orol ko‘lidir. U kattaligi hisobga olinib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘llardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turardi. Ko‘l Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo quyiladi.

Dengizning eng chuqur yeri g‘arbiy qismida 69 m ga yetgan. Biroq 1960-yildan boshlab O‘rta Osiyoda sug‘orish ishlari uchun Amudaryo va Sirdaryoning juda ko‘p suvi sarf bo‘lishi oqibatida Orolga quyiladigan suv miqdori keskin kamayib ketdi. Ayrim yillari, ayniqsa, 1983-1985-yillardan keyin Sirdaryo Orolga bir tomchi ham suv bermay qo‘ydi, Amu- daryoning suvi esa 7-9 kub km dan oshmadi. Shu tariqa Orol asta-sekin quriy boshladi. 35 yil ichida dengiz suvining hajmi kichrayib, uning sathi 16,5 m ga pasaydi, dengiz qirg‘oqdan 80-100 km ga, ayrim yerlarda esa 130-150 km ga chekindi. Orollar tutashib ketib, dengiz uchta alohida suv havzasiga bo‘linib qoldi.

Orol dengizi atrofida juda ko‘p qishloqlar, shaharlar bor. «Orolbo‘yi regioni» deb ataluvchi bu mintaqada 5 mln ga yaqin aholi yashaydi. (Xaritaga qarab, qaysi davlatlar, viloyatlar borligini aniqlang.) Ana shu aholining xo‘jalik faoliyati Orol dengizi bilan bog‘liq bo‘lgan. Dengizning kichrayishi, uning tagidagi tuzlarning shamol bilan tevarak-atrofga to‘zib ketishi, ichimlik suvi tanqisligi, bugungi kun Orolbo‘yi hududi ekologik tangligining ko‘rinishlaridandir. Orol va Orolbo‘yini bu tanglikdan qutqarib qolish uchun iloji boricha harakat qilinyapti. «Orolni qutqarish» xalqaro tashkiloti va fondi tuzilgan.

Suv omborlari. Yozgi «chilla» davrida ekinzor va bog‘lar tez-tez sug‘orishni talab qiladi. O‘simliklarni namga eng chanqoq davrlarida suv bilan muntazam ta’minlash maqsadida O‘rta Osiyoning katta va kichik daryolarida sun’iy ko‘llar — suv omborlari bunyod etilgan.

O‘rta Osiyoning tabiiy geografik xaritasida suv omborlari juda aniq ko‘rsatilgan. Masalan, Ili daryosida — Qopchig‘ay, Irtish daryosida — Buxtarma, Norin daryosida — Тo‘xtag‘ul, Chirchiq daryosida — Chorvoq, Ohangaronda — Tuyabo‘g‘iz (Тoshkent), Qoradaryoda — Andijon, Sirdaryoda — Qayroqqum, Chordara hamda Zarafshonda — Kattaqo‘rg‘on va Quyimozor, Qashqadaryoda — Chimqo‘rg‘on, Qarshi kanalida — Тallimarjon, Surxondaryoda — Janubiy Surxon, Amudaryoda — Тuyamo‘yin, Vaxshda — Norak, Qoraqum kanalida — Hovuzxon suv omborlari qurilgan.



O‘rta Osiyo suv omborlari ichida Buxtarma, Qopchig‘ay, Тo‘xtag‘ul, Тuyamo‘yin, Chordara va Qayroqqum suv omborlari eng kattalari hisoblanib, ulardan keng miqyosda foydalaniladi. Chorvoq suv omborining maydoni nisbatan kichik, lekin suv hajmi ancha katta (2,0 mlrd m.kub).

Bu suv omborlari faqat yerlarni sug‘orish uchungina ishlatilmasdan, ulardan GESlar qurish, daryo suv oqimini tartibga solish, rekreatsiya (sog‘liqni tiklash, dam olish, turizm) maqsadlarida ham foydalaniladi.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling